Standartlashtirilgan va erkin korreksion dasturlar mavjud:
Standartlashtirilgan dasturda korreksiyaning har bir bosqichi aniq belgilangan bo‘ladi. Materiallar, talablar qatnashuvchiga qo‘yiladi. Korreksion ishni boshlashdan avval psixolog material berilishida o‘quvchining kuchi va idrokini hisobga olgan bo‘lishi kerak.
Erkin dasturda psixolog dasturni o‘zi tuzadi. Maqsad va vazifalarining bosqichlarini, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishini o‘zi belgilaydi. Markazlashtirilgan ta’sir kompleks psixokorreksion bloklardan o‘tadi. Har bir blok aniq metod va usullardan iborat.
Bular:
- diagnostik blok;
- belgilovchi blok;
- korreksion blok;
- korreksion ta’sirning effektivliligini baholovchi blok.
1-maqsadi: shaxs rivojlanishining alohidalilik diagnostikasi, xavfli faktorlarni aniqlash, psixokorreksion dasturlarning umumiy shakllanishi.
2-maqsad: o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otish, muloqotga kirishishga qiziqish uyg‘otish, qo‘rquvni kamaytirish psixolog bilan muloqotga kirishini va hayotiga o‘zgarishlar kiritishga xohish uyg‘otish.
3-maqsad: o‘quvchi taraqqiyotini optimallashtirish va garmonizatsiyalash, salbiy taraqqiyot fazasidan ijobiysiga o‘tish, o‘zi va dunyo bilan hamohang faoliyat o‘rnata olishga o‘rganish.
4-maqsad: reaksiyalarning dinamikasi va psixologik mazmuniga baho bera olish o‘z-o‘ziga baho berishning stabillashuvi.
Psixokorreksion dasturlar tuzishga qo‘yiladigan talablar:
Psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur:
- korreksion ishning aniq maqsadini belgilash;
- korreksion ishning konkret maqsadini aniqlovchi vazifalarni aniqlash;
- ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash) metodika va texnikani ishlab chiqish;
- korreksion ishga ketadigan umumiy vaqtni aniqlash;
- uchrashuv kunlarini belgilab olish;
- vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat) korreksion dasturni ishlab chiqish va mazmun moxiyatini belgilab olish;
- korreksion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini belgilash;
- korreksion dasturni boshlashda dinamika va o‘zgartirishlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligini belgilash.
Korreksion tadbir so‘ngida korreksion dasturning samaraliligi, maqsad va vazifalarining bajarilganligiga baho beruvchi xulosa hisobot tayyorlanadi.
Psixokorreksion tadbirlarning samaraliligini baxolash quyidagicha mezonda aniqlanadi:
A) rivojlanishdagi qiyinchilikning echilishi barxam topishi.
B) maqsad va vazifalarning belgilanishi korreksion effektivligi o‘zoq muddatdan so‘ng ish davom etayotganda, oxirida aniqlanadi.
Korreksion dastur muammoning butunlay hal bo‘lishini oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, balki samarali ish olib borishda muammolarning yo‘qolishi va echilishiga xar tomondan baho berilayotganiga ham qaraladi.
Masalan: o‘quvchi uchun dasturda ishtirok etayotgan vaktda uning emotsional holatining yaxshilanishi, ijobiy his qilishi bilan belgilanadi.
Psixolog uchun korreksion dastur tashkil etilishi, majburiyatni his etishi oldiga qo‘yilgan vazifani bajarilishi bilan aniqlanadi.
o‘quvchining yaqinlari uchun esa, o‘quvchida paydo bo‘lgan muammoning qay tarzda ijobiy hal etilganligi bilan aniqlanadi. Korreksion dasturlarning ijobiy ta’sir doirasi uning intensivligidadir.
Korreksion mashg‘ulotlar 1-1,5 soatdan oshmasligi, olib borilayotgan o‘yinning ma’no jihatdan o‘ylanganligi bilan ham bog‘liq. Mashg‘ulotlar tugagandan keyin ham iloji boricha o‘quvchining taraqqiy etishi bilan qiziqib borish muloqotni yo‘qotmaslik 1,2 oyda 1 marotaba uchrashi lozim. Korreksion dasturlar qancha erta aniqlanib ish boshlansa shuncha tez samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |