Mustaqil yechish uchun masalalar
Maydon induksiyasi 0,4 Tl bo‘lganda yuzi 50 cm2 bo‘lgan yassi sirtni, sirt maydonning induksiya vektoriga perpendikulyar bo‘lganda, qanday magnit oqimi kesib o‘tadi (mVb)?
Maydon induksiyasi 0,6 Tl bo‘lganda yuzi 30 cm2 bo‘lgan yassi sirtni, sirt induksiya vektoriga 30o burchak ostida joylashganda, qanday magnit oqimi kesib o‘tadi (mVb)?
Maydon induksiyasi 2 Tl bo‘lganda yuzi 45 cm2 bo‘lgan yassi sirtni, sirt induksiya vektoriga 60o burchak ostida joylashganda, qanday magnit oqimi kesib o‘tadi (mVb)?
Yuzi 2 m2 bo‘lgan va magnit induksiya vektoriga tik joylashgan yassi konturdan 1 Vb ga teng magnit oqim o‘tsa, magnit induksiyasi necha Teslaga teng?
Yuzi 80 cm2 bo‘lgan va magnit induksiya vektoriga tik joylashgan yassi konturdan 60 mk Vb ga teng magnit oqim o‘tsa, magnit induksiyasi necha Teslaga teng?
Kontruda hosil bo‘luvchi induksiya EYK i 30 V bo‘lishi uchun konturni kesib o‘tuvchi magnit oqimi 2 s da qanchaga o‘zgarishi (Vb) kerak?
Kontruda hosil bo‘luvchi induksiya EYK i 50 V bo‘lishi uchun konturni kesib o‘tuvchi magnit oqimining o‘zgarish tezligi qanday (Vb/s) bo‘lishi kerak?
O‘tkazgich xalqa orqali magnit oqimi 3 s davomida 0,144 Vb ga o‘zgargan. Otkazgichning qarshiligi 0,24 Om bo‘lsa, induksion tok kuchi necha amper?
Induksiyasi B=0,05Tl bo‘lgan magnit maydonida =1m uzunlikdagi sterjen aylanmoqda. Aylanish o‘qi sterjenning bir uchidan o‘tgan bo‘lib, u magnit maydonining kuch chiziqlariga parallel. Sterjenning har bir aylanishida u bilan kesishuvchi magnit induksiyasining oqimi Ф topilsin.
Induksiyasi B=0,1Tl, bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda =10 sm uzunlikdagi o‘tkazgich maydonga tik yo‘nalishda =15m/s tezlik bilan harakat qiladi. O‘tkazgichda induksiyalangan E.Yu.K. topilsin.
Diametri d=10 sm bo‘lgan N=500 o‘ramli g‘altak magnit maydonida turibdi. Magnit maydonining induksiyasi t=0,1s davomida B1=0 dan B2=2Tl gacha ko‘payganda g‘altakdagi induksiya EYuKning o‘ratacha qiymati qancha bo‘ladi?
=1m uzunlikdagi gorizontal sterjen, uning bir uchidan o‘tgan o‘q atrofida aylanayotir. Aylanish o‘qi induksiyasi B=5·10-5Tl bo‘lgan magnit maydoni kuch chiziqlariga parallel. Sterjen sekundiga necha marta aylanganda uning uchlaridagi potensiallar ayrmasi U=1mVga teng bo‘ladi?
Uzunligi =20 sm va ko‘ndalang kesimining yuzi S=30 sm2 bo‘lgan g‘altakka sim o‘ralgan. G‘altak N=320 o‘ramga ega, undan I=3A tok o‘tadi. G‘altakdagi tok t=0,001s davomida uzilsa, o‘ramda o‘rtacha qancha EYuK induksiyalanadi?
Induktivligi L=0,001H bo‘lgan bir qavatli g‘altakdagi sim cho‘lg‘amining o‘ramlar soni qancha? G‘altakning diametri d1=4sm, simning diametri d2=0,6mm, o‘ramlar zich o‘ralgan.
Reostat yordamida g‘altakdagi tok kuchi t=1s da ΔI=0,1A dan bir tekis orttirilmoqda. G‘altakning induktivligi L=0,01H. O‘zinduksiya EYuKning o‘rtacha qiymati topilsin.
Magnit qutbining I=100A toli o‘tkazgich atrofidan ikki marta aylantirishida A=1mJ ish bajarildi. Qutb hosil qilgan magnit oqimi Ф topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |