Sharl Perro
(1628 — 1703)
Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak
asoschisi sifatida ma’lum va mashhurdir. U o‘zining „Qizil
Qalpoqcha“, „Zolushka“ va „Etik kiygan mushuk“ asarlari bilan
jahonga tanildi.
Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq og‘zaki
ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o‘rgandi. Shuning uchun
ham u o‘z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro
qahramonlari o‘z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan
ajralib turadilar. G‘arazgo‘ylik, maqtanchoqlik, qizg‘anchiqlik
o‘rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni
shod etib kelmoqda.
Sharl Perrodan bor-yo‘g‘i o‘n ikki ertak saqlanib qolgan.
Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan
qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning „Etik
kiygan mushuk“ ertagini o‘qimagan yoki shu ertak asosida yaratil-
gan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.
Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topag‘onlik bosh masala qilib
qo‘yiladi. Boshqa asarlarida bo‘lgani kabi Sh. Perro bu ertakda
ham folklor an’analariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahra-
moni — tegirmonchining kenja o‘g‘li Karabs fahm-farosat, aql
bilan ish ko‘rib, o‘z murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor bo‘ladi.
Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan
ajralib turadi. Ularning ko‘pchiligi odamlarni, hayvon-u par-
randalarni sevib, erkalab, e’zozlaydigan bo‘ladilar. Zolushkani
(„
Zolushka“) olaylik. Uni o‘gay ona-yu qizlar xush ko‘rmay-
dilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko‘radi.
Uning o‘z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi.
Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinso‘z, kamtarin, odam-
larga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday
230
fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda o‘z o‘rnini
topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo‘lishi ertak ting-
lovchida yaxshi taassurot qoldiradi.
Sh. Perro ijodida „Qizil Qalpoqcha“ alohida o‘rinda turadi.
Ertakning ta’sirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Qalpoqchaning
tabiiy holda ijobiy tomoniga ko‘p sayqal beradi, bolalar ko‘z o‘n-
gida u dunyodagi tengi yo‘q, juda yoqimtoy qizcha sifatida gav-
dalanadi. Bo‘rining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofa-
siga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qo‘zg‘atadi.
Boshqa ertaklarda bo‘lgani kabi „Qizil Qalpoqcha“da ham voqea
yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shadi.
Sharl Perroning „Havorang soqol“ , „Eshak terisi“, „Uyquda-
gi malika“ kabi ertaklari xuddi „Qizil Qalpoqcha“ kabi bolalarbopdir.
Mana to‘rt yuz yildirki, shoirning „Qizil Qalpoqcha“ asari
jahon kezib yuribdi. Ertakning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi ko‘radi, hamma
sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy,
oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mug‘ambir
emasligi unga pand beradi, bo‘riga yem bo‘lishiga oz qoladi.
Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan
gaplari ko‘p. Eng avvalo, u barcha bolalarni xuddi Qizil Qalpoqcha
kabi oddiy va quvnoq bo‘lishga chaqiradi va kattalarning har bir
topshirig‘ini so‘zsiz bajarishga da’vat etadi.
Ikkinchidan, o‘rtadagi sirni oshkor qilmaslikka, o‘ziga
pishiq-puxta bo‘lishga chorlaydi.
Bo‘ri ochko‘z, pismiq va mug‘ambir. Shu sababli qizchaning
soddaligidan foydalanadi. U bir o‘q bilan ikki quyonni urish
qabilida ish tutadi. Bo‘ri Qizil Qalpoqchadan osongina safari
haqidagi ma’lumotni bilib olgach, endilikda qizchaning o‘ziga
qo‘shib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil
Qalpoqchaning baxtiga o‘tinchilar kelib qolishadi.
Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy
tugashini xush ko‘radi, quvnoq Qizil Qalpoqchaning bo‘riga
yem bo‘lishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va
jahongashtaligi ham ana shunda!
Do'stlaringiz bilan baham: |