Shaxsiy sug‘urtaning, xususan uning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtasining joriy etilishi bir necha asrlik tarixga ega. 1541 yilda Yevropada mavjud bo‘lgan dengiz huquqi qoidalariga ko‘ra, kema egalari shu kema kapitanlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashlari shart bo‘lgan. Shaxsiy sug‘urtaning ba’zi belgilari qadimgi rimliklarga ham ma’lum bo‘lgan. O‘sha paytda Diana va Antoni muxlislarining diniy jamiyati bo‘lgan. Unga a’zo bo‘lib kirgan shaxslar a’zolik badalini to‘lashgan. Jamiyat a’zolaridan vafot etganda uni ko‘mish bilan bog‘liq xarajatlar jamiyat hisobidan amalga oshirilgan va hatto, pul mablag‘larining muayyan qismi vafot etgan shaxsning merosxo‘rlariga berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |