Mahalliy qurilish materiallaridan foydalanib bino loyihalash


RESPUBLIKAMIZNING NOYOB BINOLARI



Download 282,61 Kb.
bet2/3
Sana12.11.2022
Hajmi282,61 Kb.
#864465
1   2   3
Bog'liq
MAHALLIY QURILISH MATERIALLARIDAN FOYDALANIB BINO LOYIHALASH

RESPUBLIKAMIZNING NOYOB BINOLARI
Respublikamizda oxirgi 20 yil davomida qurilish sohasida keskin o'zgarishlar, yangi ko‘rinishdagi zamonaviy binolar, chet ellardatan olingan hashamatli imoratlar qad ko'tardi. Ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Nukus va boshqa viloyatlarda saroylar, markazlar, sport komplekslari, mehmon- xonalar, qolaversa, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida ulkan sanoat inshootlari qad ko'tarib, xalq xo'jaligiga xizmat ko'rsatmoqda. Respublika poytaxti — Toshkent shahrida Interkontinental, Milliy Bank, mehmon- xonalar binolari, saroy va sport komplekslari, metro stansiyalari, uzun ko'priklar qurilish imkonini ko'rsatib shaharni bezab turibdi.
Toshkent shahri 2000 yildan ortiqroq tarixga ega. Bu davr ichida u oddiy manzilgohdan jahondagi yirik shaharlardan biri — O'zbekiston Respublikasining poytaxtigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Asrlar davomida shahar o'zining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu- jadalni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron bo'Iib, qayta qad ko'tardi. Qadimiy o'rnidan necha bor siljib, nomi ham bir necha marta o'zgardi.
Toshkent — O'zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarga imkoniyat tug'dirgan Buyuk Ipak yo'li bu shahar orqali o'tgan edi. Qadimiy Shoshda turli davrlar san’ati va qurilish madaniyatini aks ettiruvchi ko'plab me’morlik yodgorliklari saqlanib qolgan.Mingo'rik, Oqtepa, Xonobod va boshqa maskanlarning arxeologik yodgorliklari shaharsozlik bu yerda ilk o'rta asrlardayoq gurkiraganidan dalolat beradi. Arablar fatxidan keyin hozirgi Toshkent hududida shahar
hunarmandchilik manzillari: Ko'kcha, Kallaxona, Tanhoshaharvaboshqalar vujudga kelgan.
XIII asrda Toshkent ham vahshiy Chingizxonning qo'shinlari oyog'i ostida toptaldi. Amir Temur davrida shahar ko'kragiga shamol tegdi. Uning tuzilmasida ark ajralib turar, shahar bir necha darvozali devor bilan o'ralgan edi. Shahar miqyosida Hazrati imom Zayniddin Quyi Orifoniy, Shayhon- toxur kabi xushsurat yodgorlik majmualari bunyod etildi. Ulardan bir qismi bizgacha saqlangan. XVI asrning ikkinchi yarmida Shahriston chekkasida Ko'kaldosh madrasasi qad rostlaydi. Shahar daha deb nomlan- gan: Shayhontoxur, Ko'kcha, Sebzorva Beshyog'och singari qismlardan tarkib topgan. Toshkent XIX asrga qadar qo'shni mamlakatlar va ko'ch- manchi qabilalaming hujumlariga uchragan, biroq shunga qaramay, u qayta va qayta qaddini rostlayvergan.
1930- yildan Toshkent O'zbekistonning poytaxtidir. Shahar mamlaka- timizning yirik siyosiy va madaniy markaziga aylandi. 1991- yilda O ‘zbekiston o'z mustaqilligini e’lon qildi. Oxirgi yillarda poytaxtimiz madaniy qurilishi sohasida salmoqli o'zgarishlar bo'ldi. Tennis korti, «Jar» sport markazi, «Interkontinental» mehmonxonasi, Oliy Majlis singari bir necha sport va jamoat inshootlari bunyod etildi.Poytaxt nufuzi yildan-yilga o'sib bormoqda. O'zbekistonning barcha shaharlariga jur’at va sur’at bahsh etayotgan Toshkentning o'zi ham katta- lashib bormoqda.
Fuqaro binolari va ularga tegishli konstruksiyalar to'g'risida bilim berilar- kan, talabalar, albatta, erishilgan yutuqlar, qurilgan tarixiy va zamonaviy hashamatli bino va inshootlami ma’lum darajada bilishlari maqsadga muvofiqdir.Devor materiali sifatida g'ishtlar bilan bir qatorda sopol va mayda yengil beton bloklar keng ko'lamda qo'llaniladi (7.2- rasm). Sopol blok toshlar mayin loydan quyiladi va ichi g'ovak (7, 15, 21va 28 g'ovakli) bo'ladi. Ularning o'lchamlari: oddiysi 250x 120x 138 mm; yiriklashtirilgani 250x250x 138 mm; moduli 288x 138x138 mm bo'ladi.
Mazkur bloklarning markasi 75—300, zichligi 1400 kg/m3 ga teng bo'ladi. Bunday sopol bloklarning g'ovaklari ochiq yoki bir tomoni berk bo'lishi mumkin va ular g'ishtga nisbatan issiqlikni kam o'tkazadi. Shu sababli devor qalinligini kamaytirishga imkon beradi. Ichi g'ovak sopol toshlardan devor qurishda choklar bir qatorli sistemada bog'lanadi. Bunda toshlar g’ovaklarini yuqoriga qarab yotqiziladi. Terilgan bloklarning g'ovaklari issiqlik oqimiga nisbatan tik, ya’ni devor o'qi bo'ylab joylashishi zarur. Ular ham kam qavatli, ham ko'p qavatli binolar uchun yaroqlidir.Yengil beton mayda bloklardan terilgan devor, g'ishtli devorlardan yengilligi va issiqlikni kam o'tkazishi bilan farqlanadi. Bu xususiyatlar devor qalinligini kamaytirishga olib keladi. O'lchamlari 390x 190x 188 mm bo'lgan uch g'ovakli (ochiq yoki berk) yoki yaxlit bloklar ko'proq ishlatilib, uch qatorli sistemada teriladi. Qoliplanadigan sirtki yuzasiga rang berilgan yoki naqshlar solingan bo'lib, ularning markasi 25—250 ga teng bo'ladi.Devor qurish ishlari qo'lda bajarilishi mo'ljallangan hollarda bloklarning massalari 32 kg dan ortiq bo'lmasligi maqsadga muvofiqdir. Qurilishda boshqacha yengil beton bloklar, ya’ni g'ovaklari tirqishsimon va birboshi ochiq bo'lgan bloklar ham uchrab turadi.


Bunday bloklardan terilgan devorlar blok tirqishlari bir-biri bilan tutashmaganligi va tirqishlardan havo almashinuvi bo'lmaganligi sababli uch g'ovakli bloklardan terilgan devorlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo'ladi. Bunda tirqishlar yuqori tomondan yopiq bo'Iib, bloklami o'zaro bog'lash uchun qorishma yaxlit toshlami terishdagi kabi yoyiladi. Uch g'ovakli blokni terishdagi qiyinchilik bu yerda uchramaydi.Mexanik ishlov berish oson, g'ovak stmkturaga ega va zichligi kam yengil tog' jinslari bor rayonlarda bino devorlarini tabiiy toshlardan terish maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy g'ovak toshlardan bloklar o'lchamlari yengil beton bloklari kabi, ya’ni 390x 190x 188 mm qiUb arralab olinadi. Bu bloklami terish ikki va uch qatorli sistemada olib boriladi. Bu toshlaming tashqi ko'rinishi chiroyli bo'lganligi uchun qo'shimcha koshinlashga hojat qolmaydi.Noto'g'ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog' jinslari bo'- laklari xo'jalik binolarni qurishda asosan harsangtosh plita sifatida ishlatiladi.
Tosh va armatosh konstruksiyalar. Insoniyat tarixida tabiiy tosh birinchi marotaba qurilish konstruksiyalari sifatida ishlatilgan. Shunday qilib, tabiiy toshdan bo'lgan imoratlar tosh davridayoq dunyoga kelgan. Insoniyat ishlab chiqarishning sekin-asta rivojlanishi asosida, awal oddiy ishlangan tosh, keyinchalik birinchi sun’iy tosh-g'isht xomashyosi paydo bo'ldi. Tosh konstmksiyalar awal qulchilik davrida, keyin esa feodal tuzumida o'zining yuqori darajasiga erishdi.
Bu davming bir qator bino va qurilishlari bizning davrimizgacha ham yaxshi saqlanib qolgan. Toshni bir qator xossalariga qarab tavsiflaydilar. Kelib chiqishi bo'yicha tosh tabiiy toshlarga va sun’iy toshlarga bo'linadi.Tosh materiallarga talab qilinadigan asosiy xossa — bu ulaming mustah­kamligi, umrboqiyligi va issiqni ushlab turishidir.Shlak beton devorlar. Shlak va shu kabi to‘ldirgichlardan yengil beton tayyorlab, bir-ikki qavatli uylaming devorlariga va tosh plitalariga qo‘llasa
bo iadi. Bunday devorlaming issiqdan himoya qilish xususiyati g‘isht devoiga
nisbatan 1,5 baravar samarali va arzon.

Qurilish konstruksiyalarining rivojlanish tarixi qadimdan boshlanadi. Ishlov berilmagan toshdan qurilgan birinchi inshootlar tosh davriga to'g'ri keladi.


Yog'och konstruksiyalami qo'llash ham qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Bu tabiiy ashyolar turar-joylar qurishda va eng sodda inshootlar — ustunlar, bostirmalar, kichik-kichik ko'priklar qurishda ishlatilgan. Quldorlik va feodal jamiyatlarida g'isht-tosh me’morchiligining juda ko'p ulug'vor yodgorliklari — gumbaz bilan qoplangan saroylar, madrasalar, masjidlar qurilganini bilamiz. O'tgan davrda armatoshli konstruksiyalar paydo bo'ldi va ularni ishlatish sohasi kengaydi. Po'lat elementlar bilan armaturalangan g'isht-tosh konstruksiyalar, quvurlar, buyumlar, ko'priklar va boshqa shu kabilarni qurishda ishlatila boshlandi.Yog'och konstruksiyalami qo'llashning keng yoyilishi g'isht-tosh konstruksiyalar bilan qadamma-qadam bordi. Birinchi yog'och ko'priklar bizning eramizgacha bo'lgan davrlarda qurilgan. Qadimgi vaqtda uylar va qal’a devorlarini qurishda tarashlangan yog'och konstaiksiyalari qo'llanilgan.
Yog'och konstruksiyalar rivojalana borgan sari «shponka»li, mixli, mix cho'pli birikmali murakkab sistemalar — qo'shma to'sinlar, ramalar, gumbazlar va hokazolarda qo'llana boshlangan. Keyingi 10 yillar ichida yelimlab tayyorlanadigan yelim yog'ochli va yelim fanerli konstmksiyalar, metall yog'och fermalar, arkalar va boshqalar keng tarqaldi. Ayni bir vaqtda plastmassalardan foydalanib tayyorlangan konstmksiyalar, xususan, qatlamli plitalar, devorbop to'siqlar, havo to'ldirilgan pnevmatik qobiqlar va boshqalami ishlatish sur’ati o'sib bormoqda.

Download 282,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish