Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) gulli yoki yopik urug'li o'simliklar



Download 1,3 Mb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#229505
1   2   3   4   5
Bog'liq
G'offorova Lobar Gulli yoki yopiq urug`li o`simliklar

S agovniklar bilan karag`aylarning kubbalari tashki ko`rinishidan uxshash bo`lsada, kelib chikish jihatidan bir-biridan fark kiladi. Masalan: sagovniklarning kubbasi shakli uzgargan barg bo`lsa, karag`aylarning kubbasi juda murakkab to`zilishga ega. Shu sababdan bo`larni analogii organlar deb atash mumkin.

1859 yilda CH.Darvinning «Tabiiy tanlanish yo`li bilan turlarning paydo bulishi» nomli asari vujudga kelishi bilan, olimlar evolyusion tizim (sistema) to`zishga bel bogladilar. Bu borada yirik nemis botanigi A.Engler katta ish kiladi. Engler morfologik belgilar evolyusiyasiga aloxida e`tibor beradi. Uning fikricha eng sodda (primativ) gul, gulkurg`onisiz va bir jinsli bo`lgan.

1 875 yili nemis botanigi A.Braun primetiv belgiga ega bo`lgan o`simlikning guli gulkurg`onli, yirik va ikki jinsli bo`lgan deydi. Bunta misol kilib magnoliyalarni keltiradi. Ikki jinsli gullardan ayrim jinsli gullar paydo bo`lgan deb xisoblaydi. Bu fikrni ko`pchilik olimlar ko`llab-kuvvatlaydi. Nemis botanigi X.Gallir (1912) va Amerikalik CH.Bessi (1915) Ayiktovonnamolarni kadimiy o`simlik deb karaydilar. Gallir va Bessi tizimi (sistemalari) asosida yirik ingliz olimi D.J.Xatchinson (1926«4936) o`z tizimi (sistemasi) ni yaratadi.

Akademik A.L,Taxtadjyan ham shu fikr asosida o`z sistemasini tuzadi. Lyokin ayrim botanirlar masalan, R.Dalo`ren gulli o`simliklar kandaydir yuk bo`lib ketgan yana ham soddarok o`simliklardan kelib chikkan, magnoliyalar esa ulardan keyin paydo bo`lgan, deb tushuntiradi. Lyokin hozirgacha gulli o`simliklarning kelib chikishi masalasi o`zil-kesil xal kilinmagan. Shu sababdan gulli o`simliklar hakida to`zilgan tizimlar (sistema) 20 ta dan ortib ketdi.

Gulli o`simliklarning kelib chikishi to`g`risida asosan 3 ta nazariya mavjud.

1. Psevdant (soxta) gul nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari

R. Vettshteyn va A.Karstenlarning (1900) fikricha, eng kadimiy sodda to`zilishga ega bo`lgan, o`simliklarning gullari bir jinsli, gul kurgoni ddiy yoki gul kurgonsiz bo`lgan. Ular shamol vositasida changlangan. Bunday o`simliklarga misol kilib, kizilcha (efedra) va kazuarinlarni keltirishadi.

  1. Ikkinchi-strobilyar nazariya 1905 yilda yaratilgan. Ochik urug`lilarning vakili bennettitlarning koldiklari topilgandan keyin bu nazariya paydo bo`lgan. Unga ko`ra bennettitlarning strobillaridan gul paydo bo`lgan degan xulosaga kelingan. Bu nazariya bo`yicha, strobillardan xosil bo`lgan gul ikki jinsli, gulkurg`onli bo`lib, xasharotar vositasida changlangan. Unga misol kiib, magnoliyalarni olish mumkin. Nemis botanigi X.Gallir (1912), ingliz olimlari, A.Arber, D.Parkinlar (1905) strobillar yoki chingul nazariyasining asoschilari xisoblanadi.

  2. Tellom nazariyasining asoschisi nemis olimi V.Simmerman (1959) eng kadimiy gulli o`simliklar psilofitlarning tellomidan kelib chikkan deydi.

1. Ikki urug`pallalilar 429 oila, 10000 turkum, 190000 to`rni o`z ichiga oladi va ular 8 ta sinf (ajdod) chaga bo`lib urganiladi. Masalan:

  1. Magnoliyakabilar sinfchasi

  2. Ayiktovonkabilar sinfchasi

  3. Chinnigulkabilar sinfchasi

  4. Temirdaraxtkabilar sinfchasi

  5. Dillenilkabilar sinfchasi

  6. Ra`nokabilar sinfchasi

  7. Yalpizkabilar sinfchasi

  8. kokiutkabilar sinfchasi

II. Bir urug` pallali o`simliklar sinfi 65 oila, 3000 turkum, 60000 turdan iborat bo`lib o`z navbatida 4 ta sinfchaga bo`linadi. Masalan;



Gulli o`simliklarning asosiy evolyusion yo`nalishlari ko`yidagicha sodir bo`lgan.

  1. Daraxtlar-butalar-ko`p yillik o`tlar-bir yillik o`tlar. O`tlar ikkilamchi yog`ochlanuvchi o`simliklar.

  2. Tik o`suvchi poyali o`simliklar - yotib, ilashib va chirmashib o`suvchi o`simliklar.

  3. Doim yashil o`simliklar - barglarini to`kuvchi o`simliklar.

  4. Doyra shaklida joylashgan utkazuvchi naylar-tarkok joylashgan naylar.

  5. Tursimon tomirlangan barglar - parallel tomirlangan barglar.

  6. Oddiy, butun barglar-oddiy, bo`lingan barglar-murakkab barglar. Murakkab barglar - ikkilamchi oddiy barglar.

  7. Ketma-ket joylashgan barglar - karama-karshi joylashgan barglar.

  8. Tug`ri (aktinomorf gullar-kiyshik (zigomorf)) gullar.

  9. Oddiy, yakka gullar-to`pgullar (Ko`p gullar).

  10. Gul bulaklari noanik (ko`p) gullar-gul bo`lagi kam va anik sonli gullar.

  11. Kush gulkurg`onli gullar-oddiy gulkurg`onli yoki gulkurg`onsiz gullar.

  12. Gul bulaklari birlashmagan (erkin) - gul bulaklari ko`shilgan (birlashgan).

  13. Xasharotlar bilan changlanish-shamol yordamida changlanish.

  14. Ikki urug`palali urug`-bir urug`pallali urug`.

  15. Apokarp (tutashmagan) meva-senokarp (tutashgan) meva.

  16. Ko`p sonli changchilar-kam sonli changchilar.

  17. Ikki jinsli gul-bir jinsli gul.

  18. Ko`p urug` ko`rtak-bir urug` ko`rtak.

  19. Ko`p yillik o`simliklar-bir yillik o`simliklar.

Ikki urug` pallali va bir urug` pallalilarning asosiy farkli belgilari kuyidagicha. 3-jadvalga karalsin.





Ikki urug` pallalilar


Bir urug` pallalilar


1

Murtagi 2 urug`i pallali urug`pallali

Bir urug` 1. Murtagi 1-

2

Barglari oddiy va murakkab, anik oddiy ва, япрокка

Bargli oddiy, bandsiz. ajratilgan

3

Barg yaprog`i to`rsimon yoki panjasimon tomirli.

Barg yaprog`i parallel yoki yoysimon tomirli

4

Poyalari kambiy xisobiga ikkilamchi nishga ega. yo`g`onlashmaydi

Kambiysiz, poyasi

5

Poyabarglari o`tkazuvchi sistema silindr shak sistema poyada tarkok joylashgan.

O`tkazuvchi poyada

6

Lida joylashgan. Po`stlok va o`zak anik shakllanmagan

Po`stlok va o`zak shakllanmagan.

7

Yosh ildizcha asosiy (o`k) ildizga aylanib, o`raydi, uning o`rnida kukndan yon ildizlar xosil bo`ladi.

Yosh ildizcha erta kuriydi uning o`rnida ko`shimcha ildiz xosil bo`ladi

8

Guli ko`pincha 5, ba`zan 4 a`zoli.

Gulli asosan 3 a`zoli

9

Daraxt, buta yarimbuta va o`t o`simlik ba`zan ikkilamchi yog`ochlanuvchi daraxtsimon o`simlik.

Ko`pincha o`tsimon

10

Chang donachalarining kobig`i asosan donachalarining 3 jo`yakli

Chang kobig`i asosan 1 jo`yakli


O`simliklar dunyosida gulli o`simliklar aloxida o`rin egallaydi. Ular butun o`simliklar dunyosining yarmidan ko`progini o`z ichiga oladi. Gulli o`simliklar yer sharining deyarli hamma zonalarida uchraydi. Ularni cho`ldan yaylovlargacha bo`lgan joylarda uchratish mumkin.

Gulli o`simliklarning evolyusiyasida oddiydan murakkabga karab yo`nalishni kuzatish mumkin.

Devon va toshkumir davrida kirkbugimlar, plaunlar va kirkko`loklar (paporotniklar) keng tarkalgan va sporali o`simliklar, o`simliklar dunyosida xukmronlik kilgan.

Dastlabki urug`li o`simliklar esa devon davrining oxirlarida paydo bo`lib, mezozoy erasida keng tarkalgan.

Mezozoy erasining oxirlari va bur davrining boshlarida yopik urug`li o`simliklar vujudga kelib, keyinchalik ular yer sharidagi asosiy xukmron o`simlikka aylangan. Umuman yopik urug`li o`simliklarning yoshi taxminan 120-130 mln yilgan to`g`ri keladi.

Yopik urug`li o`simliklarning yer sharida kiska vaktda, kuruklikda keng tarkalishiga baxo berib, M.I.Golenkin «Gulli o`simliklar yashash uchun ko`rash goliblaridir» deb ta`rif bergan edi.

O `simliklarni tasnifot (klassiffikatsiya) qilish soxasidagi urinishlar kishilik jamiyatining ilk davridan boshlandi. Dastlab, kishilar o`simlik turlarini foydali belgilariga qarab har hil guruxlarga- oziq-ovqat bo`ladigan, dorivor va bo`yoq uchun ishlatiladigan hamda zaxarlilarga bo`lgan. O`simliklar tasnifotiga doir yozma holdagi dastlabki ma`lumotlar qadimgi Gretsiyada, Rimda yashagan tabiatshunos olimlarning asarlarida uchraydi.


Mashxur grek filosofi va tabiatshunos olimi Aristotel’ (eram. Avval 384-322 y) o`simliklarni o`rganish bilan ham shug`ullangan. Keyinchalik uning shogirdi Teofrast (eram.avv. 371-286y) o`z ustozi ishini davom ettirdi. U o`simliklar haqidagi ma`lumotlarni to`plab, ularni o`rganib, o`zining 10-tomli «O`simliklarning tabiiy tarixi» degan kitobida 450 ga yakin o`simlik turlarini tasvirlagan. Ularni daraxt, buta, chala buta va o`t o`smliklarga bo`ladi. O`t o`simliklarni esa yana bir, ikki va ko`p yillik o`simliklarga ajratadi. Teofrast o`z sistemasida ekologiya printsipini asos qilib oldi.
Rim olimlaridan Pliniy Starshiy (eram.avv. 24-79 y) o`zining «Tabiat tarixi» degan 9 tomli asarining 6 tomini o`simliklarga bag`ishladi. U taxminan 1000ga yakin o`simlik haqida ma`lumot berdi.
O`rta asrda yashagan va jaxon faniga juda katta xissa qo`shgan buyuk mutaffakkir va mashxur olim Abu-Ali Ibn Sinoning (989-1037) dastlab 1020 yilda nashr etilgan, Alkonun fit tib, ya`ni «Meditsina qonunlari» nomli asari fanning rivojlanishiga katta xissa qo`shdi. Chunki bu asarda dorivor o`simliklar tug`risida xam fikr yuritilgan.
2. XVI-XVII asrlarga kelib tasviriy botanikaning rivojlangan davri bo`ldi. Chunki shu davrdagi botaniklar asosiy diqqatini o`simliklarni tasvirlashga qaratdilar. O`simliklarga oid juda ko`p materiallar tuplandi. Agarda Teofrast yashagan davrda o`simliklarning 450 turi ma`lum bo`lgan bo`lsa. 17-asrga kelib ularning soni 6 mingga etdi. Bu tuplangan ma`lumotlarni aniqlab ma`lum bir tizimga solish ishlari boshlandi. O`simliklar tizimlarini yaratish

ustida qilingan ilk urinishlardan eng ko`zga ko`ringani (1583) Ital’yan botanigi Andreo TSezal’pin (1519-1603) tizimidir. U o`zining «O`simliklar haqida 16 kitob» nomli asarida 1500 tur o`simlikni tasvirlaydi.
A. TSezal’pin o`z tizimida o`simliklar olamini avvalo ikki bo`limga:
I. Daraxt va butalar. II.Chala butalar va o`tlarga ajratdi. Ularni o`z navbatida 15 ta sinfga bo`ldi. Sinflarga bo`lganda mevaning tuzilishiga, meva uyalariga, uruglar soniga, gulning tuzilishiga, tugunchaning ostki va ustki bo`lishiga ham e`tibor berdi. A.TSezal’pin ajratgan ba`zi bir sinflar hozirgi zamonda mavjud bo`lgan tabiiy guruxlarga tug`ri kelsa. M: X-sinf g`avzobondoshlar va labguldoshlar. Ayrimlari esa keskin farq qiladi. M: VII- sinfga atirguldoshlar, ruyandoshlar va ituzumdoshlar oilasi kiritilgan. Bu uning sistemasi sun`iy sistema ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo`lsa ham sistematikaning tarixiy rivojlanish taraqqiyotida muhim axamiyatga ega bo`ldi.Ingliz botaniklaridan Jon Rey (1623-1705) «O`simliklar tarixi» nomli asarida (1686y) birinchi marta o`simliklar dunyosini sporali va gulli o`simliklarga bo`lib, gulli o`simliklarni esa bir pallalilar va ikki pallalalarga ajratdi. U birinchi bo`lib sistematikaga «Tur» terminini kiritdi va unga ta`rif berdi. Uning ta`rificha tur ma`lum bir urug`dan chiqadigan o`zaro nasl beradigan va o`xshashligini saqlaydigan individlar yigindisidan iborat.
Sistematika sohasida mashxur shved tabiatshunosi K. Lineyning (1707-1778) ham xizmatlari katta bo`ldi. U bir nechta botanikaga oid asarlar yozdi. M: «Tabiatning sistemasi» (1735), «Botanika asoslari» (1736), «O`simlik turlari» (1753) qabilardir. K. Liney o`zining «o`simlik turlari» asarida 10.000 turni tizimga solib, binar nomenklaturani qo`lladi, ya`ni o`simlik nomlarini ikki so`z bilan turkum va tur nomlarini ko`shib birga atashni kiritdi.
K. Linney tizimida o`simliklarning changchilariga (soniga) qarab 24 sinfga, sinflarni esa o`z navbatida tartib, avlod va turkumlarga ajratdi. Bu sistemada o`zaro xech yaqinligi bo`lmagan, uzok qarindosh bo`lmagan o`simliklar bir sinfga kirib qolgan. Masalan: Ikki otaliklar sinfiga galladoshlar oilasidan qizilkiyok, labguldoshlardan mavrak, rayxon va boshqalar. S holi va shakar qamish esa sholg`om, turplar bilan birga 6- sinfga kiritilgan. Bu tizim sun`iy bo`lishiga qaramay, o`z zamonasi uchun katta axamiyatga ega bo`ldi.
Tabiiy sistema tuzishni frantsuz olimlaridan De-Jyuss’e (1740-1836) boshlab berdi. Uning tabiiy sistemasining asosiy progressiv tomoni shundaki, bu sistemada o`simliklarning bir qancha belgilariga asoslanib, ularning o`zaro qarindoshligi ko`rsatilgan.
Keyinchalik boshqa botaniklar ham o`zlari yaratgan tabiiy sistemalarini tavsiya qildilar. Bular De-Kandol’, endlixer va boshqalar.
1895-yilda ingliz olimi Charl’z Darvinning (1809-1882) «Tabiiy tanlanish yo`li bilan turlarning paydo bo`lishi» degan asarning bosilib chiqilishi biologiya fanida katta axamiyatga ega bo`ldi. Shundan keyin sistematikani 3-davri filogenetik sistematika davri boshlandi.
Filogenetik sistematikani vazifasi o`simliklarning rivojlanishi, taraqqiyotini, kelib chiqishini, o`zaro o`xshashlik, qarindoshlik munosabatlarini ifodalaydigan evolyutsion tizimni yaratishdan iboratdir.
Filogenetik sistema tuzishda – poleontologiya, morfologiya, solishtirma anatomiya, fiziologiya, ekologiya, geografiya kabi fanlarning barcha ma`lumotlariga asoslangan holda ish olib boriladi.
A. engler (1887) tizimi o`z moxiyati jixatidan filogenetik tizim hisoblanib, u shu kungacha o`z qadrini yuqotmagan. Chunki mamlakat «Flora» larini tuzishda A. engler tizimiga asoslangan. Bundan tashqari R.Vettishteyn (1903), N.Kuznetsov (1912), N. Bush (1916), A. Taxtajyan (1954, 1 964, 1987) lar ham o`zlarini tizimlarini taklif etishgan. Ammo xozirga qadar gulli o`simliklarning tizimi oxirigacha etgan emas. O`simliklar guruxi (qabila, oila, turkum) orasidagi filogenetik bog`liqlik to`liq ko`rsatilgan emas. Gulli o`simliklar tizimida monofiletik va polifiletik qarashlar mavjud. Ko`pchilik botanik olimlar «gulli o`simliklar bir ajdoddan kelib chiqib, taraqqiy etgan» deb qaraydi. Ba`zi botaniklar bir pallalilar va ikki pallalilar sinfi bir-biriga bog`lik bo`lmagan holda alohida ajdodlardan rivojlangan va mustaqil yo`nalishda taraqqiy etgan deb karaydilar. Bunga polifiletik (difiletik) tizim asoschisi N.Kuznetsov va uning shogirdi A. Bush tizimlarini kiritishi mumkin.
Ko`pchilik tomondan e`tirof etilgan va organik olam evolyutsiyasiga muvofik 1 va 2 pallalilar sinfi umumiy bir ajdoddan kelib chiqib monofiletik rivojlanganlikdir. Shu sababdan xam monofiletik tizimda dastlab 2 pallalilar, sung 1 pallalilar joylashtiriladi.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish