Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;
mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni o’rnatish;
me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.
«Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
Direkt-kosting tizimining mazmuni- korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulatsiya qilish uslubini ko’rib chiqishda 1936-yilda Djonatan Xarris tomonidan kiritilgan "direkt-kosting reja" mazmuniga asoslanadi.
Direkt-kosting tizimidagi amaliy izlanishlar xarajatlar bo’linishining shartliligini ko’rsatadi. Har Bir subektda qabul qilingan yo’l qo’yishlar natijalarni hisoblab chiqishda hisoblanishi kerak. Direkt-kosting tizimi bo’yicha tannarxni kalkulatsiya qilish ishlab chiqarishning turli hajmida doimiy sarflarning o’zgarmas qiymatini ko’zlaydi, shuning uchun boshqaruv hisobida asosiy e’tibor doimiy sarflarga qaratiladi. Subekt va tizimli bo’linmalarning rahbarlari bu xarajatlarni boshqarishning nazorat funksiyalarini kuchaytiradilar
«Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi - ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar haqidagi hisobotlarni tuzishning ko’p bosqichligi.
Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmining to’g’ri (o’zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi o’rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni ishlab chiqarishning rentabelligi aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta schyotda umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan olingan qo’yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va realizatsiyaning rentabelligini aks ettiradi. SHunday qilib, bu tizim realizatsiyaga qaratilgan. Realizatsiyaning hajmi qancha ko’p bo’lsa subekt shuncha ko’p daromad oladi. Tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat o’zgaruvchan (to’g’ri) xarajatlar bo’yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi subektlarda realizatsiyani ko’paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga qiziqish uyg’otadi.
Hozirgi vaqtda O`zbеkistonda buxgaltеriya hisobi tizimini isloh qilish jarayoni bormoqda. U bozor iqtisodi va buxgaltеriya hisobining xalqaro standartlari talablariga tobora ko`proq muvofiqlashtirilmoqda. O`zbеkiston Rеspublikasi buxgaltеriya hisobining “Xisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1-sonli BHMSiga ko`ra korxonalarga haqiqiy va normativ tannarx bo`yicha buxgaltеriya hisobi ob'еktlarini baholash va aks ettirish, buxgaltеriya hisobini yuritishning shakl va usullarini mustaqil bеlgilash huquqi bеrilgan. Masalan, normativ tannarx bo`yicha tayyor mahsulotlarning sintеtik hisobini tashkil etuvchi korxonalar yangi schеtlar rеjasiga muvofiq (2002y.) 2800-“Tayyor mahsulotlar hisobi” schеtlarini qo`llashlari mumkin. Bu schеt hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqidagi axborotlarni umumlashtirish va ularning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini normativ (standart) tannarxidan chеtlanishlarini aniqlash uchun mo`ljallangan.