GOST 24555-8I “SGIP. Sinov jihozlari attestatsiyasining tartibi” ning talablariga muvofiq sinov jihozi attestatsiyasining (SJA) asosiy maqsadi “jihozning me’yoriy aniq tavsifnomalarini (MAT) aniqlash, ularning me’yoriy hujjatlashtirish (MH) bilan muttanosibligi va jihozning foydalanishga yaroqliligini belgilash”dir.
Sinov jihozining aniq tavsifnomalari ostida talab qilinyotgan aniqlik va turg’unlik bilan berilgan diapazonlardagi sinov talablarini belgilangan muddat ichida qo’llash va quvvatlash imkoniyatlarini aniqlovchi texnik tavsifnomalarni tushunamiz.
Masalan sinovdagi zarbali ko’rsatmalar (SZK) to’g’ri va xavfsiz foydalanish imkoniyatlarini aniqlovchi tavsifnomalardan tashqari (bir qancha ko’rsatmalar, sarflanayotgan kuch, pnevmogidrovlik amortizatorlar turidagi bosim, iste’moldagi zo’riqish va hokazo.) tajribalarni o’tkazishda SJ ning asqotishini aniqlovchi o’ziga xos va aniq tavsifnomalar guruhini o’z ichiga oladigan texnik tavsifnomalar kompleksiga ega (zarbali impulьs tavsifnomasi, zarbali jadallashishining taqsimlanishini ko’rsatmadagi platformaning yassiligi bo’yicha me’yoriy koeffitsienti zarbalarning ketma ketlik chastotasi va boshqalar).
SJning me’yoriy aniq tavsifnomalarini MH talablariga mosligini aniqlashda quyidagi hujjatlardan yo’l yo’riq olish kerak: standartlar talablari (DT.ST, TST), texnik shart sharoitlar (TSH) yoki sinovdagi jihozning aniq turiga foydalaniladigan hujjatlashtirish (FX).
Jihozning yaroqliligini belgilashda SJning shu mahsulotni sinash usuliga me’yorlashtirilgan hujjatlar talablariga binoan, aniq turdagi mahsulotlarning sinovi shartilarini qo’llash va quvvatlash imkoniyatlarini o’rgatadi.
Masalan, elektron texnika mahsuloti integral mikrosxemalar, mikromodullar va boshqalar. DT.ST 2057:406-81 “Sifat nazoratining kompleksli tizimi. Elektron texnika, kvant elektronikasi va elektrotexnik buyumlar. Sinov metodlari”
Sinov jihozi attestatsiyasining tashkiliy metodik asoslari (1 bosqich)
Sinov ostidagi uskuna attestatsiyasini uning normallashayotgan aniq tavsifnomalari xaqida ob’ektiv ma’lumot olishning murakkab jarayoni sifatida ko’rib chiqish mumkin. Bu jarayonda quyidagi tashkiliy – metodik bosqichlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
1 bosqich – vazifani belgilash;
2 bosqich – attestatsiyani tayyorlash va tashkillashtirish;
3 bosqich – attestatsiyaning dasturlarini va metodikalarini ishlab chiqish;
4 bosqich – attestatsiyani o’tkazish;
5 bosqich – attestatsiya ma’lumotlarini tozalash va analiz qilish;
6 bosqich – attestatsiya natijalarini shakllantirish va qaror qabul qilish.
Keling ketma ket ravishda har bir bosqichni ko’rib chiqamiz va bu bosqichlarda yechilishi talab etilganvazifalarni shakllantiramiz.
1 bosqich – vazifani belgilash. Bu bosqichni reallashtirish uchun quyidagilar kerak:
1. Attestatsiyani maqsadini, uning vazifalarini va o’tkazilishining o’ziga xos tomonlarini aniq belgilash; mazkur punkt umuman attestatsiyaning turiga bog’liq bo’ladi ( birlamchi, davriy, navbatdan tashqari ) va buning natijasida uning o’tkazilishining o’ziga xosliklari, vazifalari va maqsadlari turlicha bo’ladi.
2. Attestatsiya ob’ektini va o’tkazish shartlarini aniqlashtirish, aniq mahsulot turlari tavsifnomalariga nisbatan quyilgan talablarni va vazifani o’rganib chiqish, sinalayotgan tavsifnomalar parametrlarining mumkin bo’lgan ma’nolarini aniqlashtirish, mahsulotlar va uskunalar sinovlari metodlariga NDni o’rganish.
3. Attestatsiya bo’yicha hisobotga bo’lgan talablarni analiz qilish va uskunalarning normallashgan aniq tavsifnomalar ro’yhatini va ularni aniqlanish ketma ketligini aniqlash.
4. Attestatsiya natijalari asosida mumkin bo’lgan xulosalarni va ularning natijalarini baholash me’zonlarini shakllantirish.
5. Attestatsiyani o’tkazishga ketadigan vaqt va material chiqimlarni oldindan hisob kitob qilib qo’ymoq.