2. Elektr energiyasidan maishiy iste’molchilar uchun yaratilgan qo’shimcha imkoniyatlar
“Elektrhisob” dasturiy kompleksining asosiy afzalligi shundaki, elektr energiyasi iste'molchilari uchun to’g’ridan-to’g’ri mobil telefonlari (SMS-xabar) va Internet tizimi (iste'molchi “Shaхsiy kabineti”) orqali elektr energiyasi iste'moli haqida barcha kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatlari yaratilgan.
Iste'molchi mobil telefon raqamini dasturga biriktirishi uchun elektr ta'minoti korhonasiga murojaat etishi va to’lov tizimi orqali to’lovlar amalga oshirilishi jarayonida yoki hududga xizmat ko’rsatuvchi agent tomonidan SMS-xabar yuborilishi orqali amalga oshiriladi. Hozirda maishiy iste'molchilar uchun www.uzbekenergo.uz rasmiy veb-sayti orqali shaxsiy kabinetga kirish jarayonida telefon raqamini ro’yxatdan o’tkazish imkoniyati ham yaratilgan.
Mobil telefon raqamlari “Elektrhisob” dasturida ro’yxatdan o’tkazilishi natijasida iste'molchi mobil telefon orqali tushgan to’lovlar, kiritilgan hisoblagich ko’rsatgichlari, hamda hisob raqami holati haqidagi qisqa ma'lumotlarni ko’rish imkoniyati mavjud. Buning uchun iste'molchi 2100 qisqa raqamga «R» harfini jo’natish orqali shaxsiy kabinetga kirish uchun login va parol oladi, hamda «D» harfi yuborilishi orqali balans holati haqida ma'lumotni ko’radi.
Eng asosiysi 2100 qisqa raqamga yuborilgan barcha SMS so’rovlar va javob xabarlari uchun iste'molchilardan to’lov yechib olinmaydi.
Shuningdek, maishiy iste'molchilar uchun “Shaxsiy kabinet” orqali tushgan to’lovlarni, kiritilgan hisoblagich ko’rsatkichlarni, hisob-kitob tarixi to’g’risidagi ma'lumotlarni ko’rish, hamda hisoblagich almashtirish, tamg’alashtirish va boshqa hizmatlar uchun so’rovlar yuborish imkoniyatlari yaratilgan.
Bugungi kunda respublika bo’yicha 2 mln. 800 mingta maishiy iste'molchilarning mobil telefon raqamlari “Elektrhisob” DKda ro’yxatdan o’tkazilgan.
Hozirda iste'molchilar bilan hisob-kitoblarni yuritishning avtomatlashtirilgan “Elektrhisob” billing tizimi to’lov tizimlari bilan integratsiya qilingan bo’lib, to’lovlarni elektron ko’rinishida qabul qilish: Ipoteka, O’zsanoatqurilish, Xalq bank, Agro bank, Hamkor bank, Asia Alliance Bank, Aloqa bank, Qishloq qurilish banki, O’zbekiston pochtasi, PAYNET, SMS-to‘lov, Markaziy bankning “MUNIS” tizimi orqali, “Mening bankim”, WEB SUM va boshqa tizim orqali amalga oshirilmoqda. “Mening bankim” va SMS-to‘lov tizimlarida to’lovlar internet va mobil telefon orqali amalga oshiradi. Bu to’lov tizimlari tanlagan tehnologiyalar juda sodda va foydalanishda qulay. Shuning uchun iste'molchilar tomonidan keng ko’lamda foydalanilmoqda.
To’lovlar on-line rejimida amalga oshirilganda ma'lumotlar real vaqt rejimida, xatosiz to’g’ri iste'molchining hisob raqamiga kelib tushishi ta'minlanadi.
“Elektrhisob” dasturiy kompleksini joriy etilishining eng asosiy maqsadi, elektr energiyasi iste'molchilarining vaqtini tejash, ortiqcha mablag’ sarflash va aldanishdan xalos etishdan iboratdir. Iste'molchi bir marotaba telefon raqamini ro’yhatdan o’tkazish natijasida o’z hisob raqami haqida to’liq ma'lumotga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |