Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida, kosmik obʼyektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo
hodisalaridagi Magnit maydon, asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega boʻlishligiga,
harakatlanuvchi elektr zaryadiga Magnit maydon koʻrsatadigan taʼsirga bogʻliq. Bular esa
moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit
rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi.
Harakatlanuvchi elektr zaryadi Magnit maydon da tekis aylanma (vint chizigʻi boʻyicha) harakat
qiladi. Magnit maydonning ayrim joylarida elektr zaryadlarning harakat yoʻnalishi qarama-
qarshisiga oʻzgarishi mumkin. Magnit maydonning bunday joylari magnit koʻzgular deyiladi.
Magnit maydon taʼsirida atom ichidagi elektronlar qoʻshimcha harakat qiladi. Atomning nurlanishi
Magnit maydon taʼsirida oʻzgaradi (qarang
Zeyeman effekti
). Jismda tarqaluvchi yorugʻlikning
qutblanish tekisligi Magnit maydon taʼsirida maʼlum burchakka buriladi (Faradey effekti). Yer,
Quyosh singari koʻpgina moddiy sistemalar Magnit maydon ga ega. Quyosh dogʻlari kuchli
Magnit maydon bilan bogʻlangan. Quyoshdagi oʻzgarishlar natijasida Yer Magnit maydonning
kuchli gʻalayonlanishi — magnit boʻronlari hosil buladi. Kosmosni oʻzlashtirish, yadrolarni sintez
qilish, plazma fizikasi va boshqa sohalardagi fan va texnika masalalari Magnit maydon ni
oʻrganish bilan bogʻliq. Magnit maydon, asosan, kucheiz (500 Gs), oʻrtacha (500 Gs dan 40 kGs
gacha), kuchli (40 kGs dan 1 MGs gacha) va oʻta kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga boʻlinadi.
Kuchsiz va oʻrtacha Magnit maydondan elektronika, elektrotexnika radiotexnikada, shuningdek,
500 Gs dan 40 kGs gacha boʻlgan Magnit maydondan zaryadli zarralar tezlatkichlari, Vilson
kamerasi, pufakli kamera, mass-spektrometr kabi kurilmalarda foydalaniladi. Kuchli va oʻta
kuchli Magnit maydon, asosan, qattiqjismlar fizikasida, ferromagnetizm va antiferromagnetizm
xossalarini oʻrganishda, magnitogidrodinamik generator va boshqalarda ishlatiladi. Kucheiz va
oʻrtacha Magnit maydon doimiy magnitlar, elektr magnitlar, oʻta oʻtkazuvchi magnitlar,
solenoidlar (elektr toki utkazgichi) yordamida, kuchli Magnit maydon yoʻnaltirilgan portlatish
usulida olinadi (oxirgi usulda mis quvur ichida oldindan kuchli impulyeli Magnit maydon hosil
qilinadi va u kuchli portlashning radial bosimiga duch"r qilinadi)
[1]
.
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
−
Hans Christian Ørsted
, Der Geist in der Natur, 1854
Manbalar
Soʻnggi tahrir 9 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Parsell E., Elektrichestvo i magnetizm [per. s angl.], M., 1971;
Landau L. D., L i f sh i s Ye. M., Teoriya polya, 6 izd., M., 1973 [Teoreticheskaya fizika, t.2|.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Magnit
_maydon&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Magnit_maydon&oldid=2403084
" dan olindi
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |