«Mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslar asosida innovatsion texnologiyalar»



Download 9,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/302
Sana24.02.2022
Hajmi9,62 Mb.
#226303
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   302
Bog'liq
1-JILD KONFERENSIYA

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Инновацион таълим технологиялари / Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Ҳ., 
Сайфуров Д.М., Тўраев А.Б. – Тошкент: 2015. – 30 бет
2. 
G.Ixtiyarova, D. Bekchanov, M.Ahadov. 
Kimyoni o’qitishda zamonaviy 
texnologiyalar. O’quv qo’llanma, 2019y. 297b.
3. 
M.Sh.Ahadov, G.A.Ixtiyarova Practical Efficiency of Use of Module System, 
Innovative Electronic Textbook and 3D Technologies in Chemistry Education / 
International Journal of Control and Automation.//Vol. 13, No. 2, (2020), pp. 289 – 298. 
4. 
G.Ixtiyarova, N. Juraqulova, B. Abdiyev, M.Ahadov. Axborot va innovatsion 
texnologiyalarni qo’llab organik kimyo fanidan elektron qo’llanma yaratish // Pedagogik 
mahorat. ilmiy-nazariy va metodik jurnal. № 4/2018 206-210 bet. 
5. 
G.Ixtiyarova, N. Juraqulova, Ch. Xayrullayev, M.Ahadov / Kimyo fani ta’lim siaftini 
oshirishda elektron darsliklarni qo’llash istiqbollari// Pedagogik mahorat.ilmiy-nazariy va 
metodik jurnal/№1/2018. 78-182 bet . 
6. 
M.Sh.Ahadov, G.A.Ixtiyarova/ Kimyo fanini o’qitishda elektron darsliklardan 
foydalanish: muammolari va yechimlari/ Xalq ta’limi ilmiy-metodik jurnali//№1/ 2019.81-
85 bet. 
 


332 
KIMYO FANINI O’QITISHDA TABIIY FANLAR BILAN FANLARARO 
BOG’LANISHNI AMALGA OSHIRISH 
S.M .O’rmonov., U.G’. Abdullayeva, 
Farg’ona davlat universiteti. 
Jamiyat taraqqiyotining xar-bir bosqichi ta’lim tizimi oldiga o’zining ijtimoiy 
buyurtmalarini qo’yadi. Mustaqillik yillarida ishlab chiqarish korxonalarida qo’l 
kuchi 
bilan 
bajariladigan 
ishlarning 
kamayishi, 
mexanizmlarning 
murakkablashuvi,shuningdek, qishloq xo’jaligi, dexqonchilik va chorvachilikka yangi 
texnologiyalarning joriy etilishi o’sib kelayotgan yosh avlodning fan asoslarini
chuqur o’zlashtirishi bilan bir qatorda, ularda faol aqliy faoliyat va xar tomonlama 
rivojlantirishni talab etmoqda. 
Tabiiy fanlarning rivojlanishi, fanlar o’rtasida differensiatsiya va integratsiya 
jarayonlarining vujudga kelishi obyektiv qonuniyatlar sifatida tabiiy fanlar bo’lgan 
kimyo, biologiya va fizika fanlari o’rtasida fanlararo bog’lanishni amalga oshirishni 
talab etmoqda. 
O’quv dasturlarga tabiiy fanlarning o’zaro aloqadorligi masalalarining 
kiritilishi o’quvchilar tomonidan, fizik, kimyoviy, biologik tushunchalarni 
o’zlashtirish jarayonlarini osonlashtiradi, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish 
imkoniyatini beradi. Shu jixatdan fanlararo bog’lanishni qanday amalga oshirish 
yo’llarini bevosita yangi pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirishni 
o’rganish, tabiiy fanlarni chuqur o’qitishda aloxida axamiyatga molikdir. 
Ma’lumki, kimyo, biologiya va fizika , qishloq xo’jaligining nazariy asoslari 
bo’lib, energiya, xom ashyo va materiallarning xilma xillashuvi o’zgarishi, 
jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishiga zamin yaratadi. 
Kimyo fani biologiyaning rivojlanishiga salmoqli xissa qo’shgan, jumladan, 
xujayraning kimyoviy tarkibi, ya’ni anorganik va organik moddalarni aniqlash, oqsil, 
uglevod, lipidlarning o’ziga xos xususiyatlari, tarkibi, molekulyar tuzilishi, 
tabiatining aniqlanishi, ularning xujayrada bajaradigan funksiyalarini aniqlash, 
modda va energiyaning saqlanish qonuni esa, xujayrada modda va energiya 
almashinuvini tadqiq etishga zamin yaratadi. 
Fanlar rivojidagi qo’lga kiritilgan yutuqlarning moxiyati va axamiyati umumiy 
o’rta ta’lim maktablarining o’quvchilariga tushunarli darajada yoritilishi ularning xar 
tomonlama kamol topishi, kelgusidagi mustaqil xayotda va ongli ravishda kasb 
tanlshda muxim o’rin tutadi. Bu kimyo, biologiya va fizika soxasida erishilgan 
yutuqlarni to’g’ridan to’g’ri maktab dasturiga kiritish kerak, degan xulosaga olib 
kelmasligi kerak. Ularning mazmuni muayyan darajada qiyin va keng ko’lamli 
bo’lib, ularni xatto oliy o’quv yurti talabalari xam o’zlashtirishda qiyinchilik xis 
qilishadi. Shu sababli, maktab o’quv dasturiga xozirgi zamon didaktikasining 
tushunarlilik prinsipi talablari asosida tanlangan fan asoslari bo’yicha ilmiy farazlar, 
tushunchalar, qonunlar, nazariya va olamni tadqiq etish metodlarini kiritish lozim. 
O’qituvchi tomonidan fanlararo bog’lanish muvafaqiyatli amalga oshirilganda, 
organic olamning yaxlitligi, materiya va xarakat shakllarining birligi aniq misollar 
bilan dalillanganda o’quvchilar ushbu masalalarni tub moxiyatini anglashi mumkin. 


333 
Kimyoni o’qitishda o’rganilayotgan mavzuni mazmun va manbaiga ko’ra 
fanlararo bog’lanishning quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: 
1.Kimyo fani tarmoqlari ichidagi fanlararo bog’lanish. 
2.Tabiiy-matematika fanlar bilan fanlararo bog’lanish. 
3.ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan fanlararo bog’lanish. 
Adabiyotlar taxlili, o’qitishda fanlararo bog’lanishning umumiy didaktik 
asoslarini ishlab chiqish, ularni tasniflash borasida juda ko’p tadqiqotlar olib 
borilganligini ko’rsatdi. 
Jumladan, 
M.N.Skatkin, 
K.P.Koroleva, 
N.M.Cherkez-Zadelar 
o’z 
tadqiqotlarida fanlararo bog’lanishni amalga oshirish xaqidagi nazariyalarni bayon 
etganlar. 
Yuqoridagi olimlarning tadqiqotlarida fanlararo bog’lanishning mantiqiy 
yo’nalishi, tabiiy fanlarning o’quv dasturida bo’limlar, mavzular o’zaro mantiqiy 
bog’lanishlar asosida tuzilishi, o’quvchilar ularni o’zlashtirishda mantiqiy 
jarayonlarni bajarishi lozimligini qayd etgan. Mantiqiy bog’lanishlarga taqqoslash, 
sabab-oqibat bog’lanishlari, induksiya, deduksiya, taxlil, sintez,umumlashtirishlar 
kiritilgan. 
Yuqorida qayd etilgan fikrlar asosida fanlararo bog’lanish tasnifi bo’yicha 
umumiy yechimga kelinmaganligini ko’rsatdi. 
Noorganik kimyodan bilimlarni chuqur egallash o’quvchilarning boshqa fanlar 
bo’yicha olingan bilim va o’quvchilardan kimyo o’qitishda qanchalik foydalana 
olishga, yani fanlararo bog’lanishning qay darajada amalga oshirishga bog’liq. 
Anorganik kimyo kursidagi “Atom tuzilishi”, “Yonish” mavzulari o’tilganda 
Fizika kursidagi “Nurlanish” turlari,”Yorug’lik manbalari”, “Spektrlarda energiya 
taqsimoti”,”Nurlanish 
spektrlarining 
turlari”, 
“Spektral 
analiz”,”Yutish 
spektrlari”,”Infraqizil va ultrabinafsha nurlar” va “Rentgen nurlari”ga oid mavzular 
eslatiladi. 
Olimlarning fikricha, umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan tabiiy 
fanlar kimyo,biologiya va fizika o’z mazmunida tabiatdagi obyektiv bog’lanishlarni 
aks ettirishi zarur. Xar bir tabiiy fan o’z mazmuniga tabiatdagi o’zaro 
aloqadorlik,uzviylikka muvofiq xolda o’rganilsa, o’quvchilarda tabiat va uning 
rivojlanishi, tabiatda sodir bo’ladigan jarayonlar, biosfera, moddalarning davra 
bo’ylab aylanishi, bir so’z bilan aytganda, tabiat dialektikasini yaxlit o’rganish 
imkoni vujudga keladi. 

Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish