Mahoratli ustozning ibratli hayot yo‘li mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan, ustozlar



Download 34,08 Kb.
bet2/4
Sana05.06.2022
Hajmi34,08 Kb.
#638066
1   2   3   4
Bog'liq
Qash-k xalq ta\'limi fidoyilari-2

Ustoz, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo‘lardi jahon!
(Abdurahmon Jomiy)
O‘tmishda juda ko‘p buyuklar hayotini kuzatadigan bo‘lsak ularning yoshligidan boshlab kitobga oshno bo‘lganlarini guvohi bo‘lamiz. O‘zining betakror insoniy fazilatlari – samimiyati, halolligi, sodda va beozorligi, shirali va ta’sirchan nutqi bilan shogirdlari qalbini zabt etgan, el orasida hurmat-u e’tibor topgan fidoyi ustoz Suyun Behutovning yutuqlarida ham albatta, kitoblarning o‘rni beqiyos. Ustoz hali maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq Firdavsiy, Jomiy, Nizomiy, Fuzuliy, Navoiy, Yassaviy, Mashrab, Tolstoy, F. Kafka, Dostoyevskiy kabi yirik adiblar asarlarini, o‘rta asrlar va hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti bilan yaqindan tanish edi.
Ustoz Behutov Suyun Xolmo‘minovich 1959-yilning 15-yanvarida Yakkabog‘ tumanidagi Minjir qishlog‘ida usta-duradgor oilasida tavallud topdilar. 1976-yilda tumandagi 13-son o‘rta ta’lim maktabini a’lo baholarda tugatib, 1981-yilda Qarshi davlat instituti(hozirgi universitet)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kirdilar. 1986-yilda o‘qishni muvaffaqiyatli tugatib tumandagi 76-umumta’lim maktabida yoshlarga ona tili va adabiyot fanidan saboq bera boshladilar. Ustoz xalqimizning “Daraxt bir joyda ko‘karadi” degan naqliga amal qilib qirq yillik pedagoglik faoliyati davomida faqat bir joyda – Yakkabog‘ tumanidagi 76-umumta’lim maktabida ishladilar.
Ustoz qirq yillik faoliyati davomida nafaqat pedagoglik, balki jurnalistlik va suxandonlikni ham birga olib bordilar. Ustoz S. Behutov 76-umumta’lim maktabida bir muddat kutubxonachi bo‘lib ham ishladilar. Viloyatimizdan chiqadigan “Qashqadaryo haqiqati”, tumanimizning “Avangard”(hozirgi “Yakkabog‘ ovozi”) gazetalarida o‘zining xabarlari va maqolalari bilan qatnashib turdilar. Xalqimizning to‘y va bayramlarini mahoratli suxandon sifatida o‘tkazib el olqishiga sazovor bo‘ldilar.
Ustoz S. Behutov hozirda nafaqaga chiqqan bo‘lsalar-da, kursdoshlari va shogirdlari hali hanuz ustozni yo‘qlab borib, kursdoshlari “Do‘stim, qachon uchrashamiz? Qachon biznikiga kelasiz?” – desalar, shogirdlari “Bizga qanday xizmatlar bor ustoz?” – deya xabar olib turishadilar. Boisi, ustoz o‘zining yuksak insoniy fazilatlari – saxiyligi, samimiyligi, halolligi, sodda va beozorligi hamda kitobsevarligi bilan ham kursdoshlari, ham shogirdlari qalbida o‘chmas iz qoldira olganlar. “Yaxshini yo‘qlar kishisi ko‘p bo‘ladi”, – deb shunga aytadilar-da!
Ustoz S. Behutov umr yo‘ldoshi Fotima Behutova bilan birgalikda olti nafar
farzandini oq yuvib, oq tarab tarbiyaladilar, xalq koriga yaraydigan solih farzandlar qilib voyaga yetkazdilar. Katta o‘g‘li Ortiq Ali Behutov ota izidan borib o‘qituvchilikni, kenja o‘g‘li Mirjalol Xolmo‘minov esa tibbiyot sohasini – veterinariya vrachi kasbini tanladilar. Qolgan to‘rtta o‘g‘illari ham qo‘li gul usta-hunarmand, haydovchi va tadbirkor bo‘lib el koriga yaramoqdalar.
Farzandlari ham padari buzrukvorlari S. Behutov kabi samimiy, dili pok, xokisor, hech kimni dilini og‘ritmaydigan, mo‘min qobil, xulqi go‘zal, solih farzandlar bo‘lib yetishdilar.
Baxtli oilaning bu yutuqlarga, go‘zal fazilatlarga erishganlarining bosh sababi birinchidan, to‘g‘ri tarbiya bo‘lsa, ikkinchidan ustozning xonadonida 1000dan oshiq kitoblarni o‘zida jamlagan mo’jazgina kutubxonaning mavjudligidir. Zero, kitob o‘qigan, uqqan xonadon kishilaridan hech qachon yomonlik chiqmaydi, ular doimo el-u yurtiga nafi tegishi haqida o‘ylashadi. Ustozning o‘zlari kitobga ashaddiy qiziqqanlari bois bu fazilat farzandlariga ham tabiiyki, ko‘chgan.
Ustoz haqida hikoya qilar ekanmiz, buyuk rus adibi Maskim Gorkiyning: “O‘zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman”, – degan e’tiroflari ming bora haq ekanligiga amin bo‘lamiz.
Hikoyamizni ulug‘ mutafakkir Abdurahmon Jomiyning ushbu ruboiysi bilan yakunlashni joiz deb topdik.

Kitobdan yaxshiroq do'st yo'q jahonda,


G'amxo'ring bo'lgay u g'amli zamonda.
U bilan qol tanho, hech bermas ozor,
Joningga ming rohat beradi takror…



Download 34,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish