“Mahbub ul-qulub”


Navoiyga  nisbat  beriluvchi  asarlar



Download 462,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.08.2021
Hajmi462,71 Kb.
#151078
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 Mahbub ul qulb

Navoiyga  nisbat  beriluvchi  asarlar.  Alisher  Navoiyga  nisbat  beriluvchi 

asarlardan  biri  “Sab'at  abhur”  (“Yetti  dengiz”)  deb  atalib,  arab  tili 

lug‘atshunosligiga 

bag‘ishlangan. 

Asarning 

muallifi 

masalasi 

adabiyotshunoslikdagi bahsli masalalardan biri bo‘lib,  mazkur mavzuda tadqiqot 

olib borgan olim B.Hasanov fikriga ko‘ra, Navoiy qalamiga mansub. B.Hasanov o‘z 

fikrini  dalillashda  asarning  kirish  va  xotima  qismida  kotib  Ahmad  ibn  Ali 

Damashqiy Maniniy keltirgan quyidagi fikrlarni asos qilib oladi: “Bu vaqt va zamon 

yagonasi  Xuroson  ufqida  porlagan  quyosh  Mir  Alisher  Navoiy  tartibi,  ta'lifi, 

yaxshilanishi  va  tasnifi  ustida  zahmat  chekkan  “Sab'at  abhur”  musavvadasidan 

topilgan narsalarning so‘nggidir”.  

Asarning  “Sab'at  abhur”  –  “yetti  dengiz”  deb  atalishiga  sabab  arab 

lug‘atshunosligiga mansub yetti kitobning mazkur asar uchun manba bo‘lganligidir. 

Ular quyidagilardir:  

1)  Javhariyning “Sahoh” izohli lug‘ati; 

1)  Sog‘oniyning “Takmila” lug‘ati; 

1)  Zamaxshariyning “Kashshof” (Qur'on tafsiriga oid) asari; 

4-5)  Ibn  Hojibning  grammatikaga  oid  “Mufassal”  (ikkita  muqaddim  va 

sharhlari); 

6)“G‘aroyibu-l-hadis” – hadis so‘zlariga tuzilgan lug‘atlar. 

7) turli mualliflar,  devon, risola va boshqa asarlarning sharhlari. Ular shartli 

ravishda “Zavoyid” nomi bilan atalgan.  

 

“Sab'at abhur”ning tarkibiy tuzilishi asosiga o‘zak tizimi (fleksiya) qo‘yilgan. 



Arab tilidagi so‘zlar (misol uchun kataba – maktub – kotib – kitob – maktab)da o‘zak 

chiqarish  qoidasiga  asosan  so‘z  tarkibidagi  qo‘shimcha  unlilar  tushirib 

qoldirilgandan keyin qoladigan ma'no tashuvchi harflar ma'lum bir ma'noli o‘zakni 

tashkil qiladi (yuqoridagi misolda keltirilgan KTB – kataba). O‘zaklar oxirgi harfiga 

ko‘ra  alifbo  tartibida  28  bobga  ajratilgan.  “Sab'at  abhur”  o‘z  ichiga  8609  lug‘at 

maqolani  kiritgan  bo‘lib,  undagi  leksikaning  asosiy  qismini  uch  harfli  o‘zaklar 




tashkil  qiladi  (6451  lug‘at  maqola).  Miqdor  jihatdan  ikkinchi  o‘rinni  to‘rt  harfli 

o‘zaklar egallaydi (2056 ta). Uchinchi o‘rinda besh harfli o‘zaklar turadi (94 lug‘at 

maqola). Arab tiliga chetdan kirgan kam iste'moldagi so‘zlar olti (1 lug‘at maqola) 

va yetti harfli (2 lug‘at maqola) so‘zlardir. 

Mazkur  asar  arab  lug‘atshunosligi  rivojlanishi  susaygan  davrda  vujudga 

kelganligi  bilan  alohida  ahamiyat  kasb  etib,  arab  leksikografiyasi  tarixida 

Javhariyning  “Sahoh”  va  Firuzobodiyning  “Qomus”  lug‘atlari  bilan  bir  qatorda 

turadi. 


Alisher  Navoiyga  nisbat  beriluvchi  yana  bir  asar  “Risolai  tir  andoxtan” 

tirandozlik,  ya'ni  kamondan  o‘q  otish  fazilatiga  bag‘ishlangan.  Asarning  muallifi 

masalasi  adabiyotshunoslikdagi  bahsli  masalalardan  bo‘lib,  mazkur  asar  ustida 

izlanish olib borgan ye.Bertels, A.Semyonov, S.G‘anievaning fikriga ko‘ra, “Risolai 

tir andoxtan” Alisher Navoiy qalamiga mansub. Risola hajman kichik bo‘lib, unda 

kamondan  o‘q  uzishning  savobli  amal  ekanini  asoslashga  e'tibor  qaratilgan.  

Asardagi har bir fikr diniy dalillar  – hadis va rivoyatlar asosida izohlangani bilan 

alohida xarakterlanadi. Unda keltirilgan bir rivoyatga ko‘ra, Odam Ato alayhissalom 

shayton  hiylasi  bilan  jannatdan  yerga  tushirilgach,  Allohning  amri  bilan 

dehqonchilik qiladi – bug‘doy ekadi. Ammo qarg‘alar ekilgan bug‘doyni kavlab yeb 

qo‘ya boshlagach, Xudoga munojot qiladi. Shunda Xudo kamon va o‘q yuboradi.  

Yoydan o‘q otishni farishta Jabroil (alayhissalom) Odam alayhissalomga o‘rgatadi. 

Odam Ato alayhissalom qarg‘alarga otgan birinchi o‘qi tegmaydi, farishta Jabroil 

alayhissalom  tabassum  qiladi,  ikkinchi  bor  otilgan  o‘q  nishonga  tegadi,  shunda 

Jabroil  alayhissalom  o‘z  tabassumini  qo‘yidagicha  izohlaydi:  “Agar  ilk  o‘qing 

nishonga tekkanida, qiyomatgacha hech narsa bolalaring qo‘lidan qutulmas edi”.  

     “Risolai tir andoxtan” bayon tilining sodda va tushunarli, badiiy bo‘yoqdorlikdan 

xoli  ekanligi bilan alohida xarakterlanadi. Asar bo‘yicha ye.Bertels, A.Semyonov, 

G‘.G‘ulom,  H.Sulaymonov,  S.G‘anieva  kabi  olim  va  Shoirlarning  maqolalari 

mavjud. 



Download 462,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish