Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan harajatlar tahlili.
Tahlil etishda o‘rganish ob’ekti va maqsadidan kelib chiqqan holda korxona harajatlaring u yoki bu turkumi bo‘yicha o‘zgarshlar va sabablariga baxo beriladi. Taqqoslash yoki qiyosiy o‘rganish joriy davr va o‘tgan yil ma’lumotlari, biznes-reja ko‘rsatkichlari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar va tarmoq bo‘yicha boshqa ma’lumotlar olinadi. Taqqoslashda ko‘rsatkichlar bo‘yicha mutloq o‘zgarishlar nisbiy ko‘rsatkichlarni qo‘llash orqali to‘ldiriladi.
Bir so‘mlik mahsulotga ketgan xarajat ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlaridan biridir. Bu ko‘rsatkich mahsulot tannarxining shu mahsulotning ulgurji narxlardagi qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi. Bir so‘mlik mahsulot harajatlariga quyidagi omillar ta’sir etadi:
mahsulot strukturasidagi o‘zgarishlar;
mahsulot tannarxining o‘zgarishi;
material energiya tariflarining o‘zgarishi;
mahsulot baxosining o‘zgarishi.
Mahsulot tannarxini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan eng muhimi, bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatdir. Bu ko‘rsatkich tiyin hisobida quyidagicha aniqlanadi:
Xarajat (1 so’mlik mahsulotga ) =
Bu ko‘rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash mumkin. Tahlil etishda bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan harajatlarning rejaga nisbatan o‘zgarishi aniqlanadi.
12-jadval
Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan harajatlar tahlili.
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
2019 yil
|
2020 yil
|
O‘zgarishi
(+/-)
|
1
|
Mahsulotning ishlab chiqarish xajmi,
ming so‘mda
|
20 150 000
|
20 342 325
|
192 325
|
2
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi, ming so‘m
|
14 960 000
|
15 123 000
|
163 000
|
3
|
Bir so‘mlik tovar mahsulot uchun qilingan harajatlar,tiyn
|
74.2
|
74.3
|
0.1
|
Jadval ma’lumotlari korxonada 2020 yilda bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan harajatlar 2019 yilga nisbatan (74.3 – 74.2) = 0.1 tiyinga teng bo’lgan, jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqda. Harajatlarning bunday kelishligi korxonaning rentabellik darajasini deyarli o’zgarmaganligini bildiradi.
Rentabellik va bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan sarf-harajatlar o‘rtasida quyidagi bog‘liqlik mavjud:
bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan sarf-harajatlar ta’siriga.
Bu yerda : Ib.s.m - bir so‘mlik mahsulot uchun harajatlar indeksi.
Buni quyidagicha aniqlaymiz:
▲R = (1 – 1.001) *
▲R = -0.1
2) Rentabellik darajasi bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan harajatlarning 0.1 tiynga oshishi sababli rentabellik darajasi 0.1 % ga kamayadi. Bu hisobot va o‘tgan yildagi rentabllik ko‘rsatkichi orasidagi farqqa taxminan teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |