Qanday javobgarlik bor?
Jinoyat kodeksining
103-moddasida
o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini
o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazganlik uchun jinoiy
javobgarlik nazarda tutilgan. Bu moddaning qo‘llanilishining zaruriy
sharti o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilish
161
darajasiga yetkazishga aybdor jabrlanuvchiga rahmsiz muomala qilgani
yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitgani sabab
bo‘lganini aniqlash talab etiladi.
Ya’ni, shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni
va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish
darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish uch
yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Afinada o‘zini o‘zi o‘ldirishga Senat tomonidan ruxsat berilgan,
qachonki, shaxsning hayoti chidab bo‘lmaydigan darajada, deb baholansa va
bu harakat qonuniy hisoblangan. Aksincha, bunday qilmishlar jamoa vakillari
ishtirokisiz sodir etilsa, axloqsiz, deb topilgan.
Buyuk Britaniyada 2017-yil 22-fevralda zo‘ravonlik va o‘z joniga qasd
qilishning oldini olish maqsadida “Oiladagi zo‘ravonlik: Britaniya ko‘zgusida”
nomli qonuni qabul qilingan. Buyuk Britaniyada har hafta ikki ayol o‘z turmush
o‘rtog‘ining harakatlari sababli o‘z joniga qasd qilgan. Buyuk Britaniyada
qabul qilingan qonunchilikka ko‘ra, eri tomonidan oiladagi zo‘ravonlikdan
jabrlangan ayol eri bilan ajrashishni talab qiladi. Agarda u eri bilan
ajrashmasa, undan bolani homiylik va vasiylik organlari olib qo‘yishi mumkin
bo‘ladi. Ushbu qonunlar esa, mavjud vaziyatni yanada og‘irlashtirib, ko‘pgina
jinoyatlar ochilmay qolgan. Britaniyada ishonch telefonlari mavjud bo‘lib, ular
nafaqat ayollar va bolalarga, balki jabr ko‘rgan erkaklar uchun ham faoliyat
yuritadi.
Bundan tashqari, AQShda 1991-yilda “Ayollarga qarshi zo‘ravonlik
ishlatishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, AQSh Kongressi tomonidan esa 1994-
yilda “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish haqida”gi (the
Violence Against Women Act) Qonuni qabul qilingan bo‘lib, unning maqsadi
ushbu toifadagi jinoyatlarning oldini olishdan iborat bo‘lgan. Ushbu qonunga
asosan, oiladaga zo‘ravonlik qurbonlari uchun 1,5 mingta markazlar tashkil
etilgan.
162
👉👉
Do'stlaringiz bilan baham: |