Raqobatbardoshlikni ta’minlashda marketing tadqiqodlarini o’tkazish korxona istiqboliga muhim rol o’ynaydi. Ishlab chiqilgan marketing strategiyasi "mehmonxona xizmatlari" O’zbekistonning yirik mehmonxonalariga qo’shimcha daromad beradi; Strategiyada katta kuch, keng ko'lamli va qimmat tadbirlar mavjud emas;O’zbekistondagi mehmonxonasi taklif etilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega; Mehmonxona bozoridagi o'zgaruvchan vaziyatga ko'ra, ishlab chiqilgan tadbirlar doimiy ravishda tartibga solinishi va takomillashtirilishi kerak. Shunday qilib, dissertatsiyadagi barcha belgilangan maqsad va vazifalar muvaffaqiyatli hal etiladi.
Uchinchi bob bo’yicha xulosa
O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va rekreatsion saloxiyatni inobatga olib, turistik ob’ektlarni o‘rganish va aniqlash, turistik marshrutlarni belgilash, ularning hududiylik va majmuaviylik jihatlaridan kelib chiqqan holda xizmat ko‘rsatish sohasini yo‘lga qo‘yish shu kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. SHuni qayd etish joizki, mamlakatimizda turizm resurslariga bo‘lgan talab kundan-kunga oshmoqda. Eng asosiysi, mavjud rekreatsion turistik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun mehmonxonalar bilan bog‘liq tashkilotlar va turfirmalar faoliyatini tartibga soluvchi huquq, normalarni takomillashtirishni taqozo qiladi. Bunda imtiyozli soliqlar, turistlar uchun turli engilliklar va ularning xavfsizligini yaratish lozim.Undan tashqari mamlakatimizda tabiatning go‘zal go‘shalaridan turizm faoliyatida samarali foydalanish uchun milliy bog‘lar sonini oshirish va ularda turizmni tashkil etish tizimini yaratish muhim vazifa hisoblanadi. Bunda mavjud turistik resurslarni xalqaro darajada reklamani yulga qo‘yish hamda moliyalashtirish manbalarini topish muhimdir. Moliyalashtirish manbalariga keladigan bo‘lsak, bu sohaga investitsiyani kiritish lozim. Hozirgi paytda respublikamizdagi turistik korxonalarga investitsiyalar keng jalb qilinmoqda. Bular asosan xorijiy investorlar tomonidan ajratilmoqda. Turizmda investitsion loyihalarni takomillashtirishda asosan turistik korxona va xususiy turistik firmalarning ham alohida o‘rni bo‘lishi lozim. CHunki mamlakatimizga investitsiya ajratmoqchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalar, eng avvalo, mamlakat turistik korxonalarining iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga hamda faoliyatning kelgusida daromad olib kela olish rejalariga alohida e’tibor qaratadilaO’zbekiston mehmonxonalarida bunday xizmatlarni tashkil etish mehmonxona biznesini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.Ish yuzasidan keladigan mijozlar uchun bunday xizmatlar qulaylik yaratadi va mehmonxonaga qo’shimcha daromad olib keladi . Zamonaviy bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va iste'molchilar o'rtasida doimiy raqobat sharoitida faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |