Ёшлик даврларининг морфо- физиологик хусусиятларига таъсир этувчи омилларни ўзига хослик хусусиятларини изохланг.
4-топшириқ. Нерв тизимининг ёш хусусиятлари.
Нерв системасининг аҳамияти ва гигиенаси.
Одам организмида нерв системасининг аҳамиятини ёритинг.
__Nerv tizimi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv tizimiga yetkazib beradi, axborotlarni to'playdi, organlar va organlar sistemalari o'rtasidagi o'zaro aloqani amalga oshirib, organizmning bir butunligini ta'minlaydi.Organizmni tashqi muhit bilan bog'laydi hamda uni tashqi muhitga moslashtiradi.
Nerv tizimi yordamida atrof-muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz-sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekresiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlarning qon orqali organizmga ko'rsatadigan ta'sirini, moddalar almashinuvini boshqarib turadi, o'sish, rivojlanishga ta'sir ko'rsatadi.
Nerv sistemasi tuzilishi jihatidan markaziy va pereferik nerv sistemalariga bo`linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya kiradi. Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, ya'ni tolalar bog`lamidan iborat.
Bajaradigan vazifasiga ko`ra, nerv sistemasi ikki qismga bo`linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi.
Таянч ҳаракат системаси
1. Суякларнинг вазифаларини изохланг?
Skelet (ckeletos - qurutilgan) – 200 ortiq suyaklardan tashkil topgan bo’lib, tananing tayanchi bo’lib hisoblanadi va passiv harakat qiladi. Skelet bir qancha alohida suyaklardan tashkil topgan bo’lib, o’zaro biriktiruvchi to’qimalar, boylamlar va tog’aylar yordamida birikib turadi. Skelet organizmda bir necha vazifani bajardi.
Tayanch vazifasi yumshoq to’qima va a`zolar suyaklarning o’simta, g’adir-budur do’mboqchalariga birikadi.
Harakat funktsiyasi – suyaklar bir-biri bilan xar-xil richaglar xosil qilib, bo’g’in orqali birikadi nerv sistemasi yordamida muskullar qisqarishi bilan yuzaga keladi.
Himoya funktsiyasi-ayrim suyaklardan suyak kanali vujudga keladi. Masalan umurtqa pog’onasi orqa miyani, kalla qutisi bosh miyani, ko’krak qafasi yurak va o’pkani, chanoq suyagi jinsiy a`zolarni tashqi ta`sirdan himoya qiladi.
Yaratuvchanlik funktsiyasi – suyaklarning ko’mik qismidan qonning shakli elementlari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |