Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili Mahsulot sotish rejasini bajarilishi iste’molchilarga jo’natilgan tovar qismini o’rganishdan boshlanadi. Chunki jo’natilgan tovar bilan sotilgan mahsulot vaqt jihatdan farqlanadi. Iste’molchilarga jo’natilgan tovar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan muddat davomida hisob schyotiga pulni kelib tushmasligi tufayli korxonaning moliyaviy holati izdan chiqadi.
Albatta yuqoridagi holatga duch kelmaslik uchun korxona moliya yili boshida ishlab chiqarish rejasi kabi mahsulot sotish rejasini ishlab chiqishi va uni bajarilishini nazorat hamda taxlil qilishi lozim.
1-jadval “Texugen” MCHJ da mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasining tahlili
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, 2020 yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2019 yilga nisbatan 192 325 ming so’mga oshganligini ko’rsatmoqda. Bu esa 0.95 % ga ortiq bajarganligini bildiradi. Bu o’sish ta’sir etuvchi omillar tahlilini amalga oshirish uchun zanjirli almashtirish usulidan foyfalanamiz.
2-jadval Mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni zanjirli almashtirish usuli bo’yicha tahlili.
Xulosa
Bu hisobda omillar birma bir o’zgarib bordi. 1- almashtirishda ishchilar sonini o’zgarishiga mahsulot hajmi 548 349.36 ming so’mga kamaygan. 2- almashtirishda esa ham ishchi soni ham ish kuni davomiyligini o’zgarishi asosida mahsulot hajmi 85 224.568 ming so’mga pasaygan. 3- almashtirishda esa ishchi soni, ish kuni va smena davomiyligi o’zgarish asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 243 955.326 ming so’mga kamaygan. 4- almashtirishda esa haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi ya’ni o’rtacha soatlik unumdorlikni o’zgarishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1 069 854.254 ming so’mga oshgan. Bundan esa shunday xulosa chiqaramiz. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga asosan o’rtacha soatlik unumdorlikni o’sishi ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
Korxonaning kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi tahlili Korxona faoliyatiga baho berishda uning ishlab chiqarish jarayonlari uuzluksizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kadrlar bilan ta’minlanish darajasi ham o’rganiladi. Chunki korxonaning texnik qurollanganlik darajasi qanchalik yuqori bo’lmasin malakali ishchi xodimlar bilan ta’minlanmasa yuqori samaraga erishish mumkin emas. Ishchi kuchining taxlili korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanishini aniqlanishdan boshlanadi. Buning uchun jami sanoat ishlab chiqarish xodimlarining soni shu jumladan, ayrim kategoriyadagi xodimlar tarkibidagi o’zgarishlar o’rganiladi. Taxlil etishda sanoat ishlab chiqarish xodimlarining soni o’tgan yil bilan solishtirilib, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi aniqlanadi. Tahlil maqsadlarida quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalanildi.