Me‟yoriy taqdimotlar
Ushbu standartda quyidagi standartlarga taqdimotlar
qoilaniladi:
0„z DSt 614- Paxta tolasi. Namuna tanlab olish usullari.
0„z DSt 618- Paxta tolasi. Pishib yetilganlikni aniqlash usullari.
0„z DSt 619- Paxta tolasi. Solishtirma uzilish kuchini aniqlash
usullari.
0„z DSt 620- Paxta tolasi. Chiziqli zichlik va mikroneyr ko„rsatkichini
aniqlash usullari.
0„z DSt 625- Paxta tolasi. Rangi va tashqi ko„rinishini aniqlash
usullari.
0„z DSt 632- Paxta tolasi. Nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdorini
aniqlash usullari.
0„z DSt 633- Paxta tolasi. Uzunligini aniqlash usullari.
73
0„z DSt 634- Paxta tolasi. Namlikning massaviy nisbatini aniqlash
usullari.
0„z DSt 741- Paxta tolasi, paxta momig„i, paxta tozalash
korxonalarining oiik aralashgan chiqindilari va paxtaning kalta momig„i
aralashgan chiqindilari. 0„rash, belgi qo„yish, tashish va saqlash.
Ta‟riflar, belgilashlar va qisqartirishlar
Mazkur standartda quyidagi atamalar, ta‟riflar va belgilashlar
qoilaniladi:
Klassyorlik usuli - paxta tolasiga navi va sinfi bo„yicha organolentik
baho berishdir, bunda tola tashqi ko„rinishi bo„yicha belgilangan tartibda
tasdiqlangan namunalar bilan solishtiriladi hamda uning shtapel uzunligi
qoida tortilgan shtapel bilan aniqlanadi. Asbob yordamida faqat mikroneyr
ko„rsatkichi aniqlanadi.
Bu usul har to„dadan 10 % ni nazorat qilishda qoilaniladi, lekin toyma-
toy sinovlarda ham foydalanilishi mumkin.
HV1 (Eych Vi Ay) - paxta tolasining uzunlik, uzunlik bo„yicha bir
xillik aniqlik uzulishidagi uzayish, mikroneyr rang va ifloslanish
ko„rsatkichlari bo„yicha yuqori samarador High Volume Instruments
sinovlari oichash tizimining qisqartirilgan nomlanishi (22-rasm).
Tashqi ko„rinish namunalari paxta tolasining aniq bir navi va sinfiga
xos boigan rang, dogiar mavjudligi, tuzilishi hamda iflos- langanlik
jihatidan sifat ta‟riflari majmuini ifodalovchi, belgilangan tartibda
tasdiqlangan paxta tolasi namunalari. Namunalar uzun tolali va o„rta tolali
paxta tolasi uchun alohida tayyorlanadi.
Maxsus qoilaniladigan usullar - paxta tolasi kam namuna asosida
asbob yordamida sinashning an‟anaviy usullari. Bunda paxta tolasining
turli toylaridan yoki tekshirilayotgan andazaning turli joylaridan tanlab
olingan namunalar miqdorini ko„p marotaba o„rtacha holga keltirish va
kamaytirish yoii bilan sinov namunasi olinadi. Ko„p mehnat va vaqt talab
qilishi, sinalayotgan namunaning kam miqdori bilan ajralib turuvchi bu
usullar paxta tolasini sertifikatlash maqsadlari uchun yaroqsizdir. Mazkur
usullar paxta xomashyosini baholashda, seleksiyachilar ishida paxta
korxonalarida va to„qimachilik korxonalaridagi texnologik jarayonni
nazorat qilishda qoilaniladi.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |