9.3-rasm kuclanganligi -ga ekvevalent noelektrostatik maydon hosil bo’ladi. Bu maydon kuchlanganligining kontur bo’yicha sirkulyatsiyasi induksiya E.Yu.K.ni hosil qiladi: (9.3) (9.3) dagi kontur yuzining o`zgarishini hisobga olib, (9.4) (9.4) dagi -magnit oqimining o’zgarishini bildiradi. ; 1B = 1 Вб/сек yoki (9.5) Agar, >0 bo’lsa, induksiya E.Yu.K. konturni aylanish yo’nalishiga teskari yo’nalishda ta’sir etadi va aksincha. Istalgan berk konturdan o`tayotgan o’zgaruvchan tok shu kontur bilan chegaralangan sirtni kesib o’tuvchi o’zgaruvchan magnit induksiya oqimini hosil qiladi. Natijada shu konturda tok induksiyalanadi. Shunday qilib, tokning o’zgarishi tufayli shu konturning o’zida induksion E.Yu.K. ning hosil bo’lish hodisasiga o’zinduksiya hodisasi deb yuritiladi. Magnit oqimi (Ф) magnit induksiyasi (B) va tok kuchi (I)ga to’g’ri proporsionaldir. Ф=B·I yoki Ф=LI (9.7) I=1A bo’lganda, berilgan kontur bo’yicha magnit oqimi qanchaga o’zgarishini ko’rsatadigan L-kattalik konturning induktivligi deyiladi. Ma’lumki, solenoid maydoni induksiyasi (9.8) Har bir o’ram orqali o’tgan oqim Ф1=BS bo’lsa, to’la oqim: (9.9) uzunlik birligidagi o’ramlar soni -dan foydalanib: (9.10) (9.10 ) ni (9.7) bilan taqqoslab, induktivlik uchun: (9.11) (9.11) ni hisobga olib induksiya E.Yu.K. (9.12) (9.12) dan: (9.13) Induktivlik birligi qilib, 1 Genri qabul qilingan.
Tok kuchi 1 sekundda 1 A ga o’zgarganda uchlarida 1B induksiya E.Yu.K. hosil qiladigan g’altakning induktivligi 1 Genri bo’ladi. Bir-biriga yaqin joylashgan ikkita qo’zg’almas konturni kuzatamiz (9.4-rasm). Agar konturlardan biridagi tok I1, ikkinchi kontur qamrab olgan sirt orqali hosil qilgan magnit oqimi Ф21-deb belgilansa, Ф21=L21I1 (9.14) bu yerda, L21-proporsionallik koeffitsienti. Faradey qonuniga muvofiq I1-ning o’zgarishi ikkinchi konturda E.Yu.K. hosil qiladi: (9.15)
9.4-rasm Xuddi shuningdek, ikkinchi konturdagi tok I2 – birinchi kontur qamrab olgan sirt orqali Ф12=L12I2 (9.16) magnit oqimini hosil qiladi. Agar ikkinchi konturdagi tok o’zgaruvchan bo’lsa, birinchi konturda hosil bo’lgan induksiya E.Yu.K. Ф12-ning o’zgarish tezligiga proporsional bo’ladi. (9.17) Konturlardan birida tok kuchining o’zgarishi, ikkinchisida induksiya E.Yu.K.-ni vujudga keltirishi o’zaro induksiya hodisasi deb yuritiladi. Tajribalar ko’rsatishicha, o’zaro induktivlik koeffitsiyentlari bir-biriga teng bo’ladi: L12=L21 Umumiy o’zakka kiritilgan ikkita g’altakning o’zaro induktivlik koeffitsiyentini hisoblaymiz. (9.5-rasm)
9.5-rasm
Birinchi g’altakning magnit induksiyasi:
bu yerda, -o’zak moddasining magnit doimiysi n1-o’ramlar soni Ikkinchi g’altakning bitta o’rami orqali o’tgan magnit oqimi (9.18) to’la oqim (9.19) o’zaro induktivlik koeffitsiyenti: (9.20) Xuddi shu usul bilan birinchi g’altakning o’zaro induktivlik koeffisiyentini ham (9.21) ifodaga teng ekanligini isbotlash mumkin. (9.21) O’zaro induktivlik hodisasidan olis masofalarga elektr energiyasini uzatish moslamalari (transformatorlar) tayyorlashda foydalaniladi. Transformatorlar ramka shaklidagi o’zakka kiritilgan ikkita n1 va n2 o’ramli g’altakdan iborat bo’ladi. (9.6-rasm)