31
maqolasida o‟zbek tilida miqdor ma‟nosining yuzaga chiqishini ta‟minlovchi
fonetik, leksik, grammatik vositalar ko‟pligini, ayniqsa, morfologik sathda so‟z
turkumlari yordamida miqdor ma‟nosining ifodalanishi o‟ziga xos xususiyatlarga
ega ekanligini ta‟kidlaydi.
Bulardan tashqari, F.Safarov ”O‟zbek tilida son-miqdor mikromaydoni va
uning lisoniy nutqiy xususiyati”
45
mavzusidagi nomzodlik
dissertatsiyasida bu
masalaga maydon sifatida yondoshadi. Shu bilan birga tadqiqotchi o‟zigacha olib
borilgan ilmiy tadqiqotlar va bildirilgan fikrlarda miqdor ifodalovchi birliklarga
kategoriya sifatida qaralgani, aslida esa o‟zbek tilida son-miqdor ma‟nosini
ifodalovchi lug‟aviy, sintaktik, so‟z yasovchi va nolisoniy vositalar mavjud bo‟lib,
son kategoriyasi va fe‟lning shaxs-son kategoriyasi bilan birgalikda yagona
umumiy mazmuniy vazifa bajaruvchi tizim hosil qilishini ta‟kidlaydi
46
.
Bunda
grammatik, leksik, sintaktik, fonetik va g‟ayrilisoniy vositalar birgalikda
olib qaralganda o‟zbek tilining son-miqdor ma‟nosini ifodalash sistemasi bu
vositalarning o‟zaro
aloqa munosabati, mazkur ma‟noni ifodalashdagi salmog‟i
ochib beriladi.
Demak, miqdor ifodalovchi birliklar til sathlari o‟rtasida keng tarqalgan
tasniflovchi belgilardan hisoblanadi. Ushbu belgini muayyan sathlarni ajratishda
yohud o‟zaro qiyoslanuvchi sathlarning birliklari o‟rtasidagi o‟xshash va farqli
jihatlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini ko‟rish mumkin. Kvantitativ
belgi til vositalaridan keng foydalanilgan holda ayrim
tovushdan tortib butun bir
matnlar orqali ham ifoda qilinishi kuzatiladi. Demak, fonetik sathdan matn
sintaksisiga qadar bo‟lgan sathlarda miqdor ifodalovchi birliklarni kuzatish
mumkin.
Tilshunos olim A.Mamajonov supersintaktik butunlik temasi bilan aloqador
remaning asosiy mazmuniy mundarijasi sifatida miqdor bilan aloqador natijani
ham belgilash mumkinligini aytadi. Bu turdagi
tema-rema munosabatiga ega
bo‟lgan supersintaktik butunliklarni bir qator belgilari bilan farqlanishi ko'rsatib
45
Сафаров
Ф.Ўзбек
тилида
сон-миқдор
микромайдони
ва
унинг
лисоний-нутқий
хусусияти.филол.фан.ном.дисс.Самарқанд - 2004
46
Ўша асар. 3-б.
32
o‟tilgan. Bunda tema miqdor ifodalaydi. Remada esa ana shu miqdorga xos
xususiyatlar, undan kelib chiquvchi oqibat-natijaga oid ma‟lumotlar, voqea-
hodisalar sanab ko‟rsatiladi, izohlanadi. Bularning barchasi umumlashib yangi bir
tema – rema munosabati – miqdor natijani hosil qiladi.
47
Do'stlaringiz bilan baham: