Mahalliy byudjetlar moliyaviy barorligini ta’minlash yo‘llari



Download 249,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.07.2022
Hajmi249,95 Kb.
#730885
1   2   3
Bog'liq
2457-Article Text-5040-1-10-20220129

Keywords:
financial adequacy of local budgets, socio-economic significance of 
local budgets, formation of financial resources of local budgets, formation of financial 
resources of local budgets, main directions of local budget expenditures, foreign 
experience of local budgets, efficiency of local budget formation. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1123


Mahalliy byudjetlar tizimi butun mamlakat miqyosida keng ko‘lamli ijtimoiy 
tadbirlarni amalga oshiruvchi davlatning moliyaviy dastagi hisoblanadi. Mahalliy 
byudjetlar orqali hududlarning daromadlari tarmoqlararo, hududlararo hamda ijtimoiy 
qatlamlararo qayta taqsimlanadi. Mazkur taqsimotning oqilona tashkil etilishi, 
samarali faoliyati qat’iy byudjet intizomiga rioya etilishiga bog‘liqdir. 
Mahalliy byudjetlar umumdavlat miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini 
amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning 
faoliyat ko‘rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo‘lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o‘ynaydi. Mahalliy byudjetlar tizimi 
mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq, qondirishni hamda davlatning markazlashgan 
tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog‘langan 
holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Respublika va mahalliy byudjetlari o‘rtasidagi 
munosabatlarni, bog‘liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy 
rivojlantirish, ular o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham 
berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi 
manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud 
soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan 
bo‘lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu sababli mahalliy 
byudjetlar moliyaviy barorligini ta’minlash, samarali shakllantirish masalalarini 
o‘rganish va tahlil qilish zarurdir.
Mahalliy byudjetlar tarkibida byudjet dotatsiyasi va subventsiyalari ulushini 
kamaytirishda mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha 
ekanligini ularning moliyaviy ta’minlanish ko‘rsatkichlarida ko‘rishimiz mumkin. 
Shunga muvofiq ravishda hududlar miqyosida daromadlarning soliq bazasi va 
xarajatlarning umumiy miqdori ham farq qiladi. Ayni chog‘da, mamlakatning o‘z 
byudjetini shakllantirish huquqiga ega har bir ma’muriy hududi, daromadlar bazasi 
hajmidan qat’iy nazar, o‘sha hududda yashovchi aholini davlat tomonidan 
kafolatlangan muayyan ijtimoiy-madaniy xizmatlar bilan ta’minlashi shart. 
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy moliya tizimi hamda 
mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash va byudjet siyosatini to‘g‘ri tashkil etish 
nechog‘li zarurligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Diyorimizda tub islohotlar yanada 
chuqurlashayotgan hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani 
kabi moliya va byudjet sohasida ham chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish davr 
talabidir. 
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari tobora rivojlanayotgan bir paytda davlat 
doimiy vazifalarini bajarishi uchun markazlashgan moliyaviy mablag‘larga ega 
bo‘lishi zaruriyati yanada kuchayadi. Ayniqsa, O‘zbekiston demokratik fuqarolik 
jamiyati qurishni va bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar qatoriga kirishni o‘z oldiga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1124


vazifa qilib qo‘ygan vaziyatda markazlashgan pul fondlarini shakllantirish beqiyos 
o‘rin tutadi. Mahalliy davlat boshqaruv organlari demokratik davlat tuzilishining 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular zimmalaridagi vazifalarini bajarishlari uchun 
muayyan mulkka va moliya-byudjet huquqiga ega bo‘lishlari shart. Mahalliy 
hokimiyat idoralari, hokimlar, xalq deputatlari kengashlari o‘z vakolatlari doirasida 
hududlarning moliya faoliyatini amalga oshiradilar. 
Bizning fikrimizcha, mahalliy byudjet mamlakat milliy xo‘jaligini moliyaviy 
jihatdan tartibga solish, byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan 
moliyalashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishda dolzarb vazifani bajaradi. 
Qonunchiligimizda ta’kidlanishicha, mahalliy byudjet davlat byudjetining 
tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi 
bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya 
yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va 
miqdori nazarda tutiladi. 
Mahalliy byudjetlar hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining 
birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Shu bilan bir qatorda, ular mahalliy organlarni o‘z 
oldilarida turgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni amalga oshirishlari uchun 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlab turadi. 
Hududiy boshqaruv organlari faoliyatining asosiy moliyaviy negizini mahalliy 
byudjetlar tashkil etadi. Zimmalaridagi vazifalar muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p 
jihatdan ularning moliyaviy mablag‘larga egaligiga bog‘liq. Hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi mahalliy byudjetlar orqali moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab 
boriladi. 
Demak, mahalliy byudjet daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirish 
respublika va uning hududlari rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjet 
davlat byudjeti iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy qismi sirasiga kiradi. Iqtisodiy 
ma’noda u hududiy boshqaruv organlari o‘z vazifa va funktsiyalarini ado etishlarini 
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davlatning markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidir. 
Huquqiy nuqtai nazardan esa, mahalliy byudjet mahalliy boshqaruv organlarining 
vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari 
jamg‘armasini tashkil etish va sarflashning qonunan belgilangan shaklidir. Byudjet 
huquqiy akt maqomiga ega bo‘lib, vakolatli hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadi 
va qonuniy kuchga ega bo‘ladi. 
Fikrlarimizni umumlashtirib, mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari 
rejasi, uning ijrosi hamda byudjetlararo munosabatlar bugungi kunda hududlarimizda 
mavjud muammolarning bosh sababi desak, xato bo‘lmaydi. Umuman olganda, 
byudjetlararo munosabatlar mamlakatimizning respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent 
shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek, davlat 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1125


maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi byudjet kodeksi bilan tegishli 
byudjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli 
byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir. 
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida yagona iqtisodiy hududni yaratish, 
yagona eng kam ijtimoiy xizmat standartlarini moliyaviy ta’minlash, fuqarolarga teng 
ijtimoiy himoya va ijtimoiy huquqlar kafolatlanishini, ya’ni mamlakatning barcha 
hududlarida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratilishini 
ta’minlash byudjetlararo munosabatlarning asosiy maqsadlaridir. 
Yurtimizda byudjetlararo munosabatlar doirasida davlat byudjetini shakllantirish, 
ko‘rib chiqish, tasdiqlash hamda ijro etish jarayonida davlat va mahalliy hokimiyat 
organlari o‘rtasida hokimiyat organlarining byudjet vakolatlari, huquqlari, 
majburiyatlari va mas’uliyatlari bo‘yicha munosabatlari tartibga solinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar daromadlar va xarajatlar bo‘yicha 
muvozanatlashgan (balanslashgan) bo‘lishi shart. Rejali xarajatlarning uning 
daromadlaridan ortishi (defitsit) faqat respublika byudjeti parametrlarida ko‘zda 
tutilishi mumkin. 
Mahalliy byudjetlarning iqtisodiy faoliyat yuritishlari o‘z daromad manbalari 
mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular o‘z hududlarida turli yo‘nalishdagi vazifalarni 
bajarishlari uchun yetarli miqdorda moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishlari zarur. 
Qilingan xulosalar asosida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, byudjet 
mustaqilligiga erishish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga yechim topish maqsadida 
quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin: 
Birinchidan, mahalliy byudjet doirasida mahalliy soliq va yig‘imlarni to‘liq 
shaklda va ushbu ko‘rsatkichlarni keyingi yillarda ham o‘zgarishsiz qoldirish, ya’ni 
yuqori byudjet belgilagan shartlar asosida o‘zaro taqsimlamaslik. 
Amalda yirik soliq tushumlarining tuman mahalliy byudjetidagi ulushi yuqori 
byudjetdan belgilanadi. Bunda mahalliy byudjetga keyingi yillardagi tushumlarni 
belgilash imkoni bo‘lmaydi. Chunki bu ko‘rsatkich vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi 
mumkin. Masalan, tumanda ishlab chiqarish korxonalari va ishlab chiqarish hajmi 
ko‘payib, ular to‘lagan soliqlar salmog‘i ham ortsa, kelasi yilda ajratma soliq bazasi 
kengaygani hisobiga kamaytiriladi. Bunday vaziyatda tuman iqtisodiy o‘sishga 
erisholmaydi. 
Ikkinchidan, ma’lum bir soliq to‘lovchining muayyan solig‘ini emas, balki barcha 
soliqlarini tuman ixtiyorida qoldirish. 
Amalda ishlab chiqarish korxonasi to‘lagan soliqlarning ayrimlari tuman mahalliy 
byudjetiga, ayrimlari yuqori byudjetga tushadi. Bu kelgusida tumanning iqtisodiy 
ahvolini yaxshilab, mahalliy byudjetga tushumlarni ko‘paytirishga qaratilgan chora-
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1126


tadbirlarni belgilash, shuningdek, moliyaviy yechimini kutayotgan xarajatlarni 
moliyalashtirish uchun zamin yaratadi. 
Uchinchidan, soliqlar va yig‘imlar tushumini tuman, shahar va respublika 
o‘rtasida taqsimlaganda soliq turiga emas, soliq to‘lovchisiga qarab bo‘lish. 
Amalda bir korxona tomonidan to‘lanadigan soliq to‘lovi tushumi tuman, shahar 
(viloyat) va respublika o‘rtasida taqsimlanadi. Bu ishlar tuman soliq inspektsiyalari 
tomonidan amalga oshiriladi. Oqibatda barcha soliq to‘lovlari to‘liq to‘lanishini 
nazoratga olishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Agar umum tartibdagi yirik soliq 
to‘lovchilar respublika byudjetiga to‘liq qamrab olinsa, foydadan xoli bo‘lmasdi. 
Chunki ularning yuridik manzillari bir joyda, ishlab chiqarish korxonalari esa turli 
hududlarda bo‘ladi. 
To‘rtinchidan, xarajatlarni amalga oshirishda barcha hududlarni yoppasiga yuqori 
byudjetdan beriladigan maqsadli transfertlarga bog‘lamaslik. 
Beshinchidan, har yilgi mahalliy byudjet parametrlarini tumandagi real 
ehtiyojdan kelib chiqib, samarali yo‘nalishlarga tuman xalq deputatlari tomonidan 
tasdiqlash. Ya’ni “pastdan tepaga” tamoyili asosida ish tutish darkor. Bugungi kunda 
“tepadan pastga” tamoyili ustunlik qilmoqdada. 
Amalda mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlash asnosi yuqori byudjetdan 
mahalliy byudjet daromadlarini belgilashda soliqlar va yig‘imlarning umumiy ulushi 
va xarajatlarning sohalar kesimidagi reja ko‘rsatkichlari aniq belgilab beriladi va 
tasdiqlangan bu ma’lumotlar tuman xalq deputatlari kengashi tomonidan mahalliy 
byudjet parametrlarini tasdiqlashda shundoq ko‘chiriladi, xolos. Aslida-chi?.. 
Tumandagi real holatni hokim, deputatlar va mutasaddi rahbarlar yaxshi bilishadi. 
Shundan kelib chiqib, mahalliy byudjet parametrlarining daromad va xarajat 
yo‘nalishlarini ularning o‘zlari belgilashsa, yillar osha ko‘pchilikni qiynab kelayotgan 
muammolar barham topardi. 
Oltinchidan, tuman hokimlariga byudjet tashkilotlarini saqlash xarajatlaridan 
tashqari, kommunal xizmatlar va infratuzilmani yaxshilash uchun mablag‘ 
rejalashtirishga ruxsat berish. 
Amalda tumanda qaysidir kommunal sohada uzilishlar va talafotlar yuz bersa, ular 
bilan tegishli bo‘limlar shug‘ullanishga harakat qilishadi. Ammo masalaning to‘la-
to‘kis yechimi yuqori tashkilotga bog‘liq. Sababi – texnika kerakmi, xomashyo 
kerakmi, unga murojaat qilish, bersa-ku, xo‘p-xo‘p, bermasa, kutish lozim. Bu aholida 
haqli e’tirozlar tug‘ilishiga va tabiiy ne’matlar isrofgarchiligiga olib keladi. 
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun mablag‘lar yetishmasligi 
sababli kommunal sohada tez-tez avariyalar ro‘y berib turadi. Demak, ushbu soha 
bo‘limlarini to‘liq tuman hokimiga bo‘ysindirib, moliyaviy mablag‘lar boshqaruvini 
tuman xalq deputatlar kengashi zimmasiga yuklash ayni yo‘nalishdagi xato-
kamchiliklarni tuzatishda qo‘l keladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1127


Aminmizki, biz bergan taklif va tavsiyalar O‘zbekistonda mahalliy byudjetlarning 
faoliyatini yaxshilash va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga hizmat qiladi. 

Download 249,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish