139
hisobot bеradilar. Ish yakuni quyidagi shakllarning birida hisobot qilinadi: og‘zaki
hisobot; matеriallarni namoyish qilish orqali hisobot; loyiha ko‘rinishidagi yozma
hisobot.
6. Pedagog va talabalar ish jarayonini va natijalarni birgalikda yakuniy
suhbat davomida tahlil qilishadi. O‘quv amaliyoti mashqulotlarida erishilgan
ko‘rsatkichlarni mе'yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Agarda mе'yoriy
ko‘rsatkichlarga erisha olinmagan bo‘lsa, uning sabablari aniqlanadi.
Pedagog ― Loyiha mеtodini qo‘llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi,
loyiha ishini dars rеjasiga kiritishi, topshiriqni talabalarning imkoniyatlariga
moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash jarayonini kuzatib
turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta'minlanishi lozim.
Loyiha mеtodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:
- yakka
tartibdagi ish;
- kichik guruhiy ish;
- jamoa ishi.
O`quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar quydagilar:
yuqori ilmiy- pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o`qish,
darslarni savol - javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik
texnologiyalar
va
multimedia
vositalaridan
foydalanish,
tinglovchilarni
undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga quyish, talabchanlik,
tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga
jalb qilish.
Kursni loyihalashtirishda quydagi asosiy konseptual yondashuvlardan
foydalaniladi: Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu talim o`z mohiyatiga ko`ra talim
jarayoning barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlantirishni ko`zda tutadi. Bu esa
ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini
emas, avvalo, kelgusidagi mutahasislik faoliyati bilan bog`liq o`qish
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta`lim tehnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida
mujassam etmog`I lozim: jarayonning mantiqiyligini, uning barcha bo`g`inlarini
uzaro bog`langanligi yahlitligi.
Faoliyatga yunaltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini
shahkllantirishga ta`lim oluvching faoliyatini aktivlashtirish va intinsevlashtirish,
140
o`quv jarayonida uning barcha qobiliyatlari va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga yunaltirilgan ta`limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o`quv munosabatlarini yaratish
zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z – o`zini faollashtirishi va
o`zo`zini ko`rsata olish kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik tenglik, ta`lim beruvchi va
ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
obektiv qarama – qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni
mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi.
O`qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy
ishlar.
O`qitishni tashkil etish shakllari. Diologik, polilok, muloqot hamkorlik va
o`zaro hamkorlikka asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O`qitish vositalari.
O`qitishning ananaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir qatorda-
kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari. Tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga
asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari:
kuzatish, blist-so‘rov, oraliq va joriy, yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili
asosida o`qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari. O`quv mashg`uloti kurslarini belgilab
beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o`quv mashg`ulotlarini rejalashtirish,
qo‘yilgan maqsadga erishishda o`qituvchi va tenglovchining birgalikdagi harakati,
nafaqat auditoriya mashg`ulotlari- balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning
nazoratlari.
Monitoring va baholash. O`quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida
ham o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test
topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari
baholanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: