MAHALLANING “SHAYXI”
Qachondir uning ismi bo’lsa bo’lgandir. Biroq mahallada heshkim uning otini bilmaydi. Hamma SHayx deb chaqiradi. Aytishlaricha ,urush paytida bir beva xotin besh-olti yoshlardagi bolasi bilan shu yerga kelib qolgan. Insofli odamlar bevaga choyhona yonboshidagi pastak hujrani ajratib berishgan.Bola baribur bola-da.Baharda hujraning tomiga chiqib varrak uchirayotgan ekan,varrak havolagan sayn qiziqib ketib ipni torta-torta tisarilib boribdi-yu, tomdan chalqanchasiga yiqilib tushibdi Sho’rlik onaning dod-faryodiga choyxo’rlar yopirilib chiqishsa, bolaning boshi yorilib ,qonga belandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |