Mahalla va oila


O‘z joniga qasd qilishga nima sabab bo‘lmoqda?



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/280
Sana12.01.2022
Hajmi4,65 Mb.
#336160
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   280
Bog'liq
2-OILA PSIXOLOGIYAS

O‘z joniga qasd qilishga nima sabab bo‘lmoqda?
 
Jahonda  suitsid,  ya’ni  o‘zini  o‘zi  o‘ldirish  holati  yuzaga  kelishining  bir 
qancha  sabablari  mavjud,  ulardan  eng  asosiylari,  javobgarlikdan,  jazodan 
qutulish; 
oilaviy 
nizolar 
(ota-bola, 
qaynona-kelin 
o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklar);  iqtisodiy  inqirozlar  (bankrotlik,  qarzga  botib  ketish, 
ishsizlik);  ishdagi  (o‘qishdagi)  muammolar;  baxtsiz  (javobsiz)  muhabbat, 
erning  yoki  xotinning  xiyonati;  hayotidan  qoniqmaslik,  zerikish,  o‘z  o‘rnini 
topolmaganlik,  yolg‘izlik;  yaqin  insonlaridan  birining  yoxud  mashhur 
kushilarning o‘limi; ruhiy holatning buzilishi, ruhiy xo‘rlanish (nomusga tegish, 
kaltaklash kabi jismoniy zo‘rliklar oqibatida); sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, 
giyohvandlik, alkogolizm; diniy fanatizm kabi oqibatlar natijasida o‘zini nochor, 
kasalmand,  hech  kimga  keraksizdek  his  etish  yoki  o‘z  og‘irligini  yaqinlariga 


159
 
 
solishni  xohlamaslik  yoxud  o‘z  sha’ni,  qadr-qimmati  kamsitilishidan, 
sharmanda  bo‘lishdan,  qoralanishdan  qo‘rqib  o‘zini  o‘zi  o‘ldirish  holatlari 
vujudga kelishini kuzatish mumkin. 
 
Tadqiqotlar  natijasiga  ko‘ra,  tibbiy  nuqtai  nazardan  o‘z  joniga  qasd 
qilganlarning aksariyatiga ruhiy holatning kuchli buzilishi (depressiya) tashxisi 
qo‘yilgan.  Shunga  muvofiq,  Yaponiya  davlatida  birinchi  navbatda  bunday 
tashxis qo‘yilgan bemorga tegishli davolash usullarini qo‘llash uchun birinchi 
navbatda  ruhiy  holatni  nima  sababdan  buzilganligini  o‘rganish  muhim 
sanaladi. 
O‘zini o‘zi o‘ldirish bilan bir qatorda, o‘zini o‘zi qurbon qilish tushunchasi 
ham  mavjud.  Bu  tushuncha  ko‘proq  diniy  mafkuralar  bilan  bog‘liq  bo‘lib, 
bunda  o‘z  jonini  din  uchun  yoxud  urush  paytida  Vatan  uchun,  xalq 
manfaatlarini ko‘zlab o‘zini o‘zi fido qilish (shahid bo‘lish) kabilar bilan bog‘liq. 
Tarixga  nazar  tashlasak,  suitsidning  Xarakiri  (Yaponiya)  va  Sati  (Hindiston) 
kabi shakllarini ham kuzatishimiz mumkin. 
Afsuski, hozirda o‘zini boshqara olmaslik, o‘ziga ishonchsizlik, sabrsizlik 
natijasida, ayniqsa, so‘nggi o‘n yil ichida yoshlar o‘rtasida o‘zini o‘zi o‘ldirish               
3  barobarga  o‘sdi.  Har  yili  15-19  yoshlar  atrofidagi  o‘smir,  voyaga 
yetmaganlarning  har  o‘n  ikkinchisi  o‘z  hayotiga  qasd  qilishga  harakat  qilib 
ko‘rmoqda. 


160
 
 
 
O‘zini  o‘zi  o‘ldirgan  ko‘pchilik  balog‘at  yoshida  bo‘lgan  o‘smirlar  ko‘p 
hollarda  aynan  o‘zlarining  ota-onasi,  o‘qituvchisi,  o‘rtoqlari  umuman,  u  bilan 
tanish  bo‘lganlarning  o‘zlari  bilmagan  va  xohlamagan  holda  jabrlanuvchiga 
nisbatan  rahmsiz muomalada  bo‘lishi  natijasida  irodasi bo‘shligi sababli  shu 
darajaga kelib qoladi. 
Statistik  ma’lumotlarga  ko‘ra,  erkaklarga  nisbatan  ayollarda  o‘zini  o‘zi 
o‘ldirishga  urinish  holati  ko‘proq  uchrab,  bunda  erkaklar  ko‘proq  o‘zini  otish 
usulini,  ayollar  esa  turli  dori-darmon,  toksik  suyuq  moddalar  bilan  o‘zini 
zaharlash  usulini  qo‘llaydi.  Biroq  erkaklar  tanlagan  usullar  o‘lim  bilan 
yakunlanadi.  Shuningdek,  ko‘pgina  suitsidchilar  o‘lim  oldi  o‘zlaridan  so‘nggi 
xat-yozishmalar, qaydnomalar yozib qoldirishlari kuzatilgan. 
Ba’zida  o‘zini  o‘zi  o‘ldirish  holatiga  qurbon  bo‘lganning  o‘zi  sabab 
bo‘ladi,  ya’ni  jabrdiyda  shaxsning  o‘zi  harakat  sub’ekti  sifatida  turadi.  Shuni 
aytish  joizki,  o‘zini  o‘zi  o‘ldirish  to‘g‘risidagi  umume’tirof  etilgan  fikrda  aynan 
shu holat asosiy faktor hisoblanadi. Bunday harakatlarning ichki sabablari esa 
ushbu nuqtai nazardan ma’lum bir ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish