Ushbu tizim oddiy fuqarolar uchun nimasi bilan qulay?
«SMS-TO‟LOV» tizimining ustunliklarini yaqqol ko„rish mumkin. Ushbu tizim Shaxsiy kabinet orqali yoki Mobil ilova orqali SMS- xabarlar jo„natish yordamida naqd pulsiz to„lovlarni amalga oshirish imkonini taqdim etadi. «SMSTO‟ LOV» tizimi foydalanuvchilari uchun to„lovlar qabul qilish punktlarini izlash zarurati yo„q. Barcha to„lovlar SMS yordamida amalga oshiriladi, oson, qulay, qiyinchiliklar yuzaga keltirmaydi. «SMS-TO‟LOV» bir necha soniyada to„lovni amalga oshirish imkonini beradi, bu esa yana vaqtni maksimal tejashni nazarda tutadi. Foydalanuvchilar bank shaxsiy hisoblarida mavjud bo„lgan pul mablag„laridan maksimal foydalanadilar. Va nihoyat, «SMS-TO‟LOV» - kun davomida 24 soat, haftasiga 7 kunda kafolatli to„lovlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |