Mahalliy byudjet daromadlari mahalliy va umumdavlat soliqlari hisobiga shakllanadi



Download 72 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi72 Kb.
#719677
Bog'liq
mahalliy byudjetlar eee


KIRISH

Mahalliy byudjet daromadlari mahalliy va umumdavlat soliqlari hisobiga shakllanadi. Umumdavlat soliqlarining mahalliy byudjetlarga ajratiladigan qismi har yili qabul qilinadigan qonun va me'yorlar asosida amalga oshiriladi.


Mahalliy soliqlar va soliqsiz daromadlar mahalliy byudjet xarajatlarini qoplash uchun etarli emas, mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismini boshqariladigan daromadlar hisobiga ta'minlanadi. Bu soliqlar bo'yicha ajratiladigan me'yorlar soliqlar va hududlar bo'yicha tabaqalashtirilgan bo'ladi va har yili hukumat qarori asosida qayta ko'rib chiqiladi. O'zbekistonda bu me'yorlarning yildan-yilga oshib borishini kuzatishimiz mumkin. Buni mahalliy byudjet xarajatlarini shu hududdan tushadigan soliqlar hisobiga qoplash va yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga transfertlar


hajmini kamaytirish zaruriyati bilan izohlashimiz mumkin. Chunki, soliq bazasining yuqoriligi me'yorlarni past belgilashga sabab bo'ladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlarini muctahkamlash borasida mahalliy hukumatning soliq undirish va soliq bazalarini kengaytirishga bo'lgan qiziqishlarini rag'batlantirishni oshirish, ya'ni ortiqcha undirilgan soliqlarning mahalliy byudjetlarga tushadigan qismini oshirishni yo'lga qo'yish yaxshi samara beradi.


ASOSIY QISM


Mahalliy byudjetlarning daromadlarini mustahkamlash hozirgi byudjet islohatlarining asosiy yo'nalishi hisoblanmoqda. Bu borada mulkni, erni va tabiiy resurslarni soliqqa tortish asosiy rol o'ynaydi. Keyingi samarali manba bo'lib, jismoniy shaxslar daromad soliqlarini uzoq muddatga mahalliy byudjetlarga biriktirib qo'yish hisoblanadi.


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini markazlashtirishni cheklash hamda bu boradagi vazifalarning bir qismini respublikadan viloyat, tuman darajasiga o'tkazishga asosiy e'tibor qaratilmoqda, buning natijasida ko'pgina vakolatlar mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlariga navbatma-navbat o'tkazilib borilmoqda. O'tgan davrda bu sohada ko'p ishlar amalga oshirildi, biroq sohada kelgusida hal etilishi zarur bo'lgan ko'plab masalalar mavjud. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas'uliyatini qayta ko'rib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim"1 degan fikrlari so'zimizni tasdiqlaydi.


Mustaqillik davrida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish institutining respublikamizga xos bo'lgan noyob shakli bo'lgan mahallalarga bir qancha moliyaviy vakolatlarning berilishi, jumladan bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar yoki moddiy yordamlarning mahallalar tomonidan tayinlanishi ijtimoiy nafaqalar manzilliligini ta'minlash imkonini bermoqda. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotganligi mazkur soha rivojida muhim o'rin egallamoqda, lekin shu bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan "hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning mablag'lari yetarli emasligi2" qattiq tanqid qilindi.


Amalga oshirilayotgan bunday islohotlar markazlashgan byudjetdan amalga oshiriladigan xarajatlarning bir qismini quyi byudjetdan amalga oshirilishini obyektiv zaruriyat qilib qo'ymoqda, chunki mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari vakolatlarining kengayishi ular xarajatlarini oshishiga olib kelmoqdaki, bu o'z


1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi "2019-yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to'g'risida"gi Parlamentga Murojaatnomasidan


2 Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Toshkent. "O'zbekiston", 2017 y. 576. 31-bet.


navbatida mahalliy byudjet daromad manbalarini oshirishni davr talabi darajasiga chiqarmoqda.


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, hududlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirilishi byudjet tizimi, jumladan mahalliy byudjetlar ahamiyatini yanada oshiradi. Mahalliy byudjetlar umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag'larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko'rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo'lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o'ynaydi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish bo'yicha tadbirlarning samarasi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligiga bog'liqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar, belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, bozorlardan tushadigan daromadlar hamda boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o'tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar mahalliy byudjetlarining daromadlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliq, O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o'simlik yog'i uchun aksiz solig'i mahalliy byudjetlar daromadlariga o'tkazib beriladi.


O'z navbatida Respublika va mahalliy byudjetlar o'rtasidagi munosabatlarni, ularning o'zaro bog'liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz hududlarni iqtisodiy rivojlantirish ular o'rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Zero, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan "Harakatlar strategiyasi"da ham xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta'minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish3 masalasi mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.


Shunga ko'ra, qayd etilgan masalalar bo'yicha tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta'minlovchi mahalliy byudjetlarning daromad manbaini kengaytirish bo'yicha 2017 yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturlari tayyorlanishi va ular asosida mintaqalarning ishlab chiqarish salohiyati kengaytirilishi, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish va alohida viloyatlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish bo'yicha 2017 - 2021 yillarga mo'ljallangan dasturlar


32017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni 1-ilova

WWW.OPENSCIENCE.UZ 1064 | M^^WI


byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, shaharlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish, fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanishi rejalashtirilgan. Zero, prezidentimiz bu borada "har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar hissasini e'tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subvensiyadan chiqarishni so'zsiz ta'minlash kerak. Bu yil boshqa hokimliklar va tegishli organlar uchun ham subvensiyadan qutilish masalasida sinov yili bo'ladi4"-deya ta'kidlab o'tganlar.


Yuqoridagi mazkur holatlar mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlashning oqilona yo'llarini izlab topishni taqoza etadi. Bu borada mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliqqa tortiladigan bazani kengashtirish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish lozim bo'ladi. Bugungi kunda mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash, tushumlar miqdorini yanada oshirishga salbiy ta'sir qiluvchi ayrim muammoli masalalar ham mavjudki, ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin bo'ladi:


Birinchidan, hududlarda aholi tomonidan yerlardan noqonuniy (tegishli hujjatlarsiz), o'zboshimchalik bilan foydalanish, o'ziga tegishli bo'lmagan yerlarni qo'shib olish, yerlardan me'yordan ortiq foydalanish, yangi qurilgan turar va noturar joylarni o'z vaqtida davlat kadastri ro'yxatidan o'tkazmaslik, ularni baholatmaslik, tegishli tartibda davlat ro'yxatidan o'tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish, yollanma ishchilardan hujjatsiz foydalanish kabi holatlar mahalliy byudjetga soliq to'lovchilar soni, ular tomonidan to'lanadigan mahalliy soliqlarning miqdori va soliqqa tortiladigan ba'zasinining kengayishiga teskari ta'sir qiladi.


Ikkinchidan, joylarda dehqon va mol bozorlarida bo'sh savdo o'rinlaridan oqilona foydalanilmaslik, bozor ma'muriyati tomonidan sotuvchi va xaridorlarga ko'rsatiladigan pullik xizmatlarning yetarli darajada emasligi, mavjud imkoniyatlar (tarozi, arava va b. ijarga berish)dan to'laqonli foydalanmaslik mahalliy byudjetlarning bozorlardan tushadigan daromadlari miqdoriga ta'sir qilmoqda.


Uchinchidan, har bir hududda mavjud tabiiy, mineral-xomashyo resurslar oqilona foydalanilmaslik hamda ular negizida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga bo'lgan targ'ibot tadbirlarining sustligi, aholining mavjud tomorqalaridan samarali foydalanish, uning negizida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanish bo'yicha


40'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 14 yanvar kuni mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. T.: Xalq so'zi. 2017 yil 16 yanvar.


yetarli bilim, ko'nikma va malakalarga ega emasligi hamda ushbu faoliyatlarni amalga oshirish jarayonida zarur bo'lgan xizmatlarni ko'rsatuvchi infratuzilma ob'ektlarining hududlarda yetarli darajada emasligi, hududlarning investitsiya salohiyati hamda investitsiya kiritish lozim bo'lgan sohalar bo'yicha investorlarning to'laqonli ma'lumotga ega emasligi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mavjud salohiyatdan samarali va optimal foydalana olmaslik mahalliy byudjetlarni subvensiyalanishini kamaytirishga, shuningdek daromadlarini oshirishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.


Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.

Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.


Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang Davlat byudjeti). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.


Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi.


Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, harajatlarni moliyalashtirish masalalari OʻzRning 2000-yil 14 dek.da kabul qilingan "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.


2019-yil 4-noyabr kuni Qonunchilik palatasida «2020 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamasi boʻyicha seminar oʻtkazildi.


Eslatib oʻtamiz, 2020 yildan boshlab Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari aхborotlar batafsil bayon etilgan holda ilgʻor хalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi (22.08.2018 yildagi PQ-3917-son qarorga qarang).
Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun davlat boshqaruvi sektorining barcha darajalarining byudjet borasidagi mas’uliyatini oshiradi, shuningdek byudjet ijrosi intizomini yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, Davlat byudjetining soliq turlari boʻyicha хarajatlarini sohalar kesimida Oliy Majlis va хalq deputatlar mahalliy Kengashlari tomonidan qayta-qayta tasdiqlanishiga barham beriladi.
Bu mahalliy hokimliklar vakolatlarining kengayishiga olib keladi. Ilgari mahalliy hokimliklar oʻz byudjetini respublikadan yetkazilgan raqamlar asosida tasdiqlab qoʻyar edi, ular biror raqamni oʻzgartirish vakolatiga ega emas edi. Bir soʻz bilan aytganda, Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan byudjetni tasdiqlash tartib-taomili formal ma’noga ega edi. Qonun loyihasi doirasida boshqacha tartib-taomillar nazarda tutilgan.
Loyihada mahalliy hokimliklar mahalliy byudjetlarning daromadlarini soliq turlari boʻyicha hamda хarajatlarini byudjet tashkilotlari kesimida oʻzlari belgilashi qayd etilgan. Shu tariqa, mahalliy Kengashlarning byudjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi ta’minlanadi. Vazirlik va idoralarning byudjetlari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi ularga ajratilgan byudjet mablagʻlarining natijadorligini ta’minlashga хizmat qiladi.

Qonunda nazarda tutilgan oʻzgarishlar mahalliy hokimiyat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish orqali soliqqa tortish bazasini kengaytirishga va byudjetga tushadigan tushumlarning koʻpaytirishga boʻlgan qiziqishlarini oshiradi. Qarz mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha chegaralarning oʻrnatilishi ushbu mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshiradi hamda Davlat byudjetining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.


XULOSA

Bizning fikrimizcha, mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini aniqlash va uning mohiyatini hisobga olish bo'yicha yuqoridagi yondashuvlarning barchasi bitta umumiy afzalliklarga ega barcha mualliflar mahalliy byudjetni mahalliy hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalar to'plami va ularni qondirish uchun ularning ixtiyoridagi mablag'lar to'plami deb hisoblashadi. O'ylaymizki, bu takliflar O'zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish, takomillashtirishda muhim yechim bo'la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari // «Студенческий вестник»: научный журнал. - № 20(165). Часть 14. Москва, Изд. «Интернаука», 2021. - с. 74-76


2. ^обулов Х.А. Худуд соли; салохдятини бахрлашнинг фундаментал масалалари // "Science and Education" Scientific Journal. December 2021 / Volume 2 Issue 12, 914-926-6.


3. Khotamjon Kobulov, Sherzod Jalilov, Sherali Sultanov, Nodira Soatova. Modeling the processes of forming a strategy for the revenue potential of local budgets // Journal of Advanced Research in Dynamic and Control Systems. VOLUME 12, ISSUE 6. 2020. DOI: 10.5373 / JARDCS / V12I6 / S20201161. Pages: 1210-1216


4. Tokhir Malikov, Sherzod Jalilov, Khotamjon Kobulov, Sherali Sultonov. Methodological approaches to assessing and forecasting the tax potential of the region // Turkish Journal of Computer and Mathematics Education Vol.12 No.11 (2021), May 2021, p. 7056-7060


5. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari // «Интернаука»: научный журнал - № 20(196). Часть 7. Москва, изд. «Интернаука», 2021. - с. 58-60


6. SHERNAEV A.A. PRINCIPLES AND METHODS OF ORGANIZATION OF THE INTERNAL TAX CONTROL SYSTEM IN JOINT STOCK COMPANY // International Journal of Economics, Business and Management Studies - ISSN:2347-


4378 SJIF Impact Factor(2021) :7.473, Journal DOI: 10.36713/epra1013 (Volume: 8, Issue: 4, April 2021), Pages: 43-53.


7. SHERNAEV A.A. TAX ANALYSIS IN MICROLEVEL TAX PLANNING // ELECTRONIC JOURNAL OF ACTUAL PROBLEMS OF MODERN SCIENCE, EDUCATION AND TRAINING. FEBRUARY, 2021 -IV. ISSN 2181-9750, 75-82-p.


8. SHERNAEV A.A. ON THE ISSUE OF THE EFFICIENCY OF TAXATION OF JOINT STOCK COMPANIES // «ЭКОНОМИКА И БИЗНЕС: теория и практика». Международный ежемесячный научный журнал - №9-2 (67). Москва, изд. ООО «Капитал», 2020. - с. 149-152.






Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish