MENING MAHALLAM ABDUSATTOROV MUHAMMADDIYOR MMT 80i
Mahalla. Mana shu birgina so'z zaminida butun olam yaxshiliklari, urf-odat va an'analari, qaynoq tafti mujassam. Mahallam men uchun mehri beminnat onam kabidir.
Onam har tong boshim silab uyg'otib, yaxshiliklarga undasa, mahallam ulug'-ulug' maqsadlar sari qo'limdan tutib, hamdam bo'ladi. Onaizorim oq yuvib, oq taragan bo'lsa mahallam mana shu oqlikni yuragimga ko'chirgan.
Boisi, kindik qonim to'kilgan bu zaminim oq niyatlarni ko'nglimga tugishni o'rgatgan.Birovning xaqqi xech qachon birovniki bo'lmasligini, xalqimizdagi sabru-qanoat tushunchalarining qanchalik qon-qonimizga singib ketganligini ko'nglimga qadagan.
Azaldan Vatanni ulug'lab, uning uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz bizga yurtni sevishni, uni ardoqlashni o'rgatib kelishgan.
Vatanim men uchun barcha ezgu ishlarga undovchi ostonam bo'lsa, mahallam qo'llaguvchi hamdamimdir.
Vatanim – onam..... Shu Vatan ichra vatanim deya ulug'laganim esa mening mahallamdir.
Shuning uchun ham Vatan ona so'zi bilan doim birga qo'llanadi.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridyek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Konstituцiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o'rni va maqomi byelgilab qo'yilgan. Bu maqom hali – haligacha o'z o'rnini saqlab, kundan-kunga yuksalib boryapti”. - Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridyek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Konstituцiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o'rni va maqomi byelgilab qo'yilgan. Bu maqom hali – haligacha o'z o'rnini saqlab, kundan-kunga yuksalib boryapti”.
- Bu, albatta mahalladoshlarimizning birdamligidan. Barcha insonlar holidan, ayniqsa, keksalarimiz, mehrga muxtoj kishilarni yo'qlab, ularning yumushlariga yordamlashib, og'irlarini yengil qilamiz.Yurtimizga tinchlik tilashlari, meni doim to'lqinlantiradi.
- Ahir shu emasmi buyuk baxt. Shu emasmi kelajakga ishonch. Azaldan halqimizda “Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi” maqoli bejizga aytilmagan. Bu oltinga teng duolar bizlarni katta-katta marralarga undaydi.
Har gal vatanimiz yoshlarining fan va sport sohasida erishgan yutuqlari, qo'lga kiritgan medallari haqida eshitganimda, qalbim xayajonga to'lib, ko'zimda yosh aylanadi. Keksalarimizning qilgan duolari ijobatini ko'rgandek bo'laman.
Bu oddiygina urinish ulardagi fazilatlar eshigini ochadi. Qizlarimiz qo'liga igna olishi bilan sabr atalmish yuksak tuyg'uni o'zida shakllantirib boradi.Sababi, kashtachilik, tikish-bichish kishidan alohida mehr, sabr-toqatni talab qiladi. - Bu oddiygina urinish ulardagi fazilatlar eshigini ochadi. Qizlarimiz qo'liga igna olishi bilan sabr atalmish yuksak tuyg'uni o'zida shakllantirib boradi.Sababi, kashtachilik, tikish-bichish kishidan alohida mehr, sabr-toqatni talab qiladi.
O'zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to'y-tomosha , hashar va marakalarni ko'pchilik bilan bamaslahat o'tkazish , yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo'lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an'analar, avvalam bor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.
TAMOM
Do'stlaringiz bilan baham: |