Mahalla va oila


Er  va  xotindan  birining  vafoti  yoki  sud  ulardan  birini  vafot  etgan



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/280
Sana12.01.2022
Hajmi4,65 Mb.
#336160
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   280
Bog'liq
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Er  va  xotindan  birining  vafoti  yoki  sud  ulardan  birini  vafot  etgan 
deb e’lon qilishi oqibatida nikohning tugatilishi. 
 
“Er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik 
bo‘lur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan. Husni bo‘lsa, 
ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa jon ozig‘idir. Aqlli bo‘lsa, 
turmush intizomli va ro‘zg‘or kerak-yarog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi.  
Alisher Navoiy 
 
Er-xotin o‘rtasida muhabbatni kuchaytirish uchun quyidagi 10 ta vosita: 
1.  O‘zaro  hadyalar  ulashish.  Masalan,  uyquga  yotish  oldidan  chiroyli 
atirgulni  yoki  chiroyli  rangli  qog‘oz  (otkritka)ga  go‘zal  so‘zlar  yozib, 
ayolingizning yostig‘i ustiga qo‘yib qo‘ysangiz, bu narsa juftingizga qanchalik 


110
 
 
ijobiy  ta’sir  etishini  ko‘rasiz.  Er  ayoliga  hadyani  kulgu  va  tabassum  hamda 
yoqimli  so‘zlar  bilan  beradigan  bo‘lsa,  uning  qalbida  eriga  nisbatan  kuchli 
mehr  uyg‘onadi.  O‘z  navbatida  ayol  ham  eriga  qo‘lidan  kelganicha  uning 
mehrini jo‘shtiradigan biror hadya berishga intilmog‘i kerak. Zero, xalqimizda 
“Qarsak ham ikki qo‘ldan chiqadi” degan maqol bor.  
2. O‘zaro gaplashib o‘tirish uchun alohida vaqt ajratish. Suhbat chog‘ida 
ham  bir-birlarining  so‘zini  betoqatlik,  besabrlik  va  katta  ehtirom  bilan 
eshitishga  urinishlari  kerak.  Albatta,  bunda  samimiylik  yo‘qolmasligiga  jiddiy 
e’tibor qaratish lozim.  
3.  Erning  ayoliga  va  ayolning  eriga  o‘tli  qarashi.  Er-xotin  o‘rtasidagi 
rasmiy  munosabatlar,  ya’ni  erning  o‘z  vazifalarini  bajarishi  va  ayolning  o‘z 
vazifalarini  bajarishi  yoki  bir-birlariga  sevishlarini  izhor  qilishlarining  o‘zi 
muhabbatni  kuchaytirishga  kifoya  qilmaydi.  Ba’zida  gap-so‘zsiz,  imo-
ishoralar,  qarashlar,  ovozdagi  o‘ziga  xos  ohanglar,  ko‘zning  muhabbatga 
limmo-lim o‘tli nigohi ham ishni bitirishi mumkin. Bularning hammasi ko‘ngil, 
ruhiyat orqali amalga oshiriladigan ishlardir.  
4.  Ishga  ketayotganda  iliq  xayrlashuv  va  ishdan  qaytganda  iliq 
ko‘rishuv.  
5. Ayolni maqtab turish. Uni hamma narsadan qizg‘onishini odob bilan 
izhor qilish.  
6.  Ba’zi  ishlarda  ayolga  ko‘maklashish.  Masalan,  uydagi  shaxsiy 
kutubxona  kitoblarini  tartibga  keltirish,  ba’zi  taomlarni  pishirishda 
yordamlashish,  bolalarga  tegishli  narsalarni  birgalikda  amalga  oshirish  va 
hokazo.  
7.  Shirin  so‘z.  Er  ham,  xotin  ham  bir-birlariga  shunday  so‘zlarni  topib 
gapirsinlarki, natijada o‘rtalaridagi muhabbat yana ham kuchaysin. Masalan, 
bir-biriga  sevishini  aytsin, “Siz  menga  Allohning  ne’matisiz”  kabi  so‘zlarni 
aytish ayni muddaodir.  
8.  Suhbat  uchun  hech  kim  xalaqit  bermaydigan  tinch  joy  tanlash.  
Bunda  xatto  bolalarning  ovozlari,  shovqin-suroni  ham  eshitilmasin.  Albatta, 


111
 
 
to‘la xotirjamlikni his qilib suhbatlashish er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va 
mehrni yanada jonlanishga hissa qo‘shadi.  
9.  O‘rtadagi  muhabbat  me’yorida  bo‘lishiga  e’tibor  berish.  Bu  juda 
muhim masala. Bir-birini juda qattiq ham sevmasin,  juda begonalashib ham 
ketmasin. Hamma ishda mo‘tadillik yaxshidir. Zero, muhabbatga mukkasidan 
ketishdan  qaytarilgan.  O‘rtadagi  masofani  saqlashda  qanchalik  chuqur 
ketilsa, muhabbatga shuncha putur yetadi. Ko‘pgina oilaviy muammolar ham 
aslida  mana  shu  begonalashuvdan  kelib  chiqadi.  Payg‘ambar  alayhissalom 
“Do‘stingizni  yengilroq  sevingki,  kuni  kelib  u  dushman  bo‘lib  qolishi  ham 
mumkin.  Dushmaningizga  ham  yengilroq  adovat  qilingki,  kuni  kelib  u  do‘st 
bo‘lib qolishi mumkin” deganlar.  
10. Er-xotin bir-biriga og‘ir damlarda dalda bo‘lishi. Masalan, ayol kasal 
bo‘lib  qolishi  yoki  homiladorlik  davrida  unga  moddiy  va  ma’naviy  suyanch 
kerakligini er doim yodida tutishi kerak. Shuningdek, erining biror sabab bilan 
kayfiyati tushkunligini, ayolining mehriga, daldasiga muhtojligini farosatli ayol 
darhol  sezib,  qo‘lidan  kelgan  yordamini  berishi,  erining  yonida  turishi 
matlubdir.  Sherigining  dardiga  hamdard  bo‘lish,  o‘rtadagi  muhabbatni  misli 
ko‘rilmagan darajada oshirib yuboradi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish