Nilufargullilar qabilasi — Nymphaeales.
Ko‘p yillik suvda o‘suvchi, ko‘pincha ildiz poyali o‘simlik. Poyasi, odatda reduktsiyaga uchragan. Barglari butun, navbatlashib yoki, ayrim hollarda halqa shaklida joylashgan. Guli yakka-yakka, katta, qo‘sh jinsli, to‘g‘ri (aktinomorf), hasharotlar yordamida changlanadi. Changchilari cheksiz, urug‘chisi ko‘p sonli mevabarglardan shakllangan. Mevasi yong‘oqcha yoki rezavor meva. Urug‘i perisperm yoki endospermli.
Nilufarguldoshlar oilasi — Nymphaeaceae
Yopiq urug‘li o‘simliklarning eng qadimiy oilalaridan biri. Uning 100 ga yaqin turi 8 turkumga mansub. Aksariyat qismi issiq iqlimli va subtropik o‘lkalarda tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida 5 turkumga mansub 8 turi borligi aniqlangan. O‘rta Osiyoda 2 turkumga mansub 4 turi uchraydi. Ularning aksariyat qismi suvda, botqoqliklarda o‘sadigan ko‘p yillik ildiz poyali o‘simliklar. Gullari katta, aktinomorf, qo‘sh jinsli. Gul formulasi: Ca3+5 Co∞ A∞ G∞, tuguncha o‘rtada urug‘chisi ko‘p sonli meva bargidan shakllangan erkin yoki, ayrim hollarda tub qismi bir-biri bilan tutash. Mevasi — yong‘oqcha yoki rezavor meva. Urug‘i endosperm va perispermli. Aksariyat qismi manzarali o‘simliklar, ayrimlarining ildizpoyasi kraxmalga boy.
Oilaning xarakterli vakili oq nilufar — Nymphaea alba (17-rasm). Uning bargi yuraksimon, qattiq, suvda suzishga moslashgan. Guli bandli, gul kosacha barglari to‘rtta, yashil rangli, toj barglari va changchilari cheksiz, ko‘p sonli, urug‘chisi bitta — ko‘p sonli meva barglaridan shakllangan. Tugunchasi o‘rta, m evasi — rezavor, ko‘p urug‘li. Ururi endosperm va perispermli. Ildizpoyasi tarkibida kraxmal va oshlovchi moddalar bor.
Bu o‘simlik ko‘llarda, daryo deltalarida keng tarqalgan. O‘rta Osiyoda, Sirdaryo va Amudaryo deltasida uchratish mumkin. Oilaning yana bir vakili sariq nilufar — Nuphoar luteum. Bu o‘simlikning guli 5 ta sarg‘ish rangli, gulkosasi ko‘p sonli, (ko‘pincha 13 ta), sariq rangli toj barglari changchilari cheksiz bo‘lib, urug‘chisi bitta, tugunchasi ustki. Mevasi qattiq rezavor. Zaysan (Irtish daryosi sohili) va Balxash ko‘llarining chuchuk suvlarida tarqalgan.
Xulosa
Magnoliyagullilarga yaqin eng katta qabilalardan biri, uning 11 oilaga mansub 2700 ga yaqin turi ma’lum. Aksariyat vakillari daraxt yoki buta shaklidagi o‘simlik. Ayrim hollarda liana va bargsiz parazit o‘tsimon turlari ham uchraydi. Barglari navbatlashib (suprotiv), qarama-qarshi yoki, ayrim hollarda halqa shaklida joylashgan. Gul qo‘rg‘oni tsiklik yoki spiral shaklda, gul kosa va gultoj barglari differentsiallashmagan, deyarli erkin. Changchilari cheksiz, urug‘chisi apokarp, urug‘i endospermli. Gulli o'simliklar yoki ikki pallali o'simliklar bo'limi ikkita sinfga bo'linadi: magnoliopsidlar yoki ikki pallalilar (Magnoliopsida yoki dikotyledonlar) va liliopsidlar yoki bir pallalilar (Lilapsidf yoki monokotiledonlar). Bu sinflar mohiyatan faqat xususiyatlarning kombinatsiyasi bilan farqlanadi. Ikki pallali va bir pallalilar sinflari oʻz navbatida turkumlarga boʻlinadi, ular turkumlarga (baʼzan yuqori turkumlarda qashshoqlashgan), oilalarga, avlodlarga va barcha oraliq toifalarga boʻlgan turlarga boʻlinadi.dafna va nymphaean.
Do'stlaringiz bilan baham: |