Mahalliy ishlab chiqaruvchilar taklif etgan bfq larni tarkibini



Download 240,11 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi240,11 Kb.
#703031
Bog'liq
MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILAR TAKLIF ETGAN BFQ LARNI TARKIBINI




MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILAR TAKLIF ETGAN BFQ LARNI TARKIBINI


ASOSLASH

- 2015 yilda “Tabiiy mahsulotlar asosida ozuqaga BFQ uchun tarkib, texnologiya va sifat me’yorlarini ishlab chiqish” bo‘yicha topinambur tugunagining tibbiyotda ishlatilishi bo‘yicha adabiyotlar tahlilini o‘tkazildi va olingan natijada zamonaviy BFQ lar texnologiyasi ishlab chiqildi. Topinambur tugunagidan talqon olish texnologiyasi “Remedy GROOP” korxona sharoitida o‘rganildi. Talqon tarkibidagi biofaol moddalarga quritish haroratining ta’siri adabiyotlarda keltirilgan usullar yordamida o‘rganildi. Topinambur tugunagi talqonining texnologik ko‘rsatkichlari adabiyotlarda keltirilgan usullar yordamida aniqlandi. Tajribalar natijasi Remedy Groop QQ da muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi.


Jag‘-jag‘ ekstrakti asosida gel tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha 2015 yilda stomatologiya amaliyotida yallig‘lanish milkni qizarishi, tez-tez qonab, og‘riqli holatlarni davolash uchun qo‘llashga tavsiya etilayotgan jag‘- jag‘ o‘tining er ustki qismi suyuq ekstraktidan yangi stomatologik gel tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Tajribalarda jag‘jag‘ suyuq ekstraktidan turli gidrofil asoslarda gel tarkibini tayyorlash bo‘yicha izlanishlar o‘tkazildi. Bunda surtmalar 3%, 4% va 6% li qilib tayyorlanib, natriy karboksimetilsellyuloza, metilsellyuloza va jelatina glitserinli asoslarda tayyorlandi. Tayyorlangan surtmalarning sifat ko‘rsatkichlaridan: tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, surtilishi, konsistensiyasi, rN, kolloid va termoturg‘unligi aniqlandi. Jag‘-jag‘ ekstrakti geli sifat ko‘rsatkichlari adabiyotlar keltirilgan usullarda o‘rganildi va ular me’yoriy hujjatlar talabiga mos ekanligi isbotlandi.
O‘zbekistonda sintez qilingan hamda xorijdan keltirilgan sintetik dori vositalar asosida takomillashtirilgan dori preparatlarni ishlab chiqish bo‘yicha quyidagilar aniqlandi:




  • Hisobot yilida kombinirlangan nosteroid yallig‘lanishga qarshi diklofenak natriy hamda benzketozon asosida gel texnologiyasini yaratish va uni standartlash bo’yicha izlanishlar olib borildi. Tarkib tanlsh matematik rejalashtirish usulida olib borildi. Bunda 9 ta tarkib bo‘yicha gellar tayyorlandi va ularning sifat va miqdoriy tahlili olib borildi. Kruvchinskiy usuli bo‘yicha biofarmatsevtik izlanishlar olib borildi va gellardan ta’sir etuvchi moddalar diklofenak natriy va benzketozon ajralib chiqishi o‘rganildi. Olingan natijalarga asosalanib mo‘‘tadil asos tanlab olindi va uning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlandi (organoleptik ko‘rsatkichlar, suvli ajratmaning pH ko‘rstatkichi, termoturg‘unligi, kolloid turg‘unligi, qizdirganda yo‘qotilgan og‘irlik va b.). Diklofenak natriy va benzketozonning miqdoriy tahlilini olib borishda spektrofotometrik usul qo‘llanildi (276±2 nm va 305±2 nm). Olingan natijalar asosida me’yoriy hujjatlar tuzildi. Rejalashtirilgan ishlardan tashqari ushbu gelning reologik xossalari o‘rganildi, uning saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati aniqlandi.

  • Nosteroid yallig‘lanishga qarshi moddalar asosida applikatsion dori turlari texnologiyasini yaratish bo‘yicha Ibuprofen moddasidan sirtga qo‘llash uchun liposomal suspenziya shaklini yaratish borasida ishlar olib borildi. Jumladan, ibuprofen moddasidan liposomal dori shakllarini yaratish uchun liposomal dori shaklinining uch xil tarkibi tanlandi: 1-tarkibda fosfotidilxolin, tozalangan suv, ibuprofen 1:7; 2-tarkibda fosfotidilxolin, tozalangan suv, ibuprofen 1:8; 3-tarkibda fosfotidilxolin, tozalangan suv, ibuprofen 1:10 nisbatlarda ishtirok etgan bo‘lib, bunda moddalarning fizik-kimyoviy xossalari inobatga olingan holda suspenziya tarkibiga kiritildi. Taklif etilayotgan tarkiblarni dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini aniqlandi (tashqi ko‘rinishi, bir xilligi, chinligi va rN ko‘rsatkichi). Natijada 2-tarkib sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha talabga javob berganligi aniqlandi. Tanlangan 0,1% ibuprofen suspenziyasining miqdoriy analizi spektrofotometrik usulda AQSH firmasining Agilent - 8453 spektrofotometrida aniqlandi. Bunda erituvchi sifatida 96% etil spirtidan foydalanildi va ibuprofenning spirtli eritmasi 200-300 nm to‘lqin uzunligida o‘lchanganda ibuprofen 220 nm to‘lqin uzunligida yuqori, 216 nm da quyi nur yutish ko‘rsatkichiga ega

ekanligi aniqlandi. Natijalar asosida 0,1% li ibuprofen suspenziyasining miqdorini aniqlash usuli ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan


usul bo‘yicha ibuprofen miqdori 5 ta namunada aniqlandi va u 0,096 dan 0,100% gacha ekanligi topildi.
- Mahalliy xomashyolar asosida virusga qarshi dori vositalari texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan izlanishlarda hisobot yilida gossipol hosilalari asosida sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan kollagen asosli gidrogellar tarkibini ishlab chiqish. Jumladan Megaferon (megosinning glitsirrizin kislotasi bilan hosil qilgan kompleksi) va tvuferon o‘zining suvda eruvchanlik xossasi bilan terapevtik samaradorlikni oshirishi farmakologik tajribalarda aniqlandi. “Kollagen-T” asosida gidrogel asosi tarkiblari ishlab chiqildi. Tarkib I. Kollagen-T, MS 1%li eritmasi, tozalangan suv, glitserin. Tarkib II Kollagen-T, atsetilangan lanolin, tozalangan suv, glitserin ishtirok etgan bo‘lib, quyidagi asos texnologiyasida polimerni bo‘ktirish, eritish, asosni gomogenlashtirish olib borildi. Olingan asosni qo‘llagan holda gossipol hosilalaridan megaferon va tauferon 2% li gidrogellari tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqildi. Moddalar fizik-kimyoviy xossalari inobatga olingan holda gel asoslari tarkibiga kiritildi. Bunda quyidagi texnologik bosqichlardan foydalanildi: komponentlarni tortib olish, eritish (haroratsiz, haroratli), gomogenlashtirish, qadoqlash. Taklif etilayotgan tarkiblarni dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini aniqlandi va miqdoriy tahlili YUSSX usulida o‘rganildi.
Koglumet asosida shamcha texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha shamchalar, zamonaviy asoslar, texnologik bosqichlari, shamchalarning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha adabiyotlar tahlili o‘rganildi. Koglumet – bu glyutamin kislota va metilmetionin sulfoniy xloridning kobalt (III) bilan hosil koordinatsion birikmasi bo‘lib, u “A.B.-Biocom” kompaniyasida sintez qilib olingan.
Ushbu preparat farmakologik izlanishlar natijasida immunostimullovchi, gepatoprotektor va radioprotektor dorivor modda sifatida samarali ta’sir ko‘rsatadi. Koglumet saqlovchi shamcha uchun mos bo‘lgan asos turini tanlash va optimal texnologiyasini ishlab chiqildi.


Koglumet shamchasini tayyorlash uchun gidrofob asoslardan kakao moyi, gidrofil asoslardan jelatina-glitserinli asos ishlatildi. Dorivor modda asos tarkibiga 0,005% miqdorda qo‘shildi. SHamchalar juvalash va quyish usullarida tayyorlandi. SHamcha tayyorlashda dori moddaning fizik-kimyoviy xususiyatidan kelib chiqqan holda avval modda minimal miqdordagi tozalangan suvda eritib olindi. Kakao moyi tarkibiga kiritish uchun suvsiz lanolin bilan emulgirlandi. Gidrofil asosda tayyorlangan shamcha tarkibiga dori moddasi asos tarkibidagi suvda eritib kiritildi. Qoliplar muzlatgichda saqlandi, quyishdan oldin qoliplar kerakli suyuqliklar bilan moylandi. Koglumet shamchasining sifat ko‘rsatkichlarini baholandi
Har ikki usulda tayyorlangan shamchalarning sifati baholandi. Bunda tashqi ko‘rinishi, chinligi, erish vaqti, deformatsiya vaqti, bir xilligi, o‘rtacha massasi o‘rganildi.
Ketomed shamchasi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha 2015 yilda Ketomed saqlovchi shamcha uchun mos bo‘lgan asos turini tanlash va optimal texnologiyasini ishlab chiqildi. Ketomed shamchasini tayyorlash uchun gidrofob asoslardan kakao moyi, gidrofil asoslardan jelatina-glitserinli asos ishlatildi. Dorivor modda asos tarkibiga 0,006% miqdorda qo‘shildi. SHamchalar juvalash va quyish usullarida tayyorlandi. SHamcha tayyorlashda dori moddaning fizik-kimyoviy xususiyatidan kelib chiqqan holda avval modda minimal miqdordagi tozalangan suvda eritib olindi. Kakao moyi tarkibiga kiritish uchun suvsiz lanolin bilan emulgirlandi. Gidrofil asosda tayyorlangan shamcha tarkibiga dori moddasi asos tarkibidagi suvda eritib kiritildi. Qoliplar muzlatgichda saqlandi, quyishdan oldin qoliplar kerakli suyuqliklar bilan moylandi. Ketomed shamchasining sifat ko‘rsatkichlari baholandi. Bunda tashqi ko‘rinishi, chinligi, erish vaqti, deformatsiya vaqti, bir xilligi, o‘rtacha massasi o‘rganildi va ular ijobiy natijalarni namoyon etdilar: ketomed asosida tayyorlangan shamchalar och sarg‘ish-yashil rangli, bir tekis, havo pufakchalari bo‘lmagan ko‘rinishga ega bo‘ldi. CHinligi qoniqarli, gidrofob asosda tayyorlangan shamchada o‘rtacha massadan

og‘ishi 2,33%, to‘liq deformatsiya vaqti 7-8 daqiqa, gidrofil asosda tayyorlangan shamchada o‘rtacha massadan og‘ishi 4,66%


erish vaqti 28 daqiqani tashkil etdi.
Hisobot yilida dori turlari texnologiyasi kafedrasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan 2015-2017 yillar uchun e’lon qilingan ilmiy-amaliy va
innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etdilar va ADSS 15.28.3 sonli “Mahalliy xomashyolardan yallig‘lanishga, allergiyaga, diabetga qarshi va regenerativ xususiyatga ega applikatsion fitodermatologik dori turlari texnologiyasini ishlab chiqish va farmakologiyasini o‘rganish” (ilmiy rahbar f.f.d., prof. Nazarova Z.A.) amaliy loyihada ishtirok etdilar (2015 yil uchun umumiy mablag‘ 90,725 mln. so‘mni tashkil etdi).
SHuningdek, kafedra dotsenti N.S. Fayzullaeva IZ-2014-0915121104 “Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan gipolipidemik vosita piratsin dori shaklini ishlab chiqish va standartlash” innovatsion loyihada ishtirok etdi (ilmiy rahbar k.f.d., prof. SHabilalov A.A., 2015 yil uchun umumiy mablag‘ 49,496 mln. so‘mni tashkil etdi).
Kafedra dotsenti SH.F.Iskandarova FDSS 15.28.2 sonli “O‘zbekistonla etishtirilayotgan tikonli artishok xomashyosi asosida gepatoprotektor o‘t haydovchi yangi dori preparatlari texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash” amaliy loyihada ishtirok etdi (ilmiy rahbar b.f.d. R.T.Tulyaganov).
YUqorida keltirilgan grant loyihalar bo‘yicha barcha 2015 yilga rejalashtirilgan ilmiy izlanishlar muddatidan oldin ijobiy yakunlandi.
2015 yilida quyidagi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi:

  1. FS 42 Uz-1336-2015. Maydagulli tog‘rayxon suyuq ekstrakti.

  2. “Bionambur” ozuqaga biologik faol qo‘shimcha uchun tashkilot standarti va texnik yo‘riqnoma. Ts 23937838-08:2015.

Hisobot yilida quyidagi patentlar olindi:



  1. JAP 20130203 Vitiligoni davolash uchun surtma (25.05.2013 y. mualliflar Xodjaeva I.A., Nazarova Z.A. va b.) ixtiro patentini olishdi.

  2. “Farmatsevticheskaya protivovospalitelnaya kompozitsiya” (mualliflar Karieva YO.S., Maksudova F. va b.) patent olishga

talabnoma topshirildi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining har xil tishli rodiola ildizidan quruq ekstrakt olish texnologiyasini dastlabki ekspertizadan o‘tganligi to‘g‘risida qaror (talabnoma IAP 20140567).

Bugungi kunda DTT kafedrasida 2 ta katta ilmiy xodim izlanuvchi va 2 ta mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish yuritmoqdalar:

  1. SHaripova I.SH. "O‘simlik ajratmalari asosida yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi dori vositalarini ishlab chiqish” (ilmiy

rahbar f.f.d., prof..Maxmudjonova K.S.);

  1. Xodjaeva I.A. “3-d-metallar biokompleksi asosoida dori preparatlarning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish” (ilmiy rahbar f.f.d., prof. Nazarova Z.A.);

  2. Maksudova F.X. “Sovershenstvovanie sostavov i texnologiy lekarstvennыx preparatov diklofenaka natriya, otsenka ix

biofarmatsevticheskix pokazateley” (ilmiy rahbar f.f.d., dots. Karieva YO.S.).

  1. Iskandarova SH.F. “O‘simliklar xom ashyosi asosida biologik faol qo‘shimchalarning tarkibi, texnologiyasi va sifat

me’yorlarini ishlab chiqish” (ilmiy rahbar f.f.d., prof. YUnusxo‘jaev A.N.) – 2015 yil 28 dekbrda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Bugungi kunda kafedrada 12 ta xodim faoliyat ko‘rsatmoqda (ulardan 9 nafari asosiy stavkada): 2 ta fan doktori, 8 ta fan


nomzodi, ilmiy salohiyat – 83,3%.
Toshkent farmatsevtika institutining “Mahalliy xom ashyolar asosida dorivor preparatlar yaratish va ularning biofarmatsiyasini o‘rganish» ustivor yo‘nalishiga asoslanib 2016 yilda quyidagi ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirdik:
YUmshoq dori turlari - surtma, gel va shamchalar texnologiyasini yaratish borasida
Kalendula nastoykasi asosida yallig‘lanishga qarshi gel texnologiyasini ishlab chiqish;
YAllig‘lanishga qarshi mahalliy o‘simliklar asosida tayorlangan gelning sifatini baxolash. Kirqbo‘g‘im, ittikanak, chayanut maxalliy o‘simliklarning quruq ekstrakti asosida tayorlangan gel dori shaklini sifatini baholashda texnologik va fizik-kimyoviy usullar qo‘llaniladi.
Mahalliy xomashyolar asosida virusga qarshi dori vositalari texnologiyasini ishlab chiqish. 2016 yilda Gossipol hosilalari
asosida sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan kollagen asosli gidrogellar turg‘unligi va biosamaradorligini ishlab chiqish;
Ishqor eritmasi asosida surtma texnologiyasini ishlab chiqish;
Aloe o‘simligi asosida dorivor kosmetik vositalar texnologiyasini -ishlab chiqish. 2016 yilda aloe ekstraktidan krem texnologiyasini ishlab chiqish va sifatini baholash;
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi moddalar asosida applikatsion dori turlari texnologiyasini yaratish. 2016 yilda ibuprofen
moddasidan liposomal surtma dori shaklini olish va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Oziqlantiruvchi kosmetik vosita texnologiyasini ishlab chiqish.
Qattiq va suyuq dori turlari - quruq ekstrakt, gel, poroshok, dorivor polimer parda texnologiyasini yaratish borasida




  • Propolis nastoykasi asosida dermatologik polimer dorivor pardalar fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini aniqlash, chinlik va

miqdoriy tahlil usullarini ishlab chiqish va biofaolligini o‘rganish;

  • Veterinariya amaliyotida ishlatish uchun mo‘ljallangan himoyalangan kolloid preparatlar texnologiyasini takomillashtirish. 2016 yilda turg‘unlashtirilgan protargol preparati texnologiyasini takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rganish.

  • Mahalliy dorivor o‘simliklar asosida suyuq ekstrakt texnologiyasini ishlab chiqish. Grek yong‘og‘i bargi va yantoq ildizidan

suyuq ekstraktini olish texnologiyasini ishlab chiqish va farmakologiyasini o‘rganish.
Rejalashtirilgan ilmiy ishlar bo‘yicha qon to‘xtatuvchi sifatida xalq tabobatida keng ishlatiladigan tog‘ qunduzi er ustki qismidan quruq ekstrakt olish va u asosida tabletka dori shaklini yaratish, olingan tabletkani DF XI bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini tekshirish; propolis nastoykasidan polimer pardalarni hosil qiluvchi massada tanlangan polimerning mo‘tadil konsentratsiyasini
asoslash, plastifikator turi va miqdorini asoslash va dermatologik pardalarni hosil qilish mo‘‘tadil texnologik jarayonini ishlab chiqish; topinambur tugunagidan poroshok olish texnologiyasini o‘rganish va tarkibidagi biofaol moddalarga quritish haroratining ta’sirini o‘rganish hamda texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash; ibuprofen moddasidan sirtga qo‘llash uchun liposomal suspenziya olish va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Barcha ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha ilmiy maqola va tezislar chop etilishi rejalashtirilgan.
Download 240,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish