Май 2021 10-қисм
Тошкент
TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O’QITUVCHI FAOLIYATINING
O’RNI
Boymatov Nuriddinjon Mirzaqulovich, Husanov Azizbek Ravshan o’g’li
Guliston davlat universiteti, nuriddinjon.boymatov.83@mail.ru
Ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik sirlaridan biri o’qituvchilarda muntazam
izlanish va o’z ishining ustasi bo’lishiga qiziqish uyg’otishdan iborat. Pedagog o’z dars
mashg’ulotlarida, tarbiyalanuvchilar bilan o’zaro munosabatlarda yaxshi va yomonni farqlashga,
yutuq va kamchiliklarini o’z vaqtida bilishga urinsa, pedagogik faoliyat samaradorligining yarim
muvaffaqiyatiga erishgan bo’ladi. SHu nuqtai nazardan har bir pedagog mustaqil ravishda o’z
imkoniyatlarini aniqlashi, o’z qobiliyatlarini va pedagogik mahoratini rivojlantirishi kerak.
O’zida ko’p narsani ijod qilishi, tavsiya qilinganlardan ko’pini sinab ko’rishi, o’z ustida tinimsiz
mehnat kilishi, o’qituvchi siymosini yaratadi, kosib yoki ijodkor bo’lishini ham o’zi belgilaydi.
Pedagog o’zining tajribasini tahlil qilib, o’z diqqatini tobora muvaffaqiyatli jihatlarga qaratadi,
o’zining ish samaradorligini pasaytirayotgan pedagogik muammolarni va qiyinchiliklarni ham
ko’ra olib, uni bartaraf etish yo’llarini topadi.
Pedagogik faoliyatda dastlabki qiyinchiliklardan biri o’qituvchi o’z faoliyatiga ta’limiy,
ma’naviy va jismoniy jihatdan tayyorgarligi sustligidir, sustligi natijasida pedagogda o’z o’zidan
keskinlik, beparvolik, paydo bo’ladi.
Endigina o’z faoliyatini boshlayotgan o’qituvchilar duch keladigan asosiy qiyinchiliklari,
pedagogning ta’lim jarayonidagi qiyinchiligi shart─sharoitlarga tezkorlik bilan moslashmasligi,
keskinlik, beparvolik, o’z ishidan qoniqmaganligi, psixologik holati yoki aksincha, uni bartaraf
qilish uchun jadal intelekti, pedagogik mahoratninig yetishmasligi uni takomillashtirish, pedagogik
fikrlashni sekinligi, malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishni ta’minlaydigan tetiklik, udaburonlik,
mobilizatsion tayyorgarlik, emotsional ko’tarinkilik holatining mavjud emasligidir.
Pedagogik faoliyatdagi qiyinchiliklardan yana shuni ta’kidlashimiz mumkinki, pedagogik
vaziyatda ziddiyatlar uzoq davom etishi, o’z vaqtida hal qilinmaganligi, muvaffaqiyatsizlikka
duchor bo’lishi, vaziyatda nafaqat psixologik uzilishlar, balki o’z–o’zini baholashning pastligi,
pedagogik mahoratni takomillashtirishning tormozlanishi salbiy holatga olib keladi
SHunday ekan ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik vazifalarga faol munosabatning
zarur sharti bo’lgan rag’batlantiruvchi
uslublardan o’z vaqtida foydalanish bu ijobiy hal etilishiga,
o’qituvchining shaxsiy pedagogik mahorati zahirasini safarbar qiladi, bu esa pedagogning ijodiy
fikrlashini rag’batlantirishiga manba bo’lib xizmat qiladi.
Demak, ta’lim samaradorligini oshirishda o’z pedagogik faoliyatini endigina boshlagan har bir
yosh o’qituvchi aslo jismonan va ruhan bo’shashishi, butunlay osoyishtalikka berilishi mumkin
emas.
Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili, qiyinchilik – insonning sub’yektiv psixologik
holati ekanligini, u hamma vaqt ham tashqi kuzatuvchi tahlil uchun qulay emas degan xulosa
qilishga imkon berishini, bu esa hech kim o’qituvchining kasbiy qiyinchiliklarini uning o’zidan
ko’ra yaxshiroq aniqlay olmasligini va ularni bartaraf qilish yo’llarini ham o’zidan boshqa kishi
topa olmasligini ta’kidlaydi. Demak, o’qituvchining pedagogik faoliyatida kasbiy qiyinchiliklarini
tadqiq qilishning yanada qulay yo’li bu, o’z–o’zini tashxislash hisoblanadi.
Ta’lim samaradorligini oshirishda kasbiy takomillashuvning salbiy holati buyruq ohangi yuqori
darajada bo’lishi, baqir chaqir qilishi va haddan tashqari qattiqqo’llik, nazorat qilishi emas, balki
aynan o’qituvchining o’z faoliyatidan qoniqmaslik hissi, yuzaga kelgan pedagogik ziddiyatni
boshqacha qilishga, buning uchun yangi vositalarni izlab topishga va uni o’zlashtirishga ongli
ravishda intilishini ta’minlashi, qiyinchilik va ziddiyatlarni bartaraf etishidan, shaxsan o’zi hal
qilgan shogirdlar vazifasidan ijodiy quvonish, qoniqish hissi – o’qituvchi kasbiy komponentligining
asosiy manbasiga aylanadi, aniqrog’i, aylanishi mumkin. Har bir pedagogik jamoada va jamoaning
har bir a’zosida pedagogik kasbiy faoliyat xususiyatlarini o’rganishda yagona maqsad uchun
harakatlanishga imkoniyat beradi, bu o’z navbatida o’qituvchining pedagogik mahoratini oshirish
mexanizmini yaratish uchun zamin hozirlaydi.
Ta’lim samaradorligini oshirishda integratsion fan yutuqlaridan foydalanish, olimlar erishgan
natijalaridan, nazariy bilimni amaliyot bilan bog’lash, ilmiy bilimlarning ma’lum bir maqsadga
yo’nalganligiga bog’liqligini anglay olish lozim.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |