courses and workers in the cotton-cleaning industry.
UO„K: 338.518(075) KBK
30.607-7ya7
Taqrizchilar:
B.A.Bayxonov - t.f.a, dotsent, O„zbekiston «Sifat» markazi direktori;
B.M.Mardonov - f-m.f.d., professor.
ISBN 978-9943-6151-3-7
1,1
----------------------- gHSFan-ra texnologiva» nasbxivdti, 2019.
SO„Z BOSHI
Mamlakatimiz iqtisodiyotida paxtachilik va paxta tozalash sanoatining
salmog„i katta. Soha qanchalik rivojlansa xalq xo„ja- ligining boshqa tarmoqlari
ham rivojlanadi. Shu nuqtayi nazardan ham paxtachilikni yanada rivojlantirish
respublikamizning ustuvor yo„nalishlaridan biri boMib hisoblanadi.
Ma‟lumki, mamlakatimiz azaldan o„zining iqlimi, senmiun tuprog„i, yer osti
va yer usti boyliklari bilan mashhur bo„lib kelgan. Bugungi kunda ham
0„zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo„jaligi mahsulotlari jahon bozori
peshtaxtalarida o„ziga xos o„rin egallaydi. Buni birgina paxtachiligimiz misolida
ham ko„rishimiz mumkin. Hozirda mamlakatimizda har yili 3,0-3,2 million tonna
paxta xomashyosi yetishtirilmoqda
Bunday muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hukumatimiz tomonidan
sohaga berilayotgan doimiy e‟tibor va ayniqsa, iqtisodiy imtiyozlar, fan va texnika
yutuqlari hamda ilg„or texnologiyalarni joriy etish, fermerlik harakatiga katta yo„l
ochilishi hisoblanadi. Bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlar tufayli
fermer xo„jaliklarining moddiy texnika bazasi yildan-yilga mustahkamlanib
bormoqda.
Paxtachilik
sohasini
rivojlantirish,
paxta
tozalash
koixonalarini
modemizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta
xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan
mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bo„yicha kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Chunki paxta va uning mahsulotlariga bo„lgan talab doimo
ortib borishi paxta tozalash sanoatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan
foydalanish kerakli ekanligini ko„rsatmoqda.
Paxtachilik tarmog„ini boshqarish tizimini tubdan takomil- lashtirish, yuqori
qo„shilgan qiymatli raqobatbardosh va sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni
kengaytirish, ularni yirik xo- rijiy bozorlarga yanada olib chiqish, 2017-2021
yillarda 0„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi
bo„yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish
maqsadida shuningdek, O
c
zbekiston Respublikasida ma‟- muriy islohotlar
konsepsiyasiga muvofiq “Paxtachilik tarmog„mi
boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida” qaror
qabul qilindi.
Shunga asosan “0„zpaxtasanoaf‟AJ tashkil etildi. Uning tash- kiliy
tuzilmasiga 98 ta paxta tozalash korxonalari, 13 ta transport korxonalari, 10 ta
paxta tozalash korxonalariga xizmat ko„rsatuvchi viloyat mexanika ustaxonasi, 5 ta
ekiladigan urug„lik chigit tay- yorlash korxonalari, 19 ta ixtisoslashtirilgan paxta
terminallari, “Moddiy - texnika ta‟minoti bazasi” MChJ “Paxtasanoat ilmiy
markazi”AJ va boshqalar kiritildi.
Ular paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash, tashish va qayta ishlash,
ekiladigan urug„lik chigitni tayyorlash bo„yicha ishlarning butun kompleksini
tashkil etish va amalga oshirish, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan
yuqori sifatli paxta mah- sulotini tayyorlash bo„yicha zamonaviy ishlab chiqarishni
tashkil qilish sohasida yagona siyosat olib borilishini ta‟minlash, qishloq xo„jaligi
ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilinadigan paxta xom- ashyosining miqdori, sifati
va navlari, paxta tolasi va urug„lik chigitning unib chiqishiga oid ko„rsatkichlar,
paxta tozalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan paxta
tolasining miqdori va sifati
bo„yicha
ma‟lumotlaming haqqoniy- ligini zamonaviy
axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali hisobga olish
hamda nazorat qilish ishlarini tashkil etish, tuzilgan shartnoma (kontrakt)larga
muvofiq sotib oli- nadigan paxta xomashyosi va iste‟molchilarga jo„natiladigan
paxta mahsuloti uchun o„z vaqtida va toiiq hajmda hisob-kitoblami amalga
oshirish, zamonaviy yuqori unumli uskunalar va ilg„or ishlab chiqarish
texnologiyalarini joriy qilish, sohaga investitsi- yalar jalb etish, xomashyoni qayta
ishlovchi paxta tozalash korxonalarida ilmiy-texnik va tajriba-eksperimental
tadqiqotlarni rivojlantirish, sohaga innovatsion g„oya, ishlanma va texnologi-
yalami joriy etish belgilangan.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |