Махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат университети


Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli



Download 11,36 Mb.
bet204/210
Sana03.02.2023
Hajmi11,36 Mb.
#907295
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   210
Bog'liq
УМК-Иқт. наз. (ноиқт) Бекзот принт

Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari qo’yidagilar hisoblanadi:

  • asosiy xalqaro to’lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, Yevro);

  • valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;

  • xalqaro to’lovlarini balanslashtirish tartibi;

  • valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;

  • xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;

  • valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.

Bundan ko’rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari deyarli bir xil bo’lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z tiplari mos keladi. Birinchi bosqich 1879-1934 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi pul tizimi ustunlikka ega bo’lgan. Ikkinchi bosqich 1944-1971 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin-devizli (Breton-Vudsk tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo’lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. Hozirgi davrda (uchinchi bosqich) amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil topgan bo’lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo’lishini ko’zda tutadi. Banklar o’zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro to’lovlarni muvofiqlashtirish vositasi bo’lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya’ni: a) o’z pul birligining ma’lum oltin mazmuni o’rnatadi; b) o’zining oltin zahirasi va pulning ichki taklif o’rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi.
Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin:
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
- milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyasiya darajasi;
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi to’lov balansi holati;
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Xalqaro valyuta munosabatlari o’ta beqaror, noaniq va tez o’zgaruvchi jarayon bo’lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin.

Download 11,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish