Kreativlik
(lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) –
individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda
mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini
ifodalaydi. SHaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida,
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki
uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. SHuningdek, kreativlik iqtidorning
muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab
beradi.
P.Torrens fikricha, kreativlik: muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida
muammoni aniqlash; muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning
o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
Shaxs ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishga asosiy metodologik va konseptual
yondashuvlar, kreativ shaxs individual sifatlarini shakllantirishning psixologik
xususiyatlari, uzluksiz ta’lim tizimida pedagoglar kasbiy ijodkorligini tashkil etish
texnologiyalari bilan bog‘liq masalalar yoritilgan.
Bilish faoliyati ko‘p qirrali, murakkab jarayon bo‘lib, uning ta’limni amalga
oshirishdagi samaradorligi pedagog qobiliyati, izlanuvchanligi, tafakkuri,
kuzatuvchanligi va ijodiy yondashuviga bog‘liq. SHuning uchun ham bilish
jarayonida ijod muhim o‘rinni egallaydi.
Ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa
sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi bilan bog‘liq
murakkab psixologik jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati,
irodasi faol ishtirok etadi, ijodda bilim, tajriba, iste’dod namoyon bo‘ladi. Abu
Nasr Forobiyning ta’rifiga ko‘ra «ijod – bilish jarayonida shunday ulug‘ fazilatki,
inson uni egallash uchun boshqa hamma fazilatlarini ishga solishi kerak». Ijod
qilish jarayonida shaxs izlanadi, kuzatadi, tadqiqotlar olib boradi, natijalarni tahlil
qilib, mantiqiy xulosalar chiqaradi.
Ijodkorlik fan va amaliyotda ma’lum bo‘lmagan yangi g‘oyalarni
pedagogning tahlil qilishi, turli yangi texnik ijodiy echimlarni o‘rganishi, ishlab
chiqishi, sinab ko‘rishi va taqqoslashi kabi tadqiqotchilik tavsifidagi vazifalarni
amalga oshirishni ifodalaydi. Bu jarayon pedagogning bilim saviyasini oshiruvchi
va mustahkamlovchi, faol va mustaqil fikrlash xislatlari, ma’naviy-ma’rifiy
saviyasi sezilarli o‘sishiga va kelajakda haqiqiy ijodkor shaxs bo‘lib yetishishiga
xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ijodkorlik – bu nafaqat xalq xo‘jaligi uchun
zarur bo‘lgan ijobiy samarali texnik echim, balki ob’ektiv borliqni
Ijodkorlik pedagoglar egallayotgan bilimlarning mustahkamligi va
mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini
shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan
ahamiyatlidir. Bu holat bo‘lajak mutaxassislarning fan asoslarini o‘zlashtirishida,
bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda, kasbiy ijodkorlikka
asoslangan yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
154
Ijodkorlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo‘lishining eng
asosiy va faol shakli hisoblanib, uni quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin:
ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy,
pedagogik, didaktik, kasbiy, aralash); ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega
ijod); ijod qamrovi (ixtisoslik, mutaxassislik, bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy,
mintaqaviy, mintaqalararo, xalqaro); ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o‘rta
muddatli, uzoq muddatli); ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik,
ta’limiy, investitsion, aralash); umumiy jihatlariga ko‘ra (yangi g‘oyalarni hayotga
tatbiq etish; prinsipial jihatdan yangi echimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy
qo‘llash); yaratilgan ijod mahsulining ma’nosi va murakkabligiga ko‘ra
(ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot).
Pedagoglar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish mustaqil fikrlashni rivojlantirish,
bilim
egallashdagi
intiluvchanlik,
ilmiy
dunyoqarashni
shakllantirish,
o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’lim va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga
o‘rgatishda namoyon bo‘ladi.
Amalga oshirilgan tadqiqot ishi doirasida pedagog shaxsiga xos bo‘lgan
ijodkorlik bilim, ko‘nikma va malakalari tushunchalari tadqiqot nuqtai nazaridan
aniqlashtirildi. Jumladan: ijodkorlik bilimlari – yangi echim ishlab chiqish uchun
talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson
ongidagi tizimlangan in’ikosini; ijodkorlik ko‘nikmalari – shaxsning maqsadga
yo‘naltirilgan ijodiy faoliyatda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to‘laqonli amalga
oshirish darajasini belgilaydi. Ijodkorlik malakalari esa shaxsning ijodiy faoliyat
reproduktiv bosqichlarini qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon
bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini
anglatadi.
Ijodkorlik
bilim,
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish uchun
mashg‘ulotlar jarayonida pedagoglarda ijodiy o‘quv topshiriqlari, muammoli
vaziyatlar hamda fazoviy tasavvurni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan tizimli
foydalanish talab etiladi. Pedagoglar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillari
har bir mavzu, har bir darsda o‘quv faoliyatining asosi bo‘lishi lozim. Ijodkorlik
faoliyati o‘qituvchi va pedagog faoliyatining barcha qirralarini qamrab oladi, uni
samarali tashkil qilish hamda ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat
qiladi.
Pedagoglarning
ijodkorlik
faoliyatini
rivojlantirishda
ilmiy-texnik
ma’lumotlar bilan ishlash muhim o‘rin tutadi. Turli axborotnomalar, lug‘at va
glossariylar, ilmiy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ixtirochilik va
patentshunoslik materiallari pedagoglar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kreativ pedagogik texnologiyalar pedagoglarning qo‘yilgan vazifalarni hal
qilishida produktiv faoliyatni amalga oshirishini nazarda tutib, muammoli
fikrlashni rivojlantirish, ma’lumotlarni yig‘ish hamda natijani tekshirib ko‘rish
bosqichlarini belgilab olishda pedagoglar ijodkorlik faoliyati samaradorligini
oshirishning muhim omili sanaladi. Kreativ pedagogik texnologiya tushunchasini
155
shaxs kasbiy ahamiyatli sifatlarini tarkib toptirishning mazmuni va jarayonlari
o‘zaro yaxlitlikda loyihalangan hamda dasturlashtirilgan vazifalarning maqsadli
amalga oshirilishini ta’minlovchi pedagoglar kasbiy ijodkorligini rivojlantirishning
metodik tizimi sifatida ta’rifladik.
Kreativ pedagogik texnologiyalarni loyihalashda quyidagi tamoyil taklif
etilgan: pedagogik tizim hamda uning barcha tarkibiy qismlari: maqsadi, mazmuni,
tashkiliy shakllari metodlari hamda ta’lim vositalari, pedagogik kadrlar hamda
ichki ta’lim muhitining shaxs kreativligini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi;
kreativ pedagogik texnologiyaning yaxlit ta’lim jarayonida ham, lokal pedagogik
bosqichda ham tizimli tavsifga ega ekanligi; pedagoglar tomonidan ijodiy o‘quv
topshiriqlarini bajarishda echimni ishlab chiqish traektoriyasi va mazmunining
mustaqil belgilanishi; kasbiy ijodkorlikka yo‘naltirish orqali pedagoglarning
moslashuvchanlik, harakatchanlik, innovatsion echimga intiluvchanlik sifatlarini
tarkib toptirishga qaratilganligini e’tiborga olish.
Kreativ pedagogik texnologiyalarni joriy etish quyidagi yondashuvlar
asosida amalga oshiriladi:
1. Amaliy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondashuvi. Bunday yondashuv
doirasida pedagoglar kasbiy ijodkorligini tashkil etish va rivojlantirishning kreativ
pedagogik texnologiyalari yangi amaliy-tatbiqiy ma’lumotlarni yig‘ish bilan
tavsiflanadi.
2. Nazariy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondashuvi. Ushbu yondashuvda
asosiy e’tibor pedagoglar kasbiy ijodkorligiga doir yangi nazariy bilimlarni hamda
bilim sohalarini qidirishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |