- enga eng yaxshi maslahat mutakabbirlik bilan yuzingni teskari burma va shon-shuhrating bilan faxrlanma.
- Quyosh nuri berkitilmaydi, haqiqat sha’mi so’nmaydi. Vijdonli kishi xavfdan holi yashasa, xiyonat qiluvchi kishi behalovat yashaydi. Agar ayol kishi qalbing unga bog’liqligini sezsa, burningni erga ishqaydi.
- zratning asarlari haqida suhbatlashishdan oldin, bu ulug` zotning ustozlari haqida ham qisqacha ma’lumot olsak.
- Albatta, allomaning mana shunday yuksak marralarni zabt etishida, o`z davrining ilmlarini puxta egallashida va kelajakda yetuk olim bo`lib yetishib chiqishida uning ustozlarini o`rni benihoya katta bo`lgan.
- Ana shunday ustozlaridan biri – til, lug`at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jarir Dabbiy Isfahoniydir. Isfahoniy ham Xorazmda bir qancha muddat yashagan. Bu o`lkada mu’taziliylar ta’limotining joriy bo`lishi ham ana o`sha Isfahoniy nomi bilan bog`liqdir. Isfahoniy Urganchda kuchli mu’tazila maktabini ochgan. Mahmud esa ustozining diniy qarashlarini qo`llab-quvvatlagan.
- Mahmud Az-Zamaxshariyning yana bir qancha ustozlari Abu Mansur Nasr Xorisiy, Abu Saad Shaqqoniy, Abul Xattob ibn Batar kabi o`z davrining mashhur olimlaridan hadis ilmidan tahsil oldi. Makka shahrida o`qib yurgan davrlarida esa naxv va fiqh bo`yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxat ibn Muhammad ibn Abdulloh Yabiriy Andalusiy, shayh Sadid Xayatiy, lug`at ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn Xadar Javloqiydek mashhur olimlardan oldi.
- O`z davrining yirik olimi darajasiga ko`tarilgach, Zamaxshariy hazratlarining Xorazmda ham, Sharqning boshqa ko`pgina shaharlarida ham ko`pdan-ko`p shogirdlar bor edi va alloma ko`p vaqtini ular bilan o`tkazar edi. Qarindosh- urug`larninga tanqid va qistovlariga qaramasdan, umri davomida bir marta ham uylanmadi. Ilmiy asarlar yaratishni va munosib shogirdlar tayyorlashni, farzand o`stirishdan muhim deb hisobladi.
- Shuning uchun bo`lsa kerak,Maxmud Az-Zamaxshariy hazratlari “Arab va arab bo`lmaganlarning ustozi”, “ Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug`langan.
- Olim arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag`ishlangan “Al-Mufassal”, Qur’oni karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” kabi asarlari, butun musulmon dunyosida juda ham mashhurdir. Qohiradagi mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining tolibi ilmlari ayni vaqtgacha ham “Al-Kashshof” asari asosida Qur’oni karimni o`rganib kelishmoqda. Buyuk olim, filolog va jug`rofiy fanlar bilimdoni Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari Makka shahridan Xorazm diyoriga qaytib, bir necha yil shu yerda yashadi. Alloma 1144-yil 14-aprelda bu yorug` olamni tark etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |