Mahalliy byudjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlari, ular barqarorligini ta’minlash masalalari



Download 41,5 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi41,5 Kb.
#676170
Bog'liq
Mahalliy byudjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlari


Mahalliy byudjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlari, ular barqarorligini ta’minlash masalalari
Kirish.
О‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ustuvor yо‘nalishlarda barqaror о‘sish sur’atlarini ta’minlash, investitsiyalarni yanada kо‘proq jalb etish, mamlakat barcha hududlarini jadal rivojlantirish, bunda alohida e’tibor rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, birinchi navbatda sanoat va eksport salohiyatini oshirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tafovutni kamaytirish, moliyaviy ko’makka muhtoj tuman va shaharlarni qisqartirish, mahalliy byudjet daromad bazasini kengaytirishdan iboratdir. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha haraktlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonining uchinchi ustuvor yo’nalishi “iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustruvor yo’nalishlari” deb nomlanib, mazkur yo’nalishning 3.5-bandi “viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish”1ga mo’ljallangan chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiyotning yuksalishi va rivojlanishi moliya tizimining rivojlanish darajasiga, shu jumladan, davlat moliyasining rivojlanish va boshqarilish darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Davlat byudjetining optimal tuzilishi va uning samarali ijro etilishi, xо‘jalik subyektlarining moliyaviy – xо‘jalik faoliyatiga ta’sir etish orqali mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga olib keladi.
Ma’lumki, davlat byudjetining asosiy bо‘g‘ini mahalliy byudjetlar hisoblanadi. Mahalliy byudjet tomonidan deyarli barcha ishlab chiqarish sohalari moliyalashtiriladi. Ana shu moliyalashtiriladigan korxonalarning daromad va xarajatlarini tasdiqlash va o’zgartirish huquqi shu hududlardagi mahalliy hokimiyatlarga berilgan. О‘z daromadiga ega bо‘lmagan va byudjet tomonidan moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlar byudjet tashkilotlari deb yuritiladi. Ularning xarajatlari maxsus smetalar asosida aniqlanadi. Bundan tashqari, xо‘jalik hisobida ishlaydigan, lekin daromadlari o’zlarining xarajatlarini qoplamaydigan bir qator korxonalar, ya’ni madaniyat va sa’nat, jismoniy tarbiya va sport, kommunal xо‘jaliklarning bir qismi davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi. Aholi uchun qilingan asosiy xarajatlar mahalliy byudjetlar orqali o’tadi. Mahalliy byudjetlar О‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining asosiy qismi sifatida о‘zida 14 ta mustaqil byudjetni mujassamlashtiradi. Mahalliy byudjetlarning o’z daromadi shaharlarda 30-40%, qishloqlarda 10-20%, ajratma daromadlar esa qolgan qismini tashkil etadi. Mahalliy byudjetlarning daromadi qancha ko’paysa, uning imkoniyati shuncha barqarorlashadi. Yaqin yillardan beri mahalliy byudjetlarga e’tibor sezilarli ravishda kuchaymoqda. Ularni qo’llab-quvvatlashga harakat qilinmoqda. Ammo, shu bilan birga mahalliy byudjetlarda uchrab turadigan muammolar ko’p, ularni o’rganish esa buguni kun talabidir. Mahalliy byudjetlar orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab boriladi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarining shakllanishi borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday ta’kidlagan edi: “mahalliy byudjetlar daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo’l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlanitrish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash asosiy maqsadimizdir”2. Yuqorida qayd etilgan holatlar tanlangan mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.

1О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha haraktlar strategiyasi to’g’risida”gi 4947-sonli Farmoni 2017yil 7 fevral

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabridagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini ta’minlash bo’yicha soliq va moliya organlar javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmonidan

Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish