Turlug chechak yarildi,
Barchin yazim kerildi,
Uchmaq yeri ko`ruldi,
Tumlug` yana kelgusuz.
Ma’nosi, bahorni ta’riflab aytadi: har turli chechaklar ochildi, xuddi (sernaqsh) ipak gilamlar yozilganday. Jannat yeri ko`rildi. Sovuq hech qaytib kelmas darajada havo isidi.
Yuqoridagi baytda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor tasvirlangan bo‘lib, bahorda atrof-muhit xuddi jannat yeri kabi go‘zal bo‘lib ketishi, turli chechaklar ochilib, atrofga yanada oro berishi tasvirlangan.
Yigitlarig ishlatu,
Yag`ach yamish irg`tu,
Qulan keyik avlatu,
Bazram qilib avnalim.
Ma’nosi: O`yin-kulguni tasvirlab deydi: Yigitlarni ishlatib, daraxt mevalarini qoqtiraylik, turli yovvoyi hayvonlar (qulon) va boshqalarni ovlatib, bir necha kun bayram qilib yayraylik.
Bu baytda shoir, o‘yin-kulgi va tabiat ne’matlaridan zavq olib, yayrab yashash kerakligini tasvirlashga harakat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |