Maхa-Tsеndеr intеrfеrоmеtri yordamida havоning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash. Laboratoriya ishi Mavzu: Maхa-Tsеndеr intеrfеrоmеtri yordamida havоning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash. Ishdan maqsadi



Download 0,59 Mb.
bet4/5
Sana29.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#591367
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5247068941733336120

Sferik linzani yustirovka qilish::

  • Lazer optik tayanch plitadagi sferik linzani (f) nur bo‘lgich (c) bilan shaffof ekran orasiga joylashtiring (linza tutgichning kichik teshigi nur bo‘lgich tarafda bo‘lishi kerak).

  • Sferik linzaning balandligini va yon taraflama joylashishini shunday sozlangki, nurning ikki qismi u orqali o‘q bo‘ylab o‘tsin.

  • Agar nur yo‘lini to‘g‘rilash zarur bo‘lsa, yassi ko‘zgulardan birini sozlang.

Agar siz hali ham shaffof ekranda namunaviy chiziqlarni kuzatmasangiz; nur bo‘lgichlarni yoki yassi ko‘zgularni bir oz yustirovka qilish orqali nur yo‘lini o‘zgartiring; zarur bo‘lsa sferik linzani sozlang.

  • Nur bo‘lgich (c) va ekran (g) orasida nurlarning yo‘li qanchalik paralleligi katta bo‘lsa, interferension chiziqlar shunchalik keng va orasi ochiq bo‘ladi.

  • Interferension manzarani shunday sozlangki, nur bo‘lgichlarni yoki yassi ko‘zgularni bir oz yustirovka qilish orqali uni osongina kuzatish mumkin bo‘lsin. Agar siz nozik sozlash orqali qoniqarli tasvir olishga erisha olmasangiz, interferometrni sozlash tartibini boshidan takrorlang.

A

1.3-rasm. Transportabel kameraga trubani biriktirishni osonlashtirish uchun moslama

gar lazer 1 mVt chiqish quvvatiga ulangan bo‘lsa, interferension manzara ravshanroq va kuzatish uchun qulay bo‘ladi. Bunday ulash oz bo‘lsada nur yo‘lini o‘zgartirgani uchun, siz nur yo‘lini moslashtirishingiz yoki sferik linza holatini o‘zgartirishingiz zarur bo‘lishi mumkin.


Transportabel kamera va qo‘l bilan ishlatiladigan vakuum va havo damlash nasosi: Lazer nuri transportabel kameraning shisha yuzalaridan qaytadi. Ba’zi hollarda ular lazer nuri emissiyalanayotgan aperturaga tushib lazer nuri sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Agar bunday hol yuz bersa kamerani bir oz buring. Transportabel kameraning bir tomonidagi patrubkasini tiqin(ehtiyot qismlar ichida yetkazilgan) bilan zich qilib berkiting.
Optik asosga tranportabel kamerani o‘rnating va uni nurning yo‘liga, masalan nur bo‘lgich (b) bilan yassi ko‘zgu (e) orasiga shunday joylashtiringki, nur uning o‘qidan o‘tsin. Boshqa optik komponentlarning o‘rnini o‘zgartirmang.
Vakuum nasosini shlang yordamida kameraning boshqa patrukasiga, kamerani lazer optikasi tayanch plitasida siljitmay, biriktiring; patrubkaga mos keladigan o‘tkazgich ulang. 1.3-rasmda keltirilganidek, kichik taglik va universal qisqichdan S foydalanib, deformatsiyani kamaytirish moslamasini yig‘ing va trubani lazer optikasi tayanch plitaning yoniga shunday o‘rnatingki, transportabel kameraning burilishi yoki siljishi orqali o‘lchashlar soxtalashmasin.

  • Tajriba davomida lazer optikasining tayanch plitasiga mexanik ta’sirlardan saqlaning (masalan, silkitmang yoki stolga zarba bermang).

  • Qurilmadan o‘tuvchi havo oqimidan saqlaning, masalan nafas olish yoki yelvizakdan.

  • Yarim shaffof ekranda (g) hisoblanishi mumkin bo‘lgan o‘tkinchi interferension chiziqlar uchun intensivlikning maksimum o‘rinlarini belgilang.

  • Kameradan (h) havoni, to keyingi intensivlikning maksimumi aniq belgilangan nuqtaga yetguncha, asta- sekinlik bilan so‘rib oling.

  • Вosim tushganda, dastaki vakuum va havo damlash nasosining manometri mos ko‘rsatishini qayd qiling va bu qiymatlarni yozib oling.

  • Bu jarayonni to bosim ta’sirida maksimumga erishmaguncha davom ettiring.

  • Dastaki vakuum va havo haydash nasosining ventilidan foydalanib, idishning ichiga havoni sekin, to keyingi intensivlikning maksimumi belgilangan holatdan aniq o‘tmaguncha kiriting.

  • Dastaki vakuum va havo damlash nasosining manometri mos ko‘rsatishini qayd qiling va bu qiymatlarni yozib oling.

  • Bu jarayonni to havo normal bosimga erishguncha davom ettiring.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish