She’riy san’at. Keltursa yuz baloni o’shal
bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Ushbu misralardagi badiiy san’atlarni toping.
A) iyhom, tashbeh B) tajnis, tazod
C) tajnis, iyhom D) talmeh, tajnis
66. Navoiy “Xamsa”sidagi qaysi dostonlarning bob hajmi bir xil?
A) “Farhod va Shirin” hamda “ Layli va Majnun”
B) “ Hayrat ul- abror” va “ Saddi Iskandariy”
C) “ Layli va Majnun” va “Sab’ayi sayyor”
D) “ Farhod va Shirin” va “Saddi Iskandariy”
67. “Fe’li bo’ri bolasiga o’xshasa-yu, yuzi rassom chizganday chiroyli bo’lsa!” Ushbu tasvir qaysi adabiy qahramonga nisbatan aytilgan?
A) Sultonxon “Kecha va kunduz”
B) Ra’no “Mehrobdan chayon”
C) Robiya “Yulduzli tunlar”
D) Farida “Choliqushi”
68. Qaysi qatorda “Qalbingga quloq sol”, “Bahor qaytmaydi” asarlarining muallifiga tegishli asar
berilgan?
A) “Baxtsiz kuyov”
B) “Juvonboz”
C) “Toshpo’lat tajang nima deydi?”
D) “Tushda kechgan umrlar”
69. Qaysi gapda olmosh shaxs otiga tobelanib kelgan?
A) Dildorning ba’zi gaplari haqiqat edi.
B) Bizning orzu niyatlarimiz ko‘p va ulug‘.
C) Sinfimizdagi barcha o‘quvchilar sport to‘garaklariga qatnashadilar.
D) Har qanday go‘zallik zamirida mehnat yotadi.
70. “Maqtanish uchun mol bermoq - o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq va shunday qilib o‘zini «saxiy» demoq -behayolik bilan nom chiqarmoq. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas”.
Ushbu mazmundagi ibratli fikrlar qaysi asarda keltirilgan?
A) “Zarbulmasal” B) “Qisasi Rabg‘uziy”
C) “Mahbub ul-qulub” D) “Alpomish”
71. Quyidagi qaysi ma’lumot Abay haqida emas?
A) Ijodkor Iroqning Bag‘dod, Hilla, Najaf degan shaharlarida hayot kechirgan. Umrining oxirida o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Karbaloga ko‘chib kelgan. Shu yerda vabo kasallig idan vafot etgan.
B) Uning falsafiylik bilan yo‘g‘rilgan “Iskandar”, “Mas’ud”, “Azim rivoyati” kabi dostonlari
hozirgacha el orasida mashhur.
C) Ijodkorning ijodi yoshlik chog‘laridan she’r yozish va o‘lan aytishdan boshlangan, u o‘zigacha
og‘zaki kuylab kelingan o‘lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan.
D) Uning ijodiy merosining salmoqli qismini xalqni ilm-ma’rifatga, madaniyatga da’vat qiluvchi
“Naqliya so‘zlar” majmuasi tashkil etadi.
72. Kesimlari xabar maylidagi va buyruq-istak
maylidagi fe’llar bilan ifodalangan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Kim sening kamchiliklaringni to‘g‘ri
ko‘rsatsa, u sening haqiqiy do‘stingdir.
B) Olimjon xatni o‘qiy olmadi, chunki xonaga kengash a’zolari yig‘ila boshlagan edi.
C) Birovga ayta ko‘rmang: ikkovimiz ham
baloga qolamiz.
D) Istaymanki, shoirning orzulari, umidlari
haqiqatga aylansin.
73. Badiiy asar: Qalamda tortilgandek qoshlari yonib turgan qop-qora.xumor kõzlar sutdek oppoq yuzi, ingichagina iyagidagi mitti holi, angishvonadek og'zi hammasin ataylab chizib qôyilgan suratga ôxshaydi.,,Ikki eshik asari ‘’ asaridan olingan ushbu parcha qaysi qahramon haqida?
A) Robiya B) Parcha xola C) Nasiba D) Ra'no
74.Badiiy asar : “Ruhlar isyoni”da Boburning qaysi ruboiysi keltirilgan?
A) “Har
kimki vafo qilsa, vafo topqusidur”
B) “Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi”
C) “Ey, bodi sabo, ayla xurosong’a guzar”
D) “Yuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur’’
75.
Ushbu ijodkor tugallanmay qolgan asari qanday janrda?
A) Qissa B)Roman C)Drama D)Doston