Magnit maydonida tokli o’tkazgichni ko’chirishda bajarilgan ish.
Magnit maydon induksiya vektoriga perpendikulyar bo’lgan va magnit oson ko’chadigan tok elementini kuzatamiz. (7.11-rasm)
7.11-rasm
Ma’lumki, magnit maydonidagi tokli o’tkazgichga Amper kuchi ta’sir etadi:
(7.27)
Bu kuch tokli o’tkazgichning dl-elementini magnit maydonda ko’chirib ish bajaradi:
yoki (7.28)
kontur o’rab turgan yuzaning o’zgarishini ifodalaydi.
magnit oqimining kontur yuzasi orqali o’zgarishini hisobga olib:
(7.29)
Magnit maydonida tokli o’tkazgichni ko’chirishda bajarilgan ish magnit oqimining o’zgarishiga proporsionaldir. Bu xulosani istalgan tokli kontur uchun umumlashtirish mumkin (7.12 83-rasm).
Endi magnit maydonida berk konturni ko’chirishda bajarilgan ishni hisoblaymiz. Konturni tutashgan ABC va CDA bo’laklardan tashkil topgan deb tasavvur qilib, to’la bajarilgan ishni ifodalaymiz.
dA1-konturning ABC qismini ko’chirishda bajarilgan ish bo’lib, u manfiy ishoraga ega, chunki konturning bu qismiga ta’sir etuvchi kuch harakat yo’nalishi bilan o’tmas burchak hosil qiladi.
Shunday qilib, magnit maydonida berk konturni ko’chirishda bajarilgan ish, kontur yuzasi orqali magnit oqimining o’zgarishiga proporsionaldir
(7.30)
7.12-rasm
Bu yerda -kontur orqali o’tayotgan magnit oqimining o’zgarishini bildiradi.
Lorens kuchi.
Magnit maydoni nafaqat magnit moddalarga, balki tokli o’tkazgichlarga, shuningdek harakatdagi zaryadli zarrachalarga ham ta’sir etadi. Bu xulosa qator tajribalar (parallel toklarning o’zaro ta’siri, elektronlar oqimining magnit maydonida og’ishi) asosida tasdiqlangan.
Magnit maydonida harakatlanuvchi zaryadli zarrachalarga ta’sir etuvchi kuch elektr tokining elektron nazariyasi asoschisi Lorens nomi bilan yuritiladi va umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:
(8.1)
bu yerda, k – proporsionallik koiffitsiyenti bo’lib, xalqaro birliklar sistemasida k = 1; Lorens kuchining moduli:
(8.2)
zarrachaning tezlik vektori bilan magnit induksiya vektori orasidagi burchak
yoki bo’lsa, Demak, zaryadli zarracha magnit maydon induksiya vektoriga parallel holda harakat qilsa, magnit maydoni zaryadli zarrachaga hech qanday kuch bilan ta’sir qilmaydi. Lorens kuchining yo’nalishi tezlik vektori va induksiya vektoridan tuzilgan parallelogrammga perpendikulyar yo’nalgan bo’lib, musbat zaryad uchun chap qo’l, manfiy zaryad uchun o’ng qo’l qoidasiga muvofiq aniqlanadi (8.1–rasm).
8.1– rasm
Lorens kuchi hamma vaqt zarrachaning tezlik vektoriga perpendikulyarligi tufayli zaryadni ko’chirishda hech qanday ish bajarmaydi, kinetik energiyasini ham o’zgartirmaydi. Shunday qilib, faqat zarrachaga normal tezlanish berib, trayektoriyasini o’zgartiradi xolos. Lorens kuchi tufayli magnit maydonining elektr maydonidan yana bir farqli xususiyati aniqlandi. Magnit maydon tinch turgan zaryadga ta’sir etmaydi, ( ) faqat harakatdagi zarrachagagina ta’sir etadi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |