Me’yordan og‘ishganlik tiplari
Me’yordan og‘ishganlikni shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy me’yordan jismoniy og‘ishlik insonning
sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. U
bolalarning yosh va jinsiy ko‘rsatkichlari bilan (vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak
kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog‘lig‘ini xarakterlaydi.
Aslida bular ideal ko‘rsatkichlar bo‘lib, bunday ko‘rsatkichlarga to‘la muvofiq
keladigan bolani topish qiyin bo‘lsa kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |