Mahmatqulov Zuhriddin
D.Komilov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga o‘tkaziladigan saylovdan 4 kun oldin, ya’ni 2021 yil 18 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.
D.Komilov O‘zbekiston fuqarosi sifatida parlament saylovida ishtirok etishni istab saylov uchastkasiga bordi. Uchastka saylov komissiyasi D.Komilovga saylovchilar ro‘yxati tuzib bo‘linganini aytdi. Agar saylovchilar ro‘yxatiga uni qo‘shib qo‘yishgan taqdirda ham u saylov kuni ovoz bera olmasligini aytishdi.
D.Komilov buning sababi so‘ralganida, u hali O‘zbekiston fuqarosi pasportini olmagani, saylovchi ovoz berish uchun uchastka saylov komissiyasiga fuqarolik pasportini taqdim etishi kerakligi ma’lum qilindi. D.Komilov bunga e’tiroz bildirib O‘zbekiston fuqarosi pasportini 4 kun ichida olishning imkoni yo‘qligini aytdi.
Biroq, uchastka saylov komissiyasi tomonidan D.Komilovning talabi rad etildi. Bundan norozi bo‘lgan D.Komilov yuqori turuvchi saylov komissiyasiga murojaat qildi.
Vaziyatga huquqiy bag‘o bering.
Javobi
D.Komilovning arizasiga huquqiy baho beradigan bo’lsak bunda fuqoro saylovda qatnashish uchun fuqorolik pasporti yoki uning o’rnini bosuvchi hujjatni saylov uchaskasiga taqdim etishi joiz hisoblanadi.Agarda ushbu hujjatni taqdim etolmasa u chet el fuqorosi yoki fuqoroligi bo’lmagan shaxs hisoblanadi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining qonuni oldida tengdirlar.
Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Fuqarolarning oʻz saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov oʻtkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatlarda belgilanadi. Saylov turli koʻrinishda boʻladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka S, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun S oʻtkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov boʻlishi mumkin.
Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy;
oʻtkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi;
bir partiyali, koʻp partiyali yoki partiyasiz;
muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod koʻrsatilsa);
toʻgʻri yoki koʻp bosqichli;
asosiy yoki qoʻshimcha saylov oʻtkazilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-oʻn kunligining 1-yakshanbasida oʻtkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, toʻgʻridantoʻgʻri S huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi (yana qarang Saylov tizimi, Saylov huquqi).
2021-yil 8-fevral kuni qabul qilingan „Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“gi qonunga binoan saylovlar oktabr oyida oʻtkazilishi belgilandi. Yaʼni Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi). Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan qonunning konsepsiya variantida saylovlarni mart oyiga koʻchirish haqidagi taklif ham boʻlgan. Fuqarolar bilan oʻtkazilgan seminar tadbirlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushgan takliflarda ham mart, may, avgust va sentabr oylari qayd etilgan. Biroq saylovlarni oktabr oyida oʻtkazish boʻyicha 70 foizdan ortiq taklif fuqarolardan kelganligi bois shu oyga koʻchirilgan.
Saylovlarning statistik tahlili bilan shugʻullanuvchi fan psefologiya deyiladi.
Prezidentning 11.03.2021 yildagi PF-6185-son Farmoni bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish va qaror qabul qilishning yangilangan tartibi;
shaхsni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga umumiy, soddalashtirilgan (vatandoshlar) va alohida tartibda (Prezidentning tashabbusi bilan) qabul qilish masalalari;
fuqaroligi boʻlmagan shaхsga nisbatan fuqarolikni tan olish tartib-taomillari;
fuqarolik masalalari boʻyicha hujjatlarni «Ye-Fuqaro» idoralararo bazasi orqali koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;
fuqarolik masalalari boʻyicha iltimosnoma va arizalarni qabul qilmaslik asoslari.
Fuqarolik masalalari yuzasidan iltimosnoma va arizalar quyidagilar tomonidan topshiriladi:
Oʻzbekistonda yashab turgan shaхs tomonidan – doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga;
Oʻzbekiston hududidan tashqarida yashovchi shaхs tomonidan – Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi, shuningdek diplomatik vakolatхonasining konsullik boʻlimiga.
Fuqarolikka soddalashtirilgan tartibda qabul qilish haqidagi iltimosnoma shaхsning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olingan ichki ishlar organiga topshirilishi mumkin.
Ota-onasi yoki ulardan birining fuqaroligi oʻzgarganda ularning iltimosnomasiga koʻra, 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Fuqarolik masalalari yuzasidan qabul qilingan iltimosnomalar yoki arizalar fuqarolik masalalariga oid «Ye-Fuqaro» idoralararo ma’lumotlar bazasida (keyingi oʻrinlarda – «E-Fuqaro» IMB) roʻyхatdan oʻtkaziladi.
Iltimosnomani qabul qilgan mas’ul хodim 3 ish kuni ichida ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini oʻrganib chiqadi hamda soʻrovnomaga oʻzining lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi. Taqdim etilgan barcha hujjatlar ketma-ketlikda materialga tikiladi va uni rasmiylashtirayotgan хodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda hujjat ichki roʻyхati tuziladi.
Soʻrovnomada koʻrsatilgan ma’lumotlar 3 ish kuni ichida «Ye-Fuqaro» IMBga kiritiladi, materiallar esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi. Soʻngra mas’ul хodim 10 ish kuni ichida ma’lumotlar «Ye-Fuqaro» IMBga toʻgʻri kiritilganligini tekshiradi, shaхsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi. Ular, oʻz navbatida, fuqarolikni qabul qilishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligini koʻrib chiqib, «Ye-Fuqaro» IMBga ma’lumot kiritish orqali munosabat bildiradi.
«E-Fuqaro» IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi chop etiladi. Materiallar va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda хulosa tayyorlanadi hamda ichki ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi. Tekshiruv varaqasi va хulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan aхborot-ma’lumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga yuboriladi1.
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqlari hisoblanadi. Undan foydalanish siyosiy hayotda ishtirokni ta ’minlab, mamlakat taqdirini hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. О’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarga saylov huquqini berish, ta ’minlash bilan birga kimlar saylovda ishtirok etmasligi, kimlarning saylov huquqi vaqtincha to xtatilishi, uning asoslari ham ko'rsatib qo'yilgan. Bu Konstitutsiyamizning 117-moddasida shunday belgilangan: “Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joy lari da saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita cheklashga yo'l qo'yilmaydi .
Xulosa qilib aytganda D.Komilov fuqorolik saylovida agarda fuqorolik pasporti yoki uning o’rnini bosuvchi hujjati bo’lmasa saylovda ishtirok eta olmaydi.