Zig‘ir poyasi - eng qadimgi о‘simlik bо‘lib, havo rang gulli, balandligi taxminan 1 m. Bu о‘simlikdan yupqa gazlama tо‘qish uchun faqatgina 30% zig‘ir tolasi yaroqli, qolgan miqdori esa dag‘al yigirilgan ip va qavatli gazlamalar uchun ishlatiladi.
Zig‘ir tolasidan tо‘qilgan gazlamalar yaxshi yuviladi va ularni qaynatish mumkin. Zig‘ir tolasi uzun, qattiq, lekin yetarlicha elastik emas.
Paxta gulxayriga о‘xshash butasimon о‘simlik bо‘lib, issiq nam iqlimni yaxshi kо‘radi. Paxta tolasiga kerakli ishlov berilgandan sо‘ng yigirilgan ip olinadi hamda tо‘quv korxonalarida gazlama tо‘qiladi. Paxta tolali gazlamalar mayin va ularni yuvish jarayonida qaynatish mumkin. Ular xuddi zig‘ir tolasidan tо‘qilgan gazlamalar singari bо‘yovchi moddalarni yaxshi shimadi.
Jun tolalar qо‘y, tuya va angor quyonlari junidan olinadi. Dag‘al gazlamalar uchun echki junidan foydalaniladi. Ot yolidan olingan jun tolalar maxsus tolali gazlamalarda qо‘llaniladi va ulardan qotirma sifatida foydalaniladi. Qо‘y tiviti ingichka buramdor, uzunligi 10 sm dan iborat bо‘lgan tola. Bunday jun toladan mayin, momiqdek gazlamalar tayyorlanadi. Tuya juni qalin, ozginagina burama, uzunligi 30 sm bо‘lib, undan aniq gul solingan sidirg‘a triko tayyorlanadi. Jun gazlamalar ayniqsa issiqlik sifati bilan qadrlanadi, bu esa qishki kiyim tayyorlashda qо‘l keladi. Shuningdek, yana bir muhim sifatlaridan biri ularning elastikligi va chidamliligidir. Jun gazlamalar elastik bо‘lganligi tufayli g‘ijimlanmaslik xususiyatiga ega. Har qanday jun matoga namlab isitib ishlov berish mumkin.
Tabiiy ipak yelimli moddalar qorishmasidan tuzilgan bо‘lib, ikkita ipak bezi orqali ipak qurti ajratib chiqaradigan juda ingichka ip.
Gazlama qaysi tolalardan tayyorlanganligini о‘simliklardan olingan toladanmi yoki jonivorlardan olingan jun toladanmi - buni aniqlash ham mumkin. Buning uchun gazlamadagi ipni tortib olib va uni yoqib kо‘riladi. О‘simliklardan olingan tolalar tez yonib ketadi hamda yoqilgan qog‘oz hidi keladi va qoldiq qolmaydi. Agar ip yonmasa, balki jizg‘anak bо‘lsa, uning uchida qattiq tuguncha hosil bо‘lsa va kuygan shox hidi kelsa- demak, bu tola jonivorlar junidan tayyorlangan bо‘ladi.
Ma’lum maqsad uchun, shuningdek keyinchalik uni yuvish va dazmollash uchun gazlama xarid qilayotgan vaqtda u qaysi toladan tayyorlanganligini bilish juda muhim. О‘simliklardan olingan toladan tarkib topgan gazlamalarni qaynatish va yuqori haroratda dazmollash mumkin. Jonivorlar junidan olingan jun gazlamalarni ehtiyotkorlik bilan kо‘pirtirilgan sovunda yuvish va uncha yuqori bо‘lmagan haroratda dazmollash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |