MUHOFAZA QILISH VA TEXNIKA HAVFSIZLIGI
1.1. Oshxonaga qo`yiladigan sanitariya- gigiena talablar
Ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etishda, muassasa xodimlarining eng asosiy
vazifalaridan biri oshxonaga hamda taomlarni tayyorlash va saqlashga qo'yilgan
sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishlaridir. Bu talablarga rioya qilinmasa,
bolaning sog'ligiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi, jumladan, ovqatdan zaxarlanish, turli
kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin .
Muassasada maxsulotlarni alohida (go'sht, baliq, sut va hokazo) tartibda
saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma'hsulotlari
(go'sht va baliq qiymalari)ni xattoki, muzlatgichda saqlashga ru'hsat etilmaydi.
Go'sht va baliq ma'hsulotini faqat kulinariya ishlovi berishdan oldin qiyma holatiga
keltirish mumkin.
Turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlik ishlovi (kovurish shkafida)
berishda, ularning pishirish uchun belgilangan harorat va ishlov berish muddatlariga
amal qilish lozim. Qovurish shkafidagi xarorat 220DS dan past bo'lmasligi kerak.
Qaynatilgan go'shtdan ikkinchi taom tayyorlansa, albatta, ikkinchi issiqlik ishlovi
berilishi talab etiladi.
Har kuni oshxonada ish tugatilgandan so'ng, xonalarni orasta kilib yig'ishtirib
qo'yishlari lozim. Buning uchun yig'ishtirish vaqtida kiyishga muljallangan maxsus
kiyimlar (xalat, fartuk va boshq.) bo'lishi kerak. Har oyda bir marta asosiy
yig'ishtirish-tozalash ishlarini o'tkazish va barcha xona, jixoz va anjomlar
zararsizlantirilishi talab etiladi.
7
1.2.Mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish insonning
ishlab chiqarishdagi fizik jarayonlar bilan aloqasini kamaytirishga, uning ishlab
chiqarishni faqat nazorat qilish hamda boshqarishdagina ishtirok qilishiga imkon
beradi.
Oziq-ovqat sanoatidagi texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligini ancha
oshiradi, mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va yengillashtiradi, ammo shu bilan
birga mehnatni ancha jiddiylashtiradi. Insonda psixologik zo‘riqish ham ortadi.
Shu munosabat bilan mehnat muhofazasi masalalariga ko‘proq e’tibor berilishi
talab qilinadi.
«Mehnatni muhofaza qilish tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar
asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi
va ish qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy,
texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari
tizimidan iborat» deyilgan O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza
qilish to‘g‘risidagi Qonunning 2-moddasi mehnat muhofazasi qonunchiligi mehnat
qilish va dam olishning huquqiy qoidalarini o‘z ichiga oladi hamda ularni himoya
qilishni kafolatlaydi.
Xavfsizlik texnikasi ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning
ta’sir etishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy texnikaviy tadbirlar hamda
vositalar tizimini o‘rgatadi. Ishlab chiqarish sanitariyasi ishlovchilarga ishlab
chiqarishdagi zararli omillar ta’sir etishining oldini oluvchi tashkiliy gigiyenaviy
va sanitariya texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidan iborat.
Yong‘inning oldini olish ishlovchilarni yong‘in va portlashdan himoya
qilishiga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar yig‘indisidan tashkil topgan.
Mehnatkashlarga ishlab chiqarish qulayliklarini yaratishda kasaba uyushmalarining
roli katta. Ularning asosiy vazifasi mehnatga yaxshi munosabatda bo‘lishini
rivojlantirish, falokatlardan, kasallanish va shikastlanish sabablarini bartaraf etish,
kishilarning salomatligini saqlashni yaxshilashdan iboratdir.
8
Oziq-ovqat sanoatining hamma sohalarida mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirishni joriy qilish, og‘ir qo‘l mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan ishchilarni
bundan ozod etish xo‘jalik rahbarlari va kasaba uyushma tashkilotlarining asosiy
vazifasi bo‘lib qolmoqda. Kasaba uyushmalari ishchilarni xavfsiz mehnat
usullariga doimiy ravishda o‘rgatish va shu to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish ustidan
nazorat qilish, nazorat qilishning uch pog‘onali nazoratini o‘tkazish, xavfsizlik
texnikasi qonun va qoidalari, qo‘llanmalarning ishlovchilar tomonidan buzilishiga
yo‘l qo‘ymaslik mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchi nazoratchilar va tekshiruv
guruhlarining ishini jonlantirishdan iborat. Respublikamizda so‘nggi yillarda
mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish to‘g‘risida ko‘pgina hujjatlar ishlab
chiqilgan.
Jumladan, 1993-yil 6-
may №839
-son «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Shu Qonunga asoslangan
holda vazirlikdar va idoralar O‘zbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi kengashi
bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida
va me’yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo‘li bilan ishlab chiqarishda mehnat
xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan talablar darajasini belgilaydi,
shuningdek, kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini
yaxshilash ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarini oldini olishga
oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va
moliyaviy ta’minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan
holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va
moliyaviy ta’minlaydilar. O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarida, konsern,
Respublika agrosanoat davlat qo‘mitasida mehnat muhofazasini tashkil etish ishlari
bo‘yicha mas’uliyat vazirlikning birinchi o‘rinbosarlaridan biriga yuklatiladi.
Vazirliklarda maxsus mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limlari mavjud.
Bu bo‘limning boshqaruvchisi mas’ul qishi hisoblanadi. Boshqarmaning mehnat
muhofazasini tashkil etish ishlari bo‘yicha mas’uliyat boshqarma yordamchisiga,
ya’ni korxonalarda korxona rahbari, bosh muhandis, sexlar va bo‘limlarda, tajriba
9
xonalarida shu sex va bo‘limlarning boshliqlari hamda tajribahona mudirlariga
yuklatiladi. Javobgar shaxslarga quyidagilarni boshqarish topshirilgan:
1. Kasaba uyushmasi tashkiloti bilan hamkorlikda mehnat muhofazasi
sharoitini yaxshilash tadbirlari, rejalarini ishlab chiqish.
2. Kasaba uyushmasi tashkiloti bilan mehnat muhofazasiga doir kelishuvni
tuzatish.
3. Ishlab chiqarish binolarining sanitariya holatini nazorat qilish.
4. O‘zlari rahbarlik qilayotgan korxonaning texnika xavfsizligi va ishlab
chiqarish sanitariyasi holatini doimiy ravishda nazorat qilishi.
5. Mavjud qoidaga asosan jomakor kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, maxsus
sovun va himoya moslamalari bilan ta’minlash.
6. Ishchilar, muhandis texnik xodimlar va ma’muriy xo‘jalik ishidagi
xodimlarga xavfsizlik ta’limi berish, ularning xavfsizlik texnikasi sohasidagi
bilimlarini tekshirish.
7. Ish joylarini ogohlantiruvchi yozuvlar, shiorlar va boshqa texnika
xavfsizligi qo‘llanmalari va kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash.
8. Ishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan yo‘l-yo‘riq o‘tkazishni nazorat
qilish.
9. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
hamda xavfli joylarda maxsus himoya moslamalarini tashkil qilish.
10. Mavjud qoida va ko‘rsatmalarga muvofiq qozonli qurilmalarni, bosim
ostida ishlovchi kurilmalarni, nazorat hisoblash asboblarini va yuklash transport
vositalarini o‘z vaqtida tekshirish va ro‘yxatga olishni tashkil etish.
11. Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar sabablarini o‘rganish,
tahlil qilish va oldini olish tadbirlarini belgilash.
12. Belgilangan muddatda jarohatlanganlar haqidagi hisobotlarni, texnika
xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirilishi
hakidagi ma’lumotlarni berib turish. Ishlovchi 50 nafar va undan oshadigan
korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza
qilish xizmatlari tashkil etiladi (lavozimlar joriy etiladi). Korxonadagi mehnat
10
muhofazasi bo‘yicha muhandis korxona rahbarlariga bo‘ysungan holda ish olib
boradi.
Mehnat muhofazasi muhandisi korxonada mehnat muhofazasining bosh
tashkilotchisi hisoblanadi. U korxonada mehnat muhofazasiga doir
qonunchilikning amal qilishini nazorat qiladi va oddiy ishchilardan tortib to bosh
mutaxassislargacha bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish
to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzganlarga nisbatan
chora ko‘rish masalasini ko‘rib chiqadi, nosoz texnikadan foydalanishni
ta’qiqlaydi. Shuningdek, u inson hayoti uchun havfli bo‘lgan o‘rinlarda ishlashni
taqiqlash huquqiga ega. U kasaba uyushma tashkiloti bilan birgalikda mehnat
muhofazasiga bag‘ishlangan xonalar va burchaklar hamda xavfsizlik texnikasi
tadbirlari bo‘yicha o‘qishlar tashkil etadi.
Mehnat muhofazasi muhandisi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz
hodisalarning hosil bo‘lish sabablarini tekshirishda faol qatnashadi va ularni
hisobga oladi. Respublikamizdagi umumiy ovqatlanish sanoati korxonalarida qulay
meteorologik sharoitlarni yaratish va ular bilan bog‘liq bo‘lgan kasb kasalliklarini
kamaytirish borasida katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda
xonalarga issiqlik kirishini va uning ishchilarga ta’sirini chegaralash
shamollatishning samarali usullarini qo‘llash, mehnat va dam olish tartiblarini
muvofiqlashtirish, har xil tarkibdagi ichimlik suvlar tashkil qilish va kiyinish
tartibini mukammallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va uskunalarning birmuncha
mukammal turlaridan foydalanish ish joyiga issiqlik kirishini kamaytiradi.
Masalan, non-qandolat sexlarida elektr pechkalaridan foydalanish va
hokazolar. Ishlarni mexanizatsiyalashtirish mehnatni yengillashtiradi, quvvat
sarfini kamaytiradi, shu tariqa organizmning issiqlab ketishini pasaytiradi.
Jarayonlarni masofadan turib boshqarish ham nurlanish manbayi bilan ishchi
o‘rtasidagi masofani uzaytiradi va bu ishchiga ta’sir qiladigan nurlanish kuchini
kamaytiradi.
Uskunalar yuzasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan
11
qoplash, ishchilarni nur va konveksion issiqlikdan muhofaza qiladigan himoya
to‘siqlari qurishning muhim ahamiyati bor. Ishlab chiqarishda qizigan yuzalar
harorati CH-245–71 talabiga binoan 45°C dan oshmasligi kerak. Ekranlar
vazifasini issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplangan to‘siqlar, pech
tuynuklari ichida suv aylanib yuradigan sovitgichli ichi kovak eshikchalar, suv
to‘siqlar yoki suv purkaladigan zanjir to‘siqlar, issiq gazlar taptini oladigan qilib
o‘rnatilgan havo to‘siqlaridan foydalaniladi. Xonalarning isib ketishini
kamaytirshda shamollatish uskunalaridan oqilona foydalanish muhim rol o‘ynaydi.
Ayrim ish joylari va chegaralarida normal iqlim vujudga keltirish uchun havo
dushlari tashkil qilinadi.
Qator korxonalarda havoni (normal holatda keltirishda) sun’iy iqlimga
aylantiradigan qurilmalardan foydalaniladi. Mehnat qilish va dam olishning to‘g‘ri
tartibini tashkil qilish, ish kunini qisqartirish, qo‘shimcha tanaffuslar joriy etish,
samarali hordiq chiqarish uchun sharoitlar yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi
.
II.
Do'stlaringiz bilan baham: |