Magistrlik dissertatsiyasining yangi talablari chiqdi



Download 14,53 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi14,53 Kb.
#350832
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasining yozilish qoidalari


Magistrlik dissertatsiyasining yangi talablari chiqdi

23:00 | 05.11.20123



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi №419-sonli buyrug’iga asosan “Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishga doir” TALABLAR tasdiqlandi. Mazkur yangi tahrirdagi talablar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va ushbu Farmonga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi 2012-yil 27-iyuldagi PF-4458-sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Eslatib o’taman, ilgari mazkur qoidalar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2011-yil 3-dekabrdagi №487–sonli buyrug’i asosida tasdiqlangan “Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashning namunaviy tartibi” bilan tartibga solinar edi.

Yangi talablarga ko’ra, bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan. Shuningdek, tartib-qoidalar batafsil yoritilgan. Ular orasida eng muhimlari haqida to’xtalib o’taman.

Talablar 12 qismdan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagilardir:

1.       Umumiy qoidalar

2.       Ilmiy rahbarlik

3.       Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini shakllantirish va tasdiqlash (o’zgartirish) tartibi

4.       Dissertatsiya tayyorgarligining oraliq attestatsiyasi. Magistr faoliyatining samaradorligi monitoringi

5.       Magistrlik dissertatsiyasini taqdim etish

6.       Magistrlik dissertatisyasiga taqriz yozish

7.       Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi

8.       Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va mazmuniga qo’yilgan talablar

9.       Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari

10.   Professional etika

11.   Magistrlik dissertatsiyasini baholash mezonlari

12.   Yakuniy qoidalar

Mazkur qismlarni orasida “Professional etika” qismi yangi qo’shilgan bo’lib, unda magistrlik dissertatsiyasi himoyasida magistratura talabalari tomonidan professional etika qoidalarini buzishlariga yo’l qo’ymasliklariga katta e’tibor qaratilishi kerak deya ta’kidlangan. Bunday qoida buzilishlariga avvalambor plagiat (adabiy o’g’rilik), ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg’on sitata keltirish kabilar kiradi.

Dissertatsiya ishiga chetdan ilmiy rahbar tayinlangan holda, kafedra a’zolaridan biri kafedra mudiri tomonidan ilmiy maslahatchi etib tayinlanadi.

Ilmiy maslahatchiga magistrlik dissertatsiyasini ishini belgilangan talablar bo’yicha bajarilishiga ilmiy rahbar bilan bir xil ma’suliyat yuklatiladi.

Eng katta yangiliklardan biri bu magistrlik dissertatsiyasi mavzularini oktabr-noyabr oylarida ilmiy rahbarlar va magistrlar ismi-sharifi hamda dissertatsiya mavzularining qisqacha maqsadi, vazifalari ko’rsatilib oliy ta’lim muassasasi rasmiy saytida e’lon qilinishi belgilab berilganligidir.

Dissertatsiyaning tavsiya etilgan hajmi titul varag’I, mundarija, adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan tashqari 80 betdan oshmasligi kerak. Ilgari qoida bo’yicha minimum varoq ham ko’rsatilgandi, ya’ni 60-80 varaq bo’lishi kerak deyilgandi.

Shuningdek, disertatsiyaning kompyuterda terilish tartibiga ham biroz o’zgartirishlar kiritilgan. Unga ko’ra, dissertatsiya matni A4 (270 x 297 mm) formatdagi standart qog’ozning bir tomoniga quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda terilgan bo’lishi kerak:

Shrifti -Times New Roman;

Shrift kattaligi – 14;

Interval – 1,5;

Yuqori va pastki hoshiyalar – 20 mm, chap tomondan – 30 mm, o’ng tomondan – 10 mm (Ilgari 25x30x15 edi).

Bob va bo’limlarning nomlari 16 kattalikda Times New Roman shriftida yoziladi.

Magistrlik dissertatsiyasi tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi va keltirilgan tartibda bo’lishi kerak:

Titul varag’I;

Ikki tilda (o’qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi (har biri ko’pi bilan 150 so’zdan iborat bo’lishi kerak);

Mundarija;

Kirish;

Asosiy qism;

Xulosa;

Adabiyotlar ro’yhati;

Ilovalar (agar mavjud bo’lsa).

Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasi himoyasiga kirishdan oldin zarur bo’lgan ilmiy maqolalar soniga ham o’zgartirish kiritilgan. Bundan buyon dastlabki himoyaga kirgunga qadar magistr ichki va tashqi taqrizga hamda dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola va tezisga ega bo’lishi talab etiladi. Yana bir tomoni maqola oliy ta’lim muassasasi rasmiy saytida (elektron jurnalda) e’lon qilinishi ham mumkin (ana bayram!).

Yana bir o’zgarish dissertatsiya tili bilan bog’liq. Menimcha, endi dissertatsiyalar faqat talaba tahsil olayotgan tilda, ya’ni o’qitish tilda yoziladi. Oldingi qoidalarga ko’ra, dissertatsiya kafedra tavsiyasiga muvofiq xorijiy tillarda ham yozilishi mumkin edi. Yangi qoidalarda bu haqidagi joyini ko’rmadim.
Download 14,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish