2-Топшириқ
Атамаларга оид мазмунни изохланг.
Ирсият — organizmning oʻz belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga oʻtkazish, yaʼni organizmlarning oʻziga oʻxshash nasllarni bun-yod etish xossasi. Irsiyat tufayli avlodlararo moddiy va funksional izchillik taʼmin etiladi. Irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususi-yatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saklanib qolishini ham taʼminlaydi. Organizmlarning oʻzaro oʻxshashlik va qarindoshlik darajasiga bi-noan oila, urugʻ, tur kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlanishining asosida ham irsiyat yotadi. Irsiyat tufayli bitta sistematik guruhga mansub organizmlar belgilarining turgʻunligi, yaʼni oʻzaro oʻxshashligi bilan birga ularning bir-biridan farq qiladigan belgilar ham saqlanib qoladi. Irsiyat ning muayyan bir yoʻnalishda taʼsiri tufayli organizm belgilarining avlodlar osha turgʻunligi taʼmin etiladi. Irsiyat organizmlar on-togenezining turgʻunligi, ontogenez bosqichlari ketmaketligini va bu jara-yonlarda moddalar almashinuvi xususiyatlarini belgilab beradi. Irsiyat ning yana bir xususiyati uning oʻzgaruvchanligidir (qarang Oʻzgaruvchanlik)._________________________________________________
Рефлекс - (lot. refl exus — orqaga qaytgan, shuʼla) (tasviriy sanʼatda) — rangtasvir (baʼzan grafika)da biror narsadan qaytgan rang va nur shulasi; narsalarga uni oʻrab turgan obʼyektlar (qoʻshni narsalar, osmon va h.k.)dan qaytayotgan nurning aksi tushishidan hosil boʻladi. "R." terminini ham naturaning oʻziga; ham uning tasviriga birday qoʻllash mumkin. R.ning aniq va nozik ifodalash bilan hajmni, ranglar boyligini va tasvirlanayotgan naturaning tuslarini ularning oʻzaro murakkab munosabatlarida yaratishga erishiladi.
Ривожланиш — tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obʼyektning — tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obʼyektning sekinasta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyusion Rivojlanish va obʼyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iboratinqilobiy Rivojlanish Evolyusion Rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy Rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. Evolyusion Rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi. Bunday utishda muayyan vaqt zarur boʻladi. Inqilobiy Rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yoʻq qilinib, keskin sifatiy oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga oʻtishning evolyusion Rivojlanish yoʻlini tanladi. Bu yoʻl jamiyat aʼzolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali buladigan yoʻldir. Rivojlanishning progressiv, taraqqiyot turi (qarang Taraqqiyot) bilan regressiv, tanazzul turi (qarang Inqiroz) farqlanadi.
Hozirgi zamon fanida Rivojlanishning maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochizikli, sakrashsimon oʻzgarishlar bayon qilinadi.
Ўсиш
- O`sish deganda o`z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ko`payishdir. Unda tana vazni, undagi hujayra va to`qimalarning ko`payishi hisobiga o`lchamining kattalashuvi tushiniladi. Hujayralarining ko`payishi natijasida tirik organizm o`lchamlarining ortishi, ya'ni bo`yning chizilishi, og`irlikning ortishi tushuniladi. Bola ma'lum yoshgacha to`xtovsiz, ammo o`sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o`sishi (bosh, oyoq, va qo`l suyaklari, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i va ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bo`lib bunda o`sish prosesi barcha organizmlarda bir xil kechmaydi, uning yoshga oid chegaralari mavjud bo`lib, qizlar 18 yoshda o`g`il bolalar esa 20 yoshga kelib o`sishdan to`xtaydi. Ba'zi hollarda xotin-qizlar 21-22 yoshgacha, erkaklar esa 24-25 yoshga davr o`sish mumkin. O`sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda esa sifat jihatdan yangilanish bo`lib, unda organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to`qima va organlarning morfologik takomillashuvi tushiniladi. Rivojlangish tufayli butun bir organizmlarning funktsiyalari va xulq-atvori mukammallashadi. Masalan: jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlariga bo`yning o`sishi, vazn, bosh aylanasi, ko`krak qafasi kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |