Tanqid qilishning qoidasi qanday?
Kimningdir mehnati, hislari va harakatini hurmat qilgan holda unga
haqiqatni yetkazish u qadar ham qiyin ish emas.
1-qoida: Tanqidning o‘z o‘rni bor!
Kimnidir ommaning oldida izza qilish va tanqid toshlarini otish –
beadablikning eng yuksak ko‘rinishi. Bugungi ayrim internet foydalanuvchilari
esa bu qoidani unutib qo‘ydilar.
2-qoida: Hadeb tanqid qilmang!
Agar siz odamlarni hadeb tanqid qilaversangiz, ular oxir-oqibat sizga
e’tiborsiz bo‘ladilar yoki voz kechib qo‘ya qoladilar.
Tanqid qilishdan avval yaxshi jihatlarini e’tirof eting. So‘ng zarur
tavsiyalarni bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |