«Mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslar asosida innovatsion texnologiyalar»



Download 9,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/302
Sana24.02.2022
Hajmi9,62 Mb.
#226303
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   302
Bog'liq
1-JILD KONFERENSIYA

Литература 
1. Рябцев СВ., Тутов E.A., Лукин А.Н., Шапошник А.В. Исследование 
механизмов сенсибилизации допированных газовых сенсоров// Сенсор. -№1-2001-
С.26-30. 
2. M. Shamsipur, G. Azimi, High-acidity optical sensors based on sol-gel-derived thin 
films, Anal. Lett. 2001, 34, pp. 1603-1609. 
3. Nasimov A, Buronov A, Isakulova M, Toshpulatov D, Mirzayev Sh. Tashpulatov 
Kh, Photochemical studies of bromocresol purple in sol-gel membrane, Jour of Adv 
Research in Dynamical & Control Systems, Vol. 12, 04-Special Issue, 2020, 1156-1159 pp. 


250 
QUTBLI INDIKATORLARNI GIDROFOB ORMOSIL QATLAMGA 
BIRIKTIRISH 
Isaqulova M.N., Nasimov A.M., Sunnatov X. 
Samarqand davlat universiteti 
 
Materiallar kimyosining muhim bir bo’limi ORMOSIL materiallarga qaratilgan 
va bunday materiallar laboratoriya miqyosidan sanoat miqyosiga o’tib bormoqda. 
Ma’lumotlar n-propil-TriMOS konsentrasiyasi TEOSda ortishi bilan piranin 
fluoressensiyasi doimiy o’zgarishini ko’rsatadi [1-2].
Fluoressensiya spektroskopiyasi geterogen muhitni o’rganish uchun muqobil 
usul hisoblanadi. Zol-gel qatlamning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish uchun 
dopant biriktirilgan qatlamlar fluoressensiya spektroskopiyasi yordamida tadqiq 
qilinadi [3].
Ushbu ishda zol-gel usulida ORMOSIL membranalarga biriktirilgan 
indikatorning fotokimyoviy xossalarini o’rganish natijalari keltirilgan. Shuningdek 
ORMOSIL membranalarining amaliy ahamiyati bo’yicha ham atroflicha xulosalar 
olindi. 
Optik usullarda indikator ion juftini gidrofob qatlamga biriktirish uchun 
piranin-ion jufti dastlab lipofil holga keltirilib, so’ngra biriktirilishi kerak edi. n-
propil TriMOS – TEOS gibrid zol-gelga dastlab 1,8∙10
-5 
mol TOABr moddasi 15 μl 
dixlormetan ishtirokida eritib, 5,87∙10
-6 
mol piranin indikatori 0,01N NaOH 
eritmasining 1 ml miqdorida qo’shildi. Aralashma indikator organik qatlamga to’la 
o’tguncha davom ettiriladi. Hosil bo’lgan organik qatlam ekstraksiya qilinadi va bir 
necha marta distillangan suvda yuvildi. Organik aralashma ion jufti 1 soat davomida 
600 aylanish/daqiqa tezlikda aralashtirildi.
Shundan so’ng piranin va CTAON ion-jufti hosil qilindi. Mol nisbati 1:3 
bo’lgan piranin va CTABr tarozida tortib olindi. CTABr dixlormetanda eritilib, to’la 
eriguncha aralashtirildi. Xuddi shunday piranin 0,01N NaOH eritmasida eritildi. 
Bunda eritmalar nisbati 1:2 atrofida bo’lishi kerak. Bu ikki eritmalar og’zi yopiq 
idishda indikator organik qatlamga to’la o’tguncha magnitli aralashtirgichda 
aralashtirildi. Organik qatlam ekstraksiya qilib ajratib olindi va bir necha marta 
distillangan suvda yuvildi. So’ngra vakuumda haydalganda sarg’ish-oq rangli PTS 
(CTA)

ion-jufti hosil bo’ladi. Bu ion juftidan navbatdagi jarayonlar asosida zol-gel 
aralashmasi hosil qilindi. n-propil TriMOS – TEOS gibrid zol-gel 40 minut 
aralashtirilgandan keyin 5,87∙10
-7 
mol PTS (CTA)

ion-jufti qo’shildi. Aralashma 
yana 20 minut davomida 600 aylanish/daqiqa tezlikda aralashtirildi.
Suv turli zol-gel kompozitlar tayyorlashda muhim rol tutadi va uning ichki 
muhiti tabiatiga ta’sir qiladi. R = 32 nisbatda olingan yupqa filmlar yuqori 
shaffoflikka ega. Etanolda piranin spektrida ko’k sohaga siljish kuzatildi. Piranin 
saqlagan yupqa filmning spektroskopik o’lchashlar natijalari uning ichki muhitida 
suvdan tashqari prekursor erituvchisi sifatida ishlatilgan etanolga ham kuchli 
darajarada bog’liqligini tasdiqlaydi. 
Sof TEOSga asoslangan sistemalarda protonlashmagan shakl (515 nm) ustunlik 
qiladi (1-rasm). Shunga qaramasdan-propil-TriMOS konsentrasiyasining ortishi 


251 
protonlashgan shaklga sekin-asta o’tishni ta’minlaydi. 80% (mol) n-propil-TriMOS 
va 20% TEOSli qoplamalarda piraninning faqatgina ko’k sohadagi (410 nm) 
protonlashgan shaklga muvofiq keladigan spektri mavjud bo’ladi. Bu natija piranin 
biriktirilayotgan muhit qutblilikdan qutbsizlikka o’tayotganligini ko’rsatadi. Qutbli 
qoplamalarda piraninning protonlashmagan shakliga mos keladigan yashil rang 
ustunlik qiladi va bu qo’shni qutblangan silanol guruhlarining ta’siri orqali 
tushuntiriladi. Boshqa tomondan protonlashgan shaklga mos keladigan ko’k spektr 
kuchsiz proton akseptorligi xususiyatiga ega gidrolizlanmaydigan organik guruhlar 
bilan o’ralganligini ko’rsatadi. 
 
1-rasm. Bromtimol ko’kining zol-gel qatlamdagi yutilish spektri
Shuningdek, 20 mol% n-propil-TriMOS va 80% TEOSdan iborat, 50 mol% n-
propil-TriMOS va 50mol% TEOSdan iborat qoplamalarda intensivlikning oshishi 
g’ovaklikda qutblilik pasayishi bilan tushuntiriladi. Yana 80 mol% n-propil-TriMOS 
va 20% TEOSdan iborat qatlamda intensivlik yana pasayadi. 
Dastlab tayyorlangan materiallar xona sharoitida quritilganligi uchun unda 
etanolning konsentrasiyasi yuqoriligi saqlanadi. Natijada ularning fluoressent 
spektrlarida protonlashmagan shaklning ham ta’siri kuchli sezildi. 
Tayyorlanadigan ORMOSIL qatlam amalda optik va katalitik maqsadlar uchun 
rejalashtirlayotganligi uchun ba’zi zol-gel reaksiyalari indikator ishtirokida amalga 
oshirildi. Bunday kompozision qatlamlarda indikator o’z fotokimyoviy xossalarini 
yaxshi saqlab qolishi aniqlandi.

Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish