Magnoliyadoshglar oilasi vakillarining tuzilishi. Reja


Lavrdoshlar oilasi — Lauraceae



Download 0,59 Mb.
bet3/7
Sana18.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#388423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Magnoliyadoshglar oilasi vakillarining tuzilishi

Lavrdoshlar oilasi — Lauraceae

Oilaning 2000 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiy-sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik o‘rmonlarida tarqalgan. Lekin yovvoyi holda o‘sadigan turlar orasida har ikkala yarim sharlar uchun umumiy bo‘lgan birorta turni uchratish qiyin. Ularning aksariyati daraxt yoki buta shaklidagi o‘simlik. Faqat Cassytha turkumiga mansub 16 parazit o‘tsimon o‘simliklar bundan mustasno. Oilaning keng tarqalgan lavr (Laurus), anis daraxti (Sassafras), avokado (Persea) turkumlariga taalluqli turlari tropik va subtropik o‘simliklar orasida salmoqli o‘rin egallaydi. Oilaning xarakterli vakili olijanob lavrdir (Laurus nobibis). Uning gul tuzilishi bu oila vakillarining bir qadar sodda tuzilganligidan dalolat beradi. Gulining uch a’zoliligi, ularning bir pallalilarga yaqinligidan dalolat beradi. Magnoliyadoshlarning Lavrdoshlarga nisbatan soddaligini ko‘rsatuvchi birdan bir belgi — ularning gulida androtsey va ginetseyning spiral shaklda joylashishi desa bo‘ladi. Lavrdoshlarning guli aktinomorf, ikki uyli yoki bir uyli. Gulning formulasi P3+3A3+3+3G(3)-, tugunchasi ostki, bir xonali, mevasi — danak yoki reza-vor meva, urug‘i endospermsiz (16-rasm).

Paleobotanik ma’lumotlarga ko‘ra lavrdoshlar bo‘r davri qazilmalarida uchraydi. Ularning aksariyat turlari doimiy yashil o‘simliklar. Lavr o‘simligi qimmatbaho oziq-ovqat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali o‘simlik sifatida insonning xo‘jalik faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham lavrdoshlarning qator navlari subtropik o‘lkalarda — Kavkaz va Qrimda madaniylashtirilgan.

Bu oilaning yana bir xarakterli turi — Avakado (Persea gratissima) doimiy yashil daraxt, nok shaklidagi rezavor mevasining og‘irligi 600 grammga qadar. Mevaning tarkibida 30% gacha yog‘, 4% oqsil moddasi bor. Qimmatli meva daraxti sifatida Qora dengizning janubiy sohili va Kavkazda o‘stiriladi. Bir daraxtidan 50 kg ga qadar hosil olish mumkin. Vatani tropik Amerika.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish